Rasm 5. Kukun materiallarning shakllanishiga ketgan bosim miqdorlari: 1 –
shaklanadigan kukun, 2 – yomon shaklanadigan kukun, 3 – yaxshi shaklanadigan
kukun
2.5 Kukun materiallarni presslashga tayyorlash
Kukun materiallarni presslashga tayyorlash deganda asosan kukun
materiallarning bazi bir xossalarini oshirish va belgilangan
kimyaviy tarkibga
keltirish uchun aralashtirish jarayonlari tushuniladi. Kukun materiallarning
xossalari juda ko’p bo’lib ulardan asosiy xossalariga preslanuvchanligi kiradi. Bu
xossaga ega bo’lgan kukunlar yaxshi shakllanadi va press qolipdan chiqgach
ma‘lum darajada mustaxkamlikga ega buladi. Bu esa
preslangan maxsulotlarni
pechga yoki quritish sexiga jo’natish operatsiyasini amalga oshirishga imkon
beradi. Lekin aksariyat xollarda kukun materiallari juda yomon preslanadi shuning
uchun ularga maxsus moddalar qo’shiladi. Bu moddalar plastifikator deb atalib
ular kukun preslanish darajasini yaxshilash imkonini beradi.
Bunday moddalarga
o’z navbatida malum talablar kuyilib ularga: qo’shilgan modda kukun tarkibidagi
elementlar bilan tasirlashmasligi; qizdirib pishirish jarayonida qoldiqsiz material
tarkibidan
chiqib ketishligi; kam miqdorda kukun materialining presslanish
darajasiga katta ta’sir ko’rsatishiligi talab qilinadi. Bunday xossaga ega bo’lgan
moddalarga:
1- parafin; 2- kauchugning benzindagi eritmasi; 3-past
temperaturali
polimerlar; 4-glesirin u kabi boshqa moddalar kiradi. Ular presslash jarayonida
kukun zarasalarni bir-biri bilan mustaxkam birikib turishini taminlaydi. 6-Rasmda
plastifikator qo’shilib presslangan kukun materialning struktura sxemasi
keltirilgan.
6-Rasm. Presslangan kukun materialining
mikrostruktura sxemasi; 1- kukun
zarachalari; 2- plostifikator.
Dostları ilə paylaş: