Kasb guruhlari
. Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati
—mehnat sharoitlari boyicha kasblar klassifikatsiyasiga to’xtalib
o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi:
1. Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (Mt).
Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu
kasb gruppasiga kiritish mumkin.
2. Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash
bilan bog’liq bo’lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la
oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, sug’oruvchi va boshqalar.
83
3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda,
havoda, qaynoq tsexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta`siri
bo’lgan tsexlarda ishlash (G`). Bunday kasbga misollar: uchuvchi,
shaxtyor, g’avvos va hokazo.
4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat
boyliklari, moddiy ne`matlar uchun oshirilgan ma`naviy mas`uliyat
bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, militsiya
noziri, texnika xavfsizligi muxandisi va boshqa kasblarni mana shu
mehnat guruhiga kiritish mumkin.
Kasb tanlash formulasi. Piramidaning to’rtta-qavati to’ldirilgan
Beshinchisi hozircha bo’sh qoldirilgan. Bu yerga siz o’zingiz tanlagan
kasbning bir necha harfdan iborat bo’lgan formulasi shartli belgisini
yozib qoyishingiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga,
turkumiga, bo’limiga, guruhiga muvofiq keladi.
Masalan, siz o’simliklar bilan ish olib borishni xohlaysiz, deylik.
Siz qo’l mehnatini engillashtiradigan ish qurollaridan foydalanib faol
ravishda o’zgartiruvchilik faoliyati bilan mashg’ul bo’lasiz. Lekin
bunda o’z mehnatingiz kundalik, oddiy, maishiy sharoitlarga yaqin
bo’lgan bir vaziyatda kechishini istaysiz. Bunday vaqtda siz tanlagan
kasbning formulasi shunday bo’ladi: PPRB («Odam-tabiat» tipidagi
kasb, o’zgartiruvchi kasblar guruhidan, qo’l mehnati ishlatiladigan
kasblardan, mehnat sharoiti — maishiy). Mana shu yo’nalishda olib
borilgan aniq maqsadni ko’zlovchi izlanishlar mashg’ulotning konkret
turini topishga yordam beradi: masalan, ushbu formulaga tevarak-
atrofdagi iqlimdan himoya qilingan tuproq sharoitida (teplitsa
xo’jaligida) ishlovchi meva-sabzavotchi (gulchi) kasbi to’g’ri keladi.
Siz endi yaxshi bilasizki, har qanday kasbni muayyan
klassifikatsiya to’riga faqat shartli ravishdagina kiritish mumkin.
Amalda esa bir kasbning o’sha klassifikatsiyaning bir necha turiga
tegishli ekanligini ko’rsatuvchi misollar juda ko’p. Axir, bir tipga
mansub bo’lgan har qanday kasbda albatta, boshqa kasbga xos bo’lgan
belgilar ham uchraydi. Hamma gap shundaki, mana shu o’xshash
jihatlarning qaysilari asosiy belgilar - u, qaysi biri ikkinchi rejaga
olinishini, lekin baribir muhim belgi bo’lib qolishini aniqlab olish
kerak. Shularning hammasini formulada hisobga olish mumkin.
Buning uchun unga qo’shimcha harfli indekslar kiritish lozim.
Masalan, siz o’zingiz xohlagan bo’lg’usi kasbingizda Tab. va B.o.
84
tipiga xos belgilar bo’lishini istaysiz, deylik (buni biz Tab., B.o. deb
belgilaymiz). Bunda sizga yoqadigan kasblarning biri gulchilik-
dekoratorlik bo’lib chiqadi.
Shunday ham bo’lishi mumkinki, hosil qilingan formulaga
hozircha hech bir kasb to’g’ri kelmaydi, ya`ni hali hayotda bunday
kasbning o’zi yo’q. U holda formulani boshqatdan tuzishga to’g’ri
keladi, uni real hayotga yaqinlashtiriladi. Bunday qilinayotgan vaqtda
kasb tanlashga: «kerak, qo’limdan keladi, xohlayman» degan shior
asos qilib olinmog’i kerak.Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan
edi: «Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir
umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan
bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb
hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq,
xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi
yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini
sezmay
qoladi,
u
hech
qachon
bajarayotgan
ishidan
charchamaydi.Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-
fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish
vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining
tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi
kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan
mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga
yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir.Ba’zilar «Kishi
bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta
pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi
darajali», deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana
olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha
olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda
keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga
erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan
qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat
topa olmaydi.Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda
kasbidan
zavqlana
olganlarning
muvaffaqiyatli
faoliyat
yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli
bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday
sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy
poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish
85
mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi,
ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa
olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.Ishoning,
kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta
qismini mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega
hisoblanadi.
Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun
kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan
moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan
ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz allaqachon biror
kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz
bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z
bajarayotgan ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling.
Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji
bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar o’zingiz zavqlanib ishlaydigan
faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling.
Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki
yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy
sevimli kasbingiz hisoblanadi!O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va
jismoniy hara kat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular
meh nat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni ham da
ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish
amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb
tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat
faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari
hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.Yangi iqtisodiy munosabatlar
kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida mehnat
ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib,
ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy
qismi hisoblanadi.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari
maqsadli texnologiya fanining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda
namoyon bo‘ladi.Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga
tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy
faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlariga
moslashib
borishiga
86
ko‘maklashadi. Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan
asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak
onglilikni tar biya lash,umum insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh
avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli
ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining
vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida
maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi
ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega.Har
bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi
nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha
ta’riflar berilgan.
• Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat
turidir.
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh
bosqich-
la ri mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;
3. O‘rta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsat
kich va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda
ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari
bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan
shakllantirish:
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni
bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini
amal ga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari,
87
yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga
bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni
ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z
o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-
sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni
shakllan tirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning
shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi
burchini,javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni
tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat,
san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar
o‘tkazish.
6. Texnologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha – multimedialar
ko‘rsatish.
7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab
chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning
oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
-
o‘quvchilarni
kasbga
bo‘lgan
qiziqishlarini
yanada
takomillashtirish;
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq
yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat
xislatlarini tarbiyalab borish;
- o‘quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda
ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
88
- kasblar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har
tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o‘quvchilarning o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va
egallangan bilimlarni amalda qo‘llashlariga erishish;
- o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu
jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat
subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va
milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib
qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq
xo‘jaligining
boshqa
tarmoqlaridagi
kasblar
va
milliy
hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining texnologiya
fani darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini texnologiya fani va tarbiyasi
jarayonida o‘qitiladigan «Loy va plastillin bilan ishlash» ish turiga
oid, haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va ip turlari
bilan ishlash” ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik,
ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan
ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik,
tadbirkorlik kasb-hunarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni
xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma
ijodiyot, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining
nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni
qurollantirish lozim.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har bir
o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini
asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga
yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tar kibiy qismidir.
Ma’lumki, agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in son uchun mehnat
quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘llash
butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etila digan umum maktab
vazifasi hisoblanadi.Shu bilan birga, bu ishda texnologiya fani alohida
o‘rinni egallaydi.O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-
89
ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi
o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan,
ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda
tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok
etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari
quyidagi maqsadlardan iborat:
1. O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tani
shtirib,ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan
tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni
asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining
ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.
Kasbni ongli ravishda tanlash mohiyatini ochib berarkan,
akademik G.S.Kostyuk uning quyidagi qismlarini qayd etadi:
a) jamiyat manfaatlari yo'lida mehnatga ijobiy munosabat,
mehnatsevarlik, mehnat har bir insonning burchi ekanligini to'g'ri
anglash; b)muayyan kasb-hunarlar haqidagi bilimlarga ega bo'lish; v)
o'z-o'ziga to'g'ri baho bera olish.
Kasbga yo'naltirish ishlarining tarixan shakllangan bosqichlari
asosida 3 tizimga bo'lish mumkin.
1. Tashkiliy - texnik
2. Tibbiy - psixologik
3. Pedagogik - psixologik
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar
uni mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab
beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o‘qituvchi
o‘quvchi larni mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘ liq
kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom
yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasb lar
haqida bilim oladilar va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, eks
kursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material
90
bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan
o‘quv chilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash. To‘garak
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga
ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda,
umumta’lim maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati
muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda
katta taassurot qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli
kasb egalari bilan tanishadilar.
5. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan
ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat
fikri”mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni muhokama
qilish shular jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan
kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yax shilab tanishish
istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi.
O‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mik ro guruhlarga
birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tash kiliy formalari
qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar,
ekskursiyalar o‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ
mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarning ma’lum qismidan kasb
tanlashga yo‘llash ishi uchun foydalaniladi.
Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini
yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda
keltirishi mumkin.Kasbga yo‘llash, qiziqtirish hamda malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya
ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin texnologiya fani fanlari
bo‘yi cha tarbiyaviy ishlar ning o‘ziga xos xususiyatlari,
maqsadi,vazifal arining beqiyos ahamiyati mavjud.
91
Tarbiya jarayonida o'quvchining qobiliyatlari, bu qobiliyatlarning
rivojlanish bosqichlari u, yoki bu kasb haqida muayyan ma'lumotlarga
ega bo'lish, bolalar psixologiyasini hisobga olish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |