Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
:
1.O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash uchun qanday ishlar amalga
oshiriladi?
2.Kasb turkumlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Kasb tiplari haqida nimalarni bilasiz?
4.Boshlang’ich sinfda o’quvchilarni mehnatga tarbiyalashga
yo’naltiradigan qanday mavzularni bilasiz?
5. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh
bosqichlari mazmuni nimalarda o’z ifodasini topadi
?
10-MAVZU.
МEHNAT
TARBIYASIDA XALQ
OG’ZAKI
IJODINING
O’RNI
Reja:
1.Xalq og‘zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ‘ib etilishi.
2.Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi.
3.Xalq rivoyatlari asosida o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mehnat tarbiyasi, maqol,
mehnat qo’shiqlari, xalq rivoyatlari.
Sog’lom bolaning shakllanishida, nafaqat, jismonan sog’lomlik,
balki fikran sog’lomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan.
Bolalarni sog’lom fikrlilikka chorlash degani ana shu sog’lom fikrlar
haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tatbiq qilish orqali
singdirishdir.
Ota-bobolarimiz azaldan mehnatni ulug’lab kelishgan , o’zlari
sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan
barcha xazinalar-ilmiy badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari
me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning
mahsulidir. Bobolarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni
qo’lga kiritishgan. Yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar
bo’lishga chaqirishgan. Xalq og’zaki ijodi namunalari qadimiyligi,
ta’sirchanligi manbalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar
hayotiga tabiiy ravishda olib kirish lozim. Ular mehnay, poklik,
92
kattarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni bola qalbiga singdirishning
muhim vositasidir. Shu boisdan, jahondagi barcha xalqlarning
maqollarida bo’lgani kabi, o’zbek maqollarida ham mehnatsevarlik
g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo’lmas,
mehnatsiz rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan”
,“Oltin o’tda toblanar odam mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang
rahmat bilan yashaysan ”, “Uzoq umr siri mehnatda”, “Daryo suvini
bahor toshirar, inson qadrin mehnat oshirar”, “Mehnatdan do’st ortar,
g’iybatdan dushman” kabi xalq maqollari bejiz aytilmagan. Maqollar
odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari,
dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan
munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va
orzularini ifodalaydi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir.
Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida
yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
Demak, maqollar xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy
tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli
so’zlardir. Ular qadimdan sinalgan, turmush tasdig’idan o’tgan
tushunchalar orqali kishilarni ogohlantiradi. Hayot, yashash
tushunchalariga endigina duch kelayotgan boal maqollar orqali to’g’ri
yo’lni tanlay oladi.
Bundan tashqari xalq hayotiga hamroh bo’lgan qo’shiqlarda ham
halol rizq topish, mehnatsevarlik o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz
uchun mehnatning samarali bo’lishining yechimi qo’shiq aytishdan
iborat bo’ladi. Shuning uchun ajdodlarimiz har bir ishni qo’shiq bilan
bajarib ham mehnatning samarali bo’lishini, ham zerikmasdan
bajarish yo’lini o’ylab topganlar. Xalqimiz orasida yashab kelayotgan
mehnat qo’shiqlari bajariladigan ish sohalariga qarab uch xil bo’ladi:
1.Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari:
Shohlari bir quloch-quloch,
Shohimga qo’nar qaldirg’och.
Yuray desam, voy, qornim och,
Men qo’shga qanday yarayin.
Ho’kizginam, bo’yniginang ezildi,
Ko’zginangdan yoshlar qator tizildi.
Bo’yinturuq bilan omoch tortmasang,
Sening bilan menga go’rlar qazildi.
93
Dehqonchilik qo’shiqlarida yil-o’n ikki oy mobaynida olib borilgan
mehnat jarayoni bosqichma-bosqich o’z ifodasini topadi. Ularda yer
haydash, dalaga yangi yil hosili uchun bug’doy sepish, unib chiqqan
va boshoqlari yetilgan bug’doylarni o’rish, ularni yanchib donini
ajratish kabi har bir jarayon, albatta, qo’shiq aytish bilan qo’shib
amalga oshirilgan. Agar bu qo’shiqlarda faqat dehqonning
bajarayotgan mehnati aks etgan, desak, xato bo’ladi. Chunki har bir
qo’shiqda dehqon, albatta, o’zining ichki kechinmalarini, hayot
tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini bayon etishga
urinadi. Qo’shiq aytuvchi kishi sahnada san’atkor emas, balki dalada
ham oddiy ijrochi, ham tinglovchi sifatida namoyon bo’ladi.
2. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari:
Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya,
Minora qushlar qo’nar-a, churiya-churiya,
Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya,
Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya.
Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar xalqimizning qadimdan bu
kasbni egallab kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor
ekanidan dalolat beradi. Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek
muomalada bo’lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan.
“Xo’sh”, “Turey-turey”, “Churey-churey” qo’shiqlarini chorvadorlar
ichida yashagan shoirtabiat odamlar to’qishgan. Bu qo’shiqlarda turli
badiiy san’atning boshqa namunalarida bo’lganidek turli badiiy
san’atdan foydalanilgan.
O’zbek xalqi qadimdan hunarmandchilik bilan shug’ullanib
kelgan. O’zbekiston hududida ishlab chiqarilgan shohi atlaslar,
banoras to’nlar, amaliy san’at namunalari, to’qilgan gilamlar butun
dunyoga mashhur bo’lgan. Qadimda o’z hunari bilan nom taratgan
ustalar o’z shogirdlaridan kasbiy ko’nikmalar qatori she’r, qo’shiq
aytish, biror musiqa asbobida kuy kuychalishni ham talab qilganlar.
Ularning fikricha, har tomonlama yetuk bo’lmagan inson, ayniqsa,
estetik zavqi yo’q kimsa bironta hunarni ham uquv bilan o’zlashtira
olmas ekan. Shuning uchun xalqimiz orasida turli kasb bilan
shug’ullanayotgan odam borki, qo’shiq aytadi, askiya aytadi, musiqa
chaladi. Bu fazilat unga o’zi ishlab chiqarayotgan narsaning go’zal
ko’rinishga ega bo’lishini ta’minlaydi. Qo’shiq bilan tayyorlanayotgan
narsaga ustaning mehri quyiladi.
94
O’zbek xalq mehnat qo’shiqlarining salmoqli qismini kashta
tikish, bo’z to’qish, charx yigirish kabi faoliyat bilan qo’shib turli
ohangda ijro etadigan she’r namunalari egallaydi. Jumladan, ularning
eng qadimgilaridan biri charx qo’shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun
tekstil sanoati paydo bo’lmasidan avval paxtaning chigiti qo’lda
ajratib olinar va paxta momig’idan charxni aylantirish vositasida ip
yigirilardi. Ayollar kecha-kunduz ip yigirish bilan shug’ullanib, tayyor
bo’lgan iplardan gazlamalar to’qishgan.
3.Kasb-hunar bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari:
Charx yigirib, charx yigirib, tuyugan.
Shul qo’lginam toladir.
Agar shuni yigirmasam,
Bolalar och qoladir.
Har bir zerikarli va mashaqqatli mehnatning ham chegarasi
bo’ladi. Ammo agar odam bevosita charxda ip yigirish orqali kun
ko’rsa, unga bu azobli mashg’ulot chegarasizdek bo’lib tuyulgan. Ana
shunday daqiqalarda odam o’ziga chorasiz, najotsiz bir shaxs bo’lib
ko’ringan. Qo’shiqda bu holat shunday kuylanadi:
Charxginam, ey, charxginam,
Yurakkinam olasan,
Ayt-chi, sen bu yurtlardan,
Qachongina yo’qolasan?!
Tabiiyki, bolalarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri, bu ertak
tinglashdir. Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy va
keng tarqalgan janrlaridan hisoblanadi. Ularda insonparvarlik,
vatanparvarlik, do’stga sadoqat, yorga vafodorlik, qahramonlik kabi
fazilarlar ulug’lanadi, zulm va zo’rlik qoralanadi. Xalq og’zaki ijodida
ertaklar o’ziga xos o’rin egallaydi. Xalq ertaklarining ko’pchiligida
mehnat ulug’lanadi. “Shirin uyqu” ertagi bunga yaqqol misol bo’la
oldi:
“Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan
o’g’illarini o’z oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: Uyquni shirin
qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng. Ikki aka ota vasiyatiga amal
qilib, ustma-ust yeb yotaveribdilar. Mehnat bilan shug’ullanmabdilar.
Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi. Borgan sari
mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib ketaveribdilar. Uchinchi o’g’il
esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sari davlati
ko’payib, uyqusi shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi”.
95
Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning
otasi-mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota
nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murod-maqsadiga yetibdi.
“Qumursqa”
ertagida
dunyodagi
eng
zo’r mavjudot
mehnatkash, mehnatni sevuvchi mavjudot ekanligi aytiladi.
Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha,
merganda “kim zo’r?”deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi.
Oxirda qumursqa: “otangning olti yuz botmon oshirib yeganman;
pochchangning yuz botmon bug’doyini yetti tog’dan oshirib
yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi”. Bu yerda qumursqalar
mehnatsevar qilib ko’rsatilgan. O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat
ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-muhabbat bilan qarashgan.
“Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib
o’xshatishlarda kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan:
-Qorning nima uchun katta?
-jigarim zo’r, -dedi qumursqa.
-beling nima uchun ingichka?
-mehnatim zo’r! –javob berdi qumursqa.
Xalq og’zaki ijoding noyob durdonalaridan biri bo’lmish tez
aytishlar chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori
mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p manbalar uchratish mumkin.
Novvoy nonni yopar,
Nonni novvot deb sotar.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Soli arralaydi,
Lola allalaydi.
Xalq og’zaki ijoding katta-yu kichikka birdek yoqadigan turi bu
topishmoqdir. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda
ularda
ma’naviy-axloqiy tarbiya
masalalarining
yoritilishini
o’rganishimiz mumkin:
Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol.
Uzoq tog’da o’t yonar.
Uxlab yotar kunduzi, Shomda ochilar ko’zi.
To’rt oyoqli, temir tuyoqli.
Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor.
Soqoli bor, aqli yo’q.
Boraveradi, boraveradi, Bo’yradek yerni olib yotadi.
Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi.
96
Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi.
Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon.
Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja.
Suv tagida oltin baldoq.
Emaklagan toshni ko’rdim,
Toshdan chiqqan boshni ko’rdim.
Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda.
Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi.
Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi.
Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar,
To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal (tarvuz)
Bo’lar sariq yo qizil,
Yer tagida yetilar.
Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkillar.
Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan
pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining
noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni
bizga vatanparvarlik
fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtini,
oilasi,
qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota-
bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan
saqlashga,
ma’naviy-
axloqiy
pok
bo’lishga
o’rgatadi.
“Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning
yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur
ekani,
xalqimiz
qanday
muhitda
shakllanib,
rivojlangani,
qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi. Biz
“Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning
qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli
o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto”da
bolalar yoshligidan daraxt ko’chati o’tqazishi, uy-ro’zg’or qurollari
yasashini, yerga ishlov berishi kabi mehnat mashg’ulotlari bilan
shug’ullanishlari kerakligi haqida ko’plab satrlar keltirilgan.
“Avesto”da ta’riflangan va targ’ib etilgan eng ulug’ kasb
dehqonchilikdir. Zeroki, bu kasb sohiblari zardushtiylarni moddiy
ne’matlar bilan ta’minlaydi. Bu hayot taraqqiyotining asosiy omilidir.
Dehqonlar va chorvadorlar jamiyat moddiy ne’matlarini yaratuvchilari
sifatida ta’riflangan. Ajdodlarimiz madaniyati merosi bo’lmish
“Avesto”da shunday parcha bor:
97
“Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’rdi:
-
Ey, Ahura Mazda! Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi
zot kim?
Ahura Mazda javob berdi:
-
Ey, Zardusht! Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga
tayyorlasa!..
Ey, Zardusht! Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi…”
Demak, ota-bobolarimiz yer yuzidagi eng qadim zamonlardan
buyon dehqonchilik bilan shug’ullanib kelayotgan ekan. Xalqimiz
eng qadimgi yodgorligida ham mehnatga undalmoqda mehnat qilgan,
yerga ishlov bergan ulug’langan.
Shuni aytish joizki, xalq og’zaki ijodi – xalq badiiy faoliyatining
tarkibiy qismi. U xalq san’atining boshqa turlardan o’ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turuvchi og’zaki ijodi janrlari tarkibga
bo’linsa-da bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Og’zaki asar qaysi
janrga taalluqli ekanidan qat’iy nazar yosh avlodning barkamol bo’lib
yetishishini ta’minlash maqsadini amalga ishirishda xizmat qiladi.
Bolalarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida xalq
og’zaki ijodi namunalari bilan ko’proq tanishtirish maqsadga muvofiq
bo’lar edi. Chunki tarbiyada xalq og’zaki ijodi durdonalarini bolalar
ongiga singdirishning o’rni beqiyosdir.
“Alpomish”, “To’maris”, “Shiroq” kabi timsollarimizni bolalarga
tanishtirish, ularning mardonavor surati tushurilgan “mazaika”larni
kengaytirishimiz, bolalar bog’chasi, maktablar, saylgohlarda ularning
surati tushirilgan yorliqlarni osish kabilar orqali jasoratli, irodali va
albatta ma’naviyatli yosh avlodni voyaga yetkazishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |