3-Rasm. Xajmi bir xil massasi xar xil bo’lgan kukunlar.
Rasmdagi ma‘lumotlarga tayangan xolda – berilgan kukunlarning xajmiy
massalari quyidagicha bo’ladi:1 – 100/300 = 0,33 sm
3
/g, 2 – 100/200 = 0,5 sm
3
/g,
3 – 100/100 = 1 sm
3
/g. Unga teskari bo’lgan tushuncha kattalik kukuning shu
xajmdagi egallangan zichligi bo’lib chiqadi:1 – 300/100 = 3 g/sm
3
, 2 – 200/100 = 2
g/sm
3
, 3 – 100/100 = 1 g/sm
3
.
2.3. Kukun oquvchanligi
Kukunlarinig bu xossasi asosan kukun materiallarini
ishlab chiqarish
jarayonini avtomatlashtirish uchun zarur ko’rsatgich xisoblanadi. Yomon
oquvchanlikga ega bo’lgan kukunlar ishlab chiqarish jarayoning unimdorligiga va
ishlab chiqarilgan detal sifatiga katta salbiy tasir ko’rsatadi, chunki u press-qolipni
bir tekis tuldira olmaydi. Kukun materiallarini oquvchanligi standart talablarga
mos keluvchi maxsus
qurilma yordamida aniqlanadi, bunda oquvchanlikni
izoxlavchi kattalik g/s xisoblanadi yaniy malum massaga ega bo’lgan kukun
qancha vaqt davomida berilgan teshikdan oqib o’tgan degan tushunchani beradi.
Bunda asosan 100 g massaga ega bo’lgan kukun tekshirib kuriladi.[2-5] Qurilmaga
quyiladigan voronka diametri 100 mm, konus burchagi 60
o
,
konus dagidagi
silindirik teshikning diametri 0,8 mm bo’ladi. Voronka tagiga shisha plastinkalar
30
o
burchak ostida malum oraliqda joylashtirilgan bo’lib ularning yuza qismi
silliqlangan. Rasm 5 da kukuning oquvchanligini tekshirishga mo’ljallangan
qurilma tasvirlangan.
4- rasm Kukun materiallarni oquvchanligini aniqlavchi qurilma:
1 – ushlab turgich; varonka;
3 – mayda
panjara turi;
4 – Shisha plastinka ushlagich;
5 – pastgi varonka;
6 – xajm o’lchagich.
Kukun materiallarning ko’rib chiqilgan turlari va xossalari ulardan ishlab
chiqariladigan material xossalariga va ulardan turli detallar ishlab chiqarish
unumdorligiga, murakabligiga katta ta‘sir ko’rsatadi.
Demak kukunning
xossalaridan kelib chiqgan xolda uning qo’llanilish soxasi belgilanadi, masalan:
murakkab geometrik shaklga ega bo’lgan detallarni ishlab chiqarishda sferasimon
yoki yassisimon kukunlarni qo’llab bo’lmaydi,
chunki ularning shakllanish
darajasi juda past bo’lib ular qolipdan chiqarilgandan keyin yoki sexlarda
transpartiroaka qilishda, qizdirib pishirish jarayonida
buzilib ketishi mumkin, bu
esa korxonada ishlab chiqarilayotgan detallarning 25% dan ko’p nuqsonli detallar
bo’lishligiga olib keladi. Shuning uchun bunday xollarda zarracha shakli
qirrasimon yoki g’ovaksimon kukunlarni qo’llash talab etiladi, chunki ular yaxshi
shakllanadi bu esa murakab shakllangan detallarni press-qolipdan chiqazilgandan
to qizdirib pishirishgacha bo’lgan jarayonlarda o’z shakllarini saqlab qolishadi.
Dostları ilə paylaş: