Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Integratsiyalashgan ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini
tushuntirib bering.
2. Boshlang’ich sinf texnologiya fani qaysi fanlar bilan
aloqadorlikda o’qitilishi mumkin? Misollarda tushuntiring
3.
Texnologiya
darslarida
integratsiyalashgan
ta’limdan
foydalanishning metodik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirishning
asosiy omillariga nimalar kiradi?.
5. Integratsiya orqali o’quvchilarda mehnat malaka va
ko`nikmalarini oshirish yo`llarini tushuntiring.
6. Fanlar aloqadorligida mehnat darsini tashkil qilishning sifatini
oshirish yo`llari qaysilar?
7-MAVZU.
O‘QUVCHILAR
NING MEHNAT TARBIYASIDA
MEHNAT
AN’ANALARINING
O‘RNI
Reja:
1.Xalq merosida mehnat an‘analarining o‘rni.
2.Mehnat an’analarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3. Texnologiya darslarida mehnat an‘analaridan foydalanishning
shakllari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Xalq merosi, mehnat
an`analari, texnologiya darslarida mehnat an`analari, Boshlang‘ich
sinflarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy vazifalari,
mehnat madaniyati.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy
istiqlol
g'oyasi
Respublika
Konstitutsiyasida
e'tirof
etilgan
insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish,
shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori
bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin
egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat
qiladi. Bugungi kunda yangi tahrir ostidagi O'zbekiston Respublikasi
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"
mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab
58
voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir.
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim
jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu
bilan birga jahon ta'limi darajasiga yetkazish borasida muayyan
vazifalarni amalga oshirishi lozim. O`sib kelayotgan yosh avlodni
xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik
tarbiyalashda mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib
chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi an’analari, urf-
odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim
masalalaridan
hisoblanadi.
Bu
esa,
o’z-o’zidan ma’lumki,
Respublikamizning milliy davlat sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-
madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy istiqlol
mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish
zaruriyatini taqozo etadi. Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham
Prezidentimiz aytganlaridek, “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan,
zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab
etadi.” O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi – an’analarini,
urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi
mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit
yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida
ham, umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini
boshlab berdi. Bizning mavzu milliylik haqida borar ekan, bu
jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha
tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram,
an’ana kabi tushunchalardir. Urf-odat, marosim , qadriyat, bayram,
an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa xos bo’lib va albatta, har bir
xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa
xalqqa xos bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir
a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini bilishi, qadriyat, marosim,
bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini ham
milliy ruhda tarbiyalashi lozim. Farzandlarimiz go’zal axloq egasi
bo’lishi uchun, ularning ongiga avloddan avlodga o’tib kelayotgan
an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda singdirishimiz
lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar
turmushimizda takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z-
o’zidan bolalar ongiga singib boradi hamda ularning tarbiyasiga, xulq-
atvorini
shakllantirishga
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
59
Boshlang‘ich maktablarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy
vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim
maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini
takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash
hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va
amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. Mehnat madaniyatini tarkib
topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va
materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini
to‘gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish
usullariga, ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini
ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka
rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib
borish kerak.
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda eng avvalo, mehnatga ongli
munosabatni
shakllantirish
tushuniladi.
Shu
o‘rinda buyuk
allomalarning hadislari-yu ilm, mehnat va hunar haqidagi fikrlaridan
foydalanamiz:
1. Ey o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal
egallamaguningcha harakatni to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni
egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo‘l berdimi,
uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab qo‘yma! (A. Sheroziy).
2. Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur
oxir (Alisher Navoiy).
3. Aziz do‘stlar, oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al
emas, balki es-hushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir
(Abdulla Avloniy).
4. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir (Abu
Rayxon Beruniy).
5. Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z
xulqingni mehnat tumori bilan beza (Alisher Navoiy). 6. Sen avvalo
mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, shunda
sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan (Imom al-Buxoriy).
7. O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing, O‘zga minnatidan
og‘ritma boshing. Kunlaring o‘tarkan terib dur-hikmat, Kunlaring
to‘liqdir bo‘lsa hur mehnat (Abdurahmon Jomiy).
Agarda boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga tatbiqan gapiradigan
bo‘lsak, ularning bu yoshidan mehnatni sevish, shu mehnat
60
natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi. Mehnatga
munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish,
bunday mehnatda jonbozlik ko‘rsatish, ishga shaxsan mas’uliyatni his
qilgan holda yondashish ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan
munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mehnatga axloqiy tayyorlash —
bolalarga jamoada ishlashni, do‘stona o‘zaro yordamni, ijodiy
tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish va
mehnatda xatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat.Mehnatga
ruhiy jihatdan tayyorlash. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash
murakkab, uzoq davom etuvchi va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u butun
texnologiya fani va tarbiyasiga singib ketgandir. U garchi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda
yaqindir. Bolani mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash — bu unda
mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy
munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni
egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O‘qituvchining vazifasi
o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat — bu har bir kishining
vijdoni va burchi ekanligini, inson o‘z mehnati bilan sharaflanishini,
faqat Vatan farovonligi yo‘lida qilingan mehnatdagina insonning eng
yaxshi sifatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligini
anglashlariga yordam berishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har
bir kishi jamiyatning hayoti va faoliyati, uning farovonligi uchun zarur
bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini
anglashlari juda muhimdir. Shuningdek, bolalar jamiyatda kishi
mehnatsiz yashay olmasligini ham uqib olishlari kerak. Mehnatga
ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va
takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional
idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi jarayonlardir. Boshqacha
qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari deyiladi.
Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib,
hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Ma’lumki, mehnat
faoliyati, texnologiya fani uchun ham turli sezgilar yig‘indisining
(ko‘rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul harakati)
namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun o‘qituvchilar quyi sinf
o‘quvchilariga yangi materialni yoki asbobni tanishtirayotganlarida
bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar: bolalar
qog‘ozni ushlaydilar, silaydilar, aylantirib ko‘rib chiqadilar, uning
61
qanday shitirlashiga quloq soladilar. Sezgilarning bunday faollashuvi
ma’lumot haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beribgina
qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi.
Mehnatga tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo‘lishi uchun
bolalarning xotiralarini o‘stirish vazifasi ham albatta amalga
oshiriladi. Texnologiya fani bo‘yicha o‘quv materiallarini eslab qolish
boshqa buyumlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega.
Texnologiya fanini o’rganish jarayonida o’quvchilar xalqimiz
ruhiyatini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish
maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar,
tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko’p qirralari boy merosini
o’rganish, o’zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo’llash vazifasini hal
etadilar.
Texnologiya
fanining
amaliy
va
ishlab
chiqarish
mazmunidagi an’anaviy sinf-dars mashg’ulotlariga nisbatan shogird-
ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi, samaraliligi, bo’lg’usi
hunarmandning shaxsiy xislatlarini shakllanishida, ularning oilalarini
moddiy ta’minlanishida hamda tarixiy qadriyatlarning yanada
boyishida
ijobiy
ta’sir
ko’rsatadi.
“Ustoz-shogird”
tizimi
mashg’ulotlarini tashkil etishni oliy o’quv yurtlaridagi musiqa
ta’limida talabalar bilan o’qituvchilarning yakka tartibdagi
mashg’ulotlar o’tkazishi bilan taqqoslash mumkin.
Texnologiya
fanida
elektron
hisoblash
texnikasi,
mexanizasiyalashtirilgan
va
elektrlashtirilgan
qurilmalar
va
avtomatikaning qo’llanilishini o’rganish, o’quvchilarning hozirgi
zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish
tizimlari, robot texnika va ishlab chiqarish texnikasini, texnologiyasini
ta’limning davr talablari darajasi va jahon andozasiga mos holda
o’rganilishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda kam e’tibor berilayotgan,
hatto yo’qolib borayotgan turli xildagi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar:
o’quvchilar ishlab chiqarish jamoalari, maktablararo o’quv ishlab
chiqarish markazlari, o’quvchilar mehnat jamoalari, mavsumiy
ishlarida va otaliq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida
qatnashishlari va boshqalar mazmunan va shaklan qayta ko’rib
chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga moslashtirilishi va ta’lim tizimi
amaliyotiga qo’llanilishi, texnologiya fanining maqsad, vazifalarini
amalga oshirishda asosiy shartsharoitlardan hisoblanadi. Texnologiya
fanini amalga oshirishda maktablar, maktabdan tashqari tarbiyaviy
62
muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq
hunarmandlarining
tajribalari
hamda
o’zaro
hamkorlikdagi
munosabatlari tiklanib, o’quv jarayonida foydali mahsulot–tovar
moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim muassasalarining bozor
iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
Texnologiya fanini amalga oshirishda ta’limning quyidagi
tamoyillariga rioya etish talab etiladi:
I.Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar:
-nazariy ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib olib borilishi;
-ta’limning politexnizm asosida qurilishi;
-ta’limning kasbiy yo’naltirilganligi;
-ijodiy rivojlantirishga yo’naltirilganligi.
II.Umumdidaktik tamoyillar:
- amaliyligi; ilmiyligi; tarbiyaviyligi;
- ijodiyligi; -ko’rgazmaliligi;
- moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi;
- izchilligi;
- uzviyligi va boshqalar.
Ta’lim tarbiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq
og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha
yoshlarni mehnatsevar bo‘Iib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat
ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lashi masalalariga
alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda
yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari:
topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda
ko‘ramiz. Ularda mehnat va kasb-hunar odohi, axloqi va qoidalarini
o‘zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu
Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning
“Geodeziya”, “Minerologiya”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher
Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida
mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar
bayon etilgan. O‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda
insoniyat mehnat faoliyati tarixini o‘rgatuvchi omillarga tayanib,
o‘quvchilarni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin
63
yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O’quvchilarni mehnat turlariga
qiziqishini oshirish, kasb tanlash va o'zlashtirishni shakllantirib borish
uchun pedagoglar zimmasiga o‘quvchilarga yoshligidan boshlab
ta’lim, tarbiya berish bilan birga kasb-hunarga qiziqishishlarini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:
• boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risidagi
tushunchalami singdirish;
• о‘quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga
pedagogik-psixologik yondashish;
•
kasb-hunarga
qiziqtirishda
o‘quvchilarning yoshi va
qobiliyatlarini hisobga olish;
• mahalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar
o‘rnatish;
• mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;
• darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib, kasb-hunarga oid
fikrlari bilan tanishtirish
O‘tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va
ma’rifatparvar shoirlarning, mehnat, kasb-hunar to‘g‘risidagi qimmatli
fikrlarining biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan
yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga
qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bizga ma’lumki,
o‘zbek xalqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik
va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasblar yuzlab yillar davomida
shakllanib har biri o‘z ichida o‘nlab tarmoqlarga ajratilgan va gullab
yashnagan.
Muqaddas kitob “Avesto”da ham mehnat moddiy boyliklar
manbayi bo‘lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat,
yaxshilik manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga
chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar
toshga o‘yib yozilgan naqshdir”, deb ta’kidlanadi. “Farzandlarga
odob-hunar
o‘rgatmak merosdur”, - deb nasihat qilinadi
“Qobusnomada”. - “Sen odob, hunar va donishni o‘zingdan meros
qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo'lgaysan”. Chunki xos
kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir.
Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din
yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlaming farzandlari yuz hunar
bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun
64
ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar o‘rganmoq zarurdir.
Hunarning nechog‘lik zarur ekanligi qator rivoyatlar, naqllar, ertak,
dostonlarda ham o‘z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan
podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi
ertaklar, “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular
jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar
egallashda
halollik,
poklik,
sabr-qanoat,
matonat,
mehhnat
madaniyatiga rioya qilish muhim rol o‘ynaydi. Ota-bobolarimiz ham
hunar o'rganishni asosiy vazifa ekanligini o‘rgatib kelganlar.
Aburayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros bo‘lib
o‘tishini sinchiklab o‘rgangan va hunarni yuqori baholagan. U
hunarmandchilikda, mehnatda to‘liq ustozlik san’atini egallab olish
kerak, degan fikrni aytadi. Odatda, o‘sha davrda hunar va tabiiy
bilimlar maktablarda o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird
shaklida.
2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o'rganish.
Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni
tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda
mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni
o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta-
hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil
hunarga ta’alluqli bo‘lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.
Dostları ilə paylaş: |