-Talabaning o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari. Talabannig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, talabaning jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati. -Talabaning o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, o’quv yurtidagi munosabatlarnnig doirasi. -Talabaning ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga talaba tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar . Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, ko’zatishlari yuzasidan guruh rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin: -Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi. -Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi. -Talabaning o’quv yurti haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, guruh hayotidagi turli voqealarga baholari. -Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, guruh rahbaridan, o’quv yurti rahbarlaridan iltimoslari va takliflari. Guruh rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar talabani to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu talaba uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Guruh rahbari o’z ko’zatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, guruh-guruhli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo’nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni o’quv yurti talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan ko’zatadigan maqsadlari, ota- onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, guruh hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol- javob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir. Guruh rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar guruh ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o’z qarorlari bilan guruhdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi. Guruh ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: guruhdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega.