Mavzu: kukun materiallar ishlab chiqarish



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix06.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#83073
  1   2   3   4   5   6
Lecture 2



Lecture №2. 
Fundamentals of powder material production technology 
2-MA’RUZA 
MAVZU: KUKUN MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI 
Reja: 
2.1. Kukunlarni ishlab chiqarish usullari 
2.2. Kukun materiallarning xajmiy massasi 
2.3. Kukun oquvchanligi
2.4. Kukunning shakllanish darajasi 
2.5 Kukun materiallarni presslashga tayyorlash 
2.6 Kukun materiallarini aralashtirish 
2.7 Maxsus g’ovakli kukun materiallarning olinishi 
Tayanch so’zlar va iboralar: Kukun materiallar, elektrolitik usul, mexanik 
usul, oquvchanlik, press-qolip, shisha plastinka, voronka, qattik qotishma, parafin,
 
kauchuk, quruq kukun,
 
metall gidrid, nixrom. 
2.1. Kukunlarni ishlab chiqarish usullari 
Kukun materiallarni ishlab chiqarish jarayoni kukun metallurgiyasining 
asosiy texnologik jarayonlaridan biri xisoblanadi. Kukuninig tarkibi, strukturasi va 
boshqa oldingi mavzularda ko’rib chiqilgan muxim xossalari aynan kukuni ishlab 
chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’ladi. Xozirgi paytgacha rivojlanib kelgan 
kukun materiallarni ishlab chiqarish usullarni shartli ravishda uchta mustaqil kukun 
ishlab chiqarish yo’nalishiga ajratish mumkin. 
Sanoatda fizika-ximiyaviy va Mexanikaviy usulda kukun olish eng ko’p 
tarqaldi. Xozirda temir kukunining ko’p qismini dastlabki materiallarini qattiq 


uglerod bilan tiklanib olinadi.[1] Qayta tiklovchi gorizontal pechlarning xususiyati 
shundan iboratki, uning uzunligi 125, 150 va 200m dan ham uzun bo’lib, dastlabki 
materiallar aralashmasi maxsus idishlarda, temir yo’l platformasida, pech ichida 
1,5-2m/soat tezlikda harakatlanib o’tadi. 
Yana vertikal shaxtali pechlar (1-rasm), aglomeratselin lentali pechlar (2-
rasm) va boshqalar mavjud. Qattik qotishma va lampalar uchun sim ishlab 
chiqaruvchi hamma zavodlarda, volframni oksididan tiklab kukun oluvchi 
uchastka mavjud. Molibden va kobaltni, nikel va mis, shu kabi boshqa 
metallarni kukun ko’rinishda olish uchun, vodorod yoki qattiq uglerod (saja, 
koks)ni tiklovchi sifatida qo’llaniladi. 
Elektrolitik usulida kukun olish usuli ham qo’llab turiladi. Uning 
mazmuni quyidagicha: metaldan ajralib chiquvchi suv aralashmani birikmaning 
yoki uni tuzda eritilganini tarqatishdan iboratdir. Buning uchun undan doimiy 
elektr toki o’tkazilib, metallni mos ionlarini katodga ajratib olinadi. Elektr 
to’lqin manbai xarakatlantiruvchi kuch vazifasini bajarib, «nasos» kabi 
elektronlarni bir qutibdan ikkinchisiga uzatib beradi. 
Elektroliz sharoitiga qarab katodda xar xil cho’kmalar xosil bo’ladi: zich 
qatlam, tortuvchi yumoq yoki titilgan cho’kma ko’rinishda bo’lishi mumkin. 
Oldingi ikki turdagi chukmani maydalab kukun olinadi, titilgan chukma esa 
tayyor kukun xolda bo’ladi. 
Eritilgan tuzni (masalan: tantal yoki titan poroshogini olishda) elektroliz 
qilishda 700-900
℃ temperatura zarur bo’ladi, Yana konstruktsiyasi jixatidan 
elektrolizator murakkab va germetik qilib ishlangan. Kukunni fizik-ximiyaviy 
usulda olish uchun, temir, kobalt, nikel, volfram, moliyuden kabi metallarni 
engil uchuvchi karbidlar ajratib olindi. Yuqorida ko’rsatilgan metallarni uglerod 
monooksidi bilan qo’shilgani kukun ko’rinishida engil dissotsiatsiyalanadi 
(ajraladi). Bunda mos ravishda metall poroshogi va monooksid uglerodiga 
bo’linadi. 
Mexanik usulda esa, qattiq yoki suyuq metalni maydalab, maxsus 
xossalik kukun olinadi. Bu usulni metall va qotishmalardan: kremniy, beriliy, 


surma, xrom, marganets, feroqotishmalar, alyuminiyni magniy bilan 
qotishmalaridan kukun olishda yaxshi natija beradi. Maydalashda kuchlar 
ko’shiladi: ezuvchi va zarbiy (yirik kukun olishda), kirib olish va zarbiy (mayda 
kukun olishda). 
Mexanik usulda kukun olishda, xozirgi vaqtda suyuq metallni purkab 
olish keng qo’llanilmoqda. Bu eng sodda va arzon usul bo’lib purkalgan 
suyuqlikni yuqori bosimli gaz yoki suyuqlik yordamida yoki mexanik usulda 
maydalanadi. Eng yaxshisi gaz oqimida sochib yuborishdir. Bunda erituvchi 
pechka vannasidan suyuqlik beruvchi forsunkali qurilma (pechka temperaturasi 
metall va qotishmalar uchun 700
℃ bo’ladi) yoki oraliq qizdiruvchili qurilmadan 
(bunda metall suyuqligi oqimini, uni erish temperaturasidan 150-200
ortiq 
ushlab turadi) foydalaniladi. 
Erkin oqib tushayogan metall suyuqligini burchak ostida (5-10
℃ dan 
90
℃ gacha) beriladi va uni o’qi bo’ylab yoki o’qiga qaratib gaz oqimi beriladi. 
Gaz oqimini tezligi 100m/s dan kam bo’lmasligi va butun metall oqimini 
egallashi kerak.
Kukunlarni ishlab chiqarish usullari 1- rasmda keltirilgan sxemadan 
ko’rish mumkin. (H

; CO) 


1-Rasm. Kukun ishlab chiqarish usullari. 
Kukun materiallarni ishlab chiqarishga keng tadbiq etishda uning kimyoviy 
va fizikaviy xossalaridan tashkari texnologik xossalari xam bo’lib u kukundan 
buyumlar ishlab chiqarishda eng asosiy xossalardan xisoblanadi. Kukun 
materiallarning texnologik xossalariga uning ma‘lum xajmda ma‘lum massaga ega 
bo’lishligi, kukun ma‘lum diametrga ega bo’lgan teshikdan ma‘lum vaqt davomida 
aniq xajm oqib o’tishi kerakligi va undan turli geometrik shakllar ishlab 
chiqarganda shu shakllarni press-qolipdani chiqgandan keyin xam uzoq muddat 
saqlay olishligi kiradi. Kukun materiallarning texnologik xossalariga ko’ra 
guruxlanishi 3-rasm da sxematik tarzda keltirilgan.
2-Rasm. Kukun materiallarini texnologik xossalarga ko’ra guruxlanish sxemasi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin