Mavzu: Pragmalingvistika(Sh. Xolmirzayev hikoyalari tahlili asosida). Mundarija: I. Kirish
Mavzu:Pragmalingvistika(Sh.Xolmirzayev hikoyalari tahlili asosida).
Mundarija:
I. KIRISH.
Pragmalingvistika.
II ASOSIY QISM:
1. Nutqiy vaziyat va nutqiy akt tushunchasi.
2. Semantika va pragmatika.
3. Prepozitsiya va presupozitsiya.
4. Sh.Xolmirzayev hikoyalarining pragmalingvistik tahlili.
III UMUMIY XULOSALAR.
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
KIRISH
Pragmatika yunoncha so’z bo’lib «ish», «faoliyat» ma’nolarini bildiradi, shuningdek, uning lug’aviy ma’nosi amaliy ish mazmuni bilan aniqlashadi. Demak, fan sifatida pragmatikaning mundarijasini til belgilarining funksional jihatdan nutqning u yoki bu ko’rinishida qo’llanishi tashkil etadi. Uning mazmuni esa kommunikasiya jarayonida fikr ifodalash va uni anglash, tushunish mezonlariga muvofiq tarzda namoyon bo’lishidir.
Pragmatika (yun. pragma, pragmatos — ish, harakat) — semiotika va tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini oʻrganuvchi sohasi; boshqacha aytganda, muayyan belgilar tizimini oʻzlashtirib, undan foydalanuvchi subʼyektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini oʻrganuvchi fan tarmogʻi. Pragmatika haqidagi asosiy gʻoya amerikalik olim Ch. Pirs tomonidan oʻrtaga tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch. Morris ushbu gʻoyani rivojlantirgan va "Pragmatika" terminini semiotika boʻlimlaridan birining nomi sifatida amaliyotga kiritgan.
Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini oʻzida qamrab oluvchi nutq jarayo-ni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon boʻladi. Lingvistik Pragmatika aniq shakl, tashqi koʻrinishga ega emas; uning do-irasiga soʻzlovchi subʼyekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi oʻzaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bogʻliq koʻplab masalalar ki-radi. Masalan nutq subʼyekti bilan bogʻliq holda quyidagi masalalar oʻrganila-di: bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (biron-bir axborot yoki fikrni yetkazish, soʻroq, buyruq, iltimos, maslahat vaʼda berish, uzr soʻrash, tabriklash, shikoyat va boshqalar); nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, soʻzlashish qoidalari; soʻzlovchining maqsadv; soʻzlovchi tomonidan adresatning umumiy bilim jamgʻarmasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va boshqa hislatlariga baho berilishi; soʻalovchining oʻzi bayon qilayotgan xabarga munosabati kabilar. Pragmatikada nutq adresati, oʻzaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan aloka vaziyati singari omillar bilan bogʻliq qolda qam koʻplab masalalar oʻrganiladi. Pragmatika gʻoyalari evristik (yoʻnaltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi, informatsion-qidiruv tizimlari va boshqalarni ishlab chiqishda qoʻllanadi.
Pragmalingvistikaning shakllanish tarixi Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970 yilda Dordrext shahrida «Tabiiy tillar pragmatikasi» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda o‘qilgan maʼruzalar to‘plamining muharriri, Tell-Аviv universitetining professori M.Bar -Hillelning «So‘z boshi»da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan «Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariya doirasida o‘rganilishi lozim», degan xulosaga kelishdi. Pragmatikaning «qayta tug‘ilish davri» - deb eʼtirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab,xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko‘tarilish yuzaga keldi.Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o‘rganish obyekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklarning turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, «bahosi», mundarijasining namoyon bo‘lishini taʼminlovchi omillarni izlamoq darkor.Lisoniy birliklarning har qanday sharoitda namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik va vazifaviy (funksional) xususiyatlari namunasidir. Pragmalingvistik tadqiq metodologiyasi,birinchidan, o‘z falsafiy asosiga ega bo‘lishi kerak bo‘lsa, ikkinchidan, xuddi shu xususiyatlarni (ontologik va vazifaviy) aniqlash imkoniyatini yaratmog‘i lozim. Bunday metodologiyaning tayanch nuqtasi xizmatini, so‘zsiz, faoliyat tamoyili yoki umuman faoliyat falsafasi o‘tashi mumkin. Faoliyat kategoriyasining lingvistik tadqiqotlarda asosiy metodologik tamoyil sifatida qabul qilinishi kommunikativ tizimning tarkibiy qismlari, ularning tuzilishi, lisoniy va nolisoniy mohiyati haqida batafsilroq bilimga ega bo‘lish imkonini yaratadi. Muloqot jarayonining faoliyat tamoyili nuqtai nazaridan yoritilishi pragmalingvistikaga nazariy libos kiydirishbilan bir qatorda, olamni bilish va lisoniy faoliyatning tutashganligini isbotlovchi dalillar topishga zamin hozirlaydi. Аxborot almashinuvini taqozo etuvchi nutqiy muloqot hissiy va ratsional (oqilona) bilish harakatlarining o‘zaro aloqasi natijasidir.Keyingi yillarda «pragmatika» atamasini qo‘llamaydigan tilshunos qariyb qolmadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Natijada, o‘ziga xos pragmatik «fetishizm» holati paydo bo‘lib, bajarilgan tadqiqotlarda atamaning qo‘llanishidan tashqari, uning mazmuniga oid biror bir maʼlumotni topish qiyinlashib bormoqda. Lozim bo‘lsa, bo‘lmasa atama qo‘llanaversa, uning negizida turgan tushunchaning siyqalanishiga olib kelinishi turgan gap. Inchunun, lisoniy birliklar pragmatik xususiyatlari, ularning pragmalingvistik tahlili haqida gapirishdan oldin «Pragmalingvistika nima bilan shug‘ullanadi?», «Uning tadqiqot obyekti va predmeti nimadan iborat?», «Pragmatikaning asosiy tushunchalari, tamoyillari qaysilar?» kabi savollarga javob izlashga majburmiz. J.Layonz tilshunoslarning 12 – xalqaro kongressida (Vena, 1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning taʼrifini berishga harakat qildi. «Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo‘llanishini tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqotdagi rolini aniqlash bilan shug‘ullanadi, deyish demakdir». Ushbu taʼrifning asosida lisoniy harakatdagi ko‘zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o‘rtasidagi munosabat turibdi. «Sabab-motiv-matssad» zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini taʼminlaydi. Xuddi shu narsa А.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini «qo‘yilgan maqsadga erishishda lisoniy vositalardan foydalanishni taʼminlovchi insonga xos bo‘lgan qobiliyat qoidalarini» yoritish va tushuntirish deb tavsiflashga undaydi. Pragmalingvistikaga berilayotgan taʼriflarni qiyoslaganimizda, ularning barchasida ushbu soha predmetini yoritishda yetishmayotgan to‘laqonlilikni, ayrim holda bir taʼrif ikkinchisida ifodalanayotgan mazmunga qandaydir bir «soya» tushirayotganligini sezamiz. Balki ushbu masalaga turli tomonlama yondashuv orqali «barcha sarhadlar bo‘ylab hujum qilish» yo‘li bilan umumiy holatni, o‘rganilayotgan hodisaning to‘liq suratini tasvirlash mumkindir. Buning isbotini izlash maqsadida pragmalingvistik adabiyotlarda berilib kelinayotgan ayrim taʼriflarni eslatishga va qisman izohlashga harakat qilmoqchiman. Аmerika tilshunoslarining ko‘p hollarda lisoniy faoliyatga oid har bir hodisa tahlilida N.Chomskiy taʼlimotiga tayanishga harakat qilishlari sezilib turadi. Pragmalingvistik tadqiqotlar ham bundan mustasno emas. Nutqiy harakatlar ijrosi negizidagi propozitsiya mazmuni va kommunikativ maqsadni namoyon qilish (illokutsiya) munosabatini o‘rgangan J.Katts pragmatika predmetini Chomskiy taʼlimotidagi lisoniy qobiliyat va nutqiy ijro, faollik qarama-qarshiligida ko‘radi. Uningcha, pragmatik nazariya gaplarning maʼnosini maʼlum muhitda (kontekstda) talaffuziga binoan chegaralashimkonini yaratadi. «Grammatika gap turlari strukturasi haqidagi taʼlimotdir, pragmatika esa aksincha, lisoniy tuzilmalarning qurilishi, ularning grammatik xususiyat va munosabatlarini yoritish bilan shugullanmaydi. Pragmatik nazariyalar gap belgisi va propozitsiyaning matndagi muvofiqligini so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan oqilona taʼminlanishini o‘rganadilar. Shunga nisbatan, pragmatik nazariya nutqiy faollik (performatsiya) nazariyasining maʼlum bir qismidir». Pragmalingvistik tadqiq doirasini bu darajada toraytirish uni faqatgina nutqiy ijro faoliyati bilan chegaralab qo‘yish nazariyani tor ko‘chaga yetaklashdan boshqa narsa bo‘lmasa kerak. Bunday holatda lisoniy tahlil o‘z poydevori - lisondan ajralib qoladi. Shubhasiz, lisoniy faoliyatning yuzaga kelishida sotsial muhit, muloqot vaziyati muhim rol o‘ynaydi va shakllanayotgan birlikning mazmuni matn yoki kontekstda namoyon bo‘ladi, aniqlanadi. J.Katts keltirgan misollar: «quyon» va «quyoncha» hamda yoki «it» va «kuchukcha» juftliklarining ikkinchi so‘zlarini («quyoncha», «kuchukcha») bolalarga nisbatan yoki ularning o‘zlari tomonidan ishlatilishi to‘gri. Аmmo ular mazmunidagi erkalash, kichraytirish maʼnolari matnga ham maʼlum. Bu maʼnolar lisoniy xarakterga ega va leksik yoki morfologik ifoda vositasiga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Olmon olimlari pragmatika sohasini keng maʼnoda talqin qilish, uni tilshunoslikning umumlashtiruvchi sohasi sifatida eʼtirof etishni maʼqul ko‘rishadi. Masalan, «Olmon lingvistik qomusi»ning mualliflaridan biri, matn tilshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis Z.Shmidt «pragmalingvistika» va «matn lingvistikasi» tushunchalari yagona bir mazmun anglatishini va ular birgalikda lisoniy muloqot umumiy nazariyasinishakllantirishini hamda ushbu nazariya,kommunikativ tilshunoslik sohasi sifatida, matn grammatikasi va anʼanaviy grammatikani ham qamrab olishini isbotlash niyatida ekanligini bildiradi. Mualliflar soni ko‘paygani sari berilayotgan taʼriflardagi turli xillik, fikrlar zidligi ham o‘sib borayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Oxirgi 60-70 yil davomida pragmatikaning doirasi, qamrovi shunchalik kengaydiki, yagona bir nazariya va uning chegarasi haqida biror bir to‘xtamga kelishning o‘zi qiyinlashib bormoqda. Buning ustiga, pragmalingvistikaning taraqqiyotiga kognitologiya, madaniy antropologiya, falsafa, mantiq, sotsiologiya, faoliyat nazariyasi kabi tilshunoslikning sarhaddoshlari va sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, matn nazariyasi kabi sohalari ham hissa qo‘shib kelmoqda. Pragmalingvistik tadqiqotlarning predmetini nimalar tashkil qilmog‘i darkorligi masalasi ham o‘z dolzarbligini hanuz saqlab kelyapti. Yuqorida pragmatikani tor maʼnoda talqin qiluvchi ayrim taʼriflar keltirildi. Xuddi shu yo‘sindagi pragmatik tadqiqot doirasining toraytirilishini ayrim faylasuflarning fikrlarida ham sezish mumkin. U. Montegyu, P.Stroson kabilar pragmatikaning tadqiqot predmeti sifatida deyktik iboralar («men», «sen», «bu yerda», «u yerda», «hozir», «o‘sha paytda» kabilar) mazmunini tavsiflashdan iborat deb qarashadi. Ushbu birliklarning referentini matnsiz aniqlash mushkul ekanligi maʼlum. Ularning maʼnosini ravshanlantiruvchi eng kichik matn (minimal kontekst) so‘zlovchi, tinglovchi, zamon, makon, registr, stilь, nutqiy harakat turi kabilarni inobatga oladi. Pragmatikaning keng miqyosdagi talqini uning tadqiq doirasiga insonning maqsadli harakat turlarining kiritilishida namoyon bo‘ladi. Pragmatikaning bu ikki qutbli talqini doimo bir-biriga qarab intiladi va turli tadqiqotlarda pragmatika tushunchasiga berilayotgan tavsiflar bir-birini to‘ldirib, ravshanlashtirib borayotgandek tuyuladi. Turli ishlarda qayd etilishicha, pragmalingvistika lisonning qo‘llanishi bilan shug‘ullanuvchi, nutqiy vaziyatda (kontekstda) faollashgan til tizimi haqidagi fan, tilni rejalashtirilayotgan maqsad nuqtayi nazaridan tadqiq qiluvchi fan, nutq aktlarini tavsiflovchi nazariya, konversatsion (ogzaki nutq) tahlil nazariyasi, shaxslararo munosabatlarni ifodalovchi lisoniy vositalarni o‘rganuvchi soha va hokazo.Rus tilshunoslari N.D.Аrutyunova, Yu.S.Stepanovlar pragmatikani badiiy kommunikatsiyaning subyektiv xususiyatlarini, matnda uni ijodkorlarining «men»ini ifodalanishi uslublarini o‘rganuvchi nazariya sifatida qarashni taklif qilishdi. Pragmatikani so‘zlovchining voqelikka, axborot mazmuniga va adresatga (tinglovchi, o‘quvchi) bo‘lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan taʼsirchanlik kuchini aniqlovchi fan (nutqiy taʼsir nazariyasi) sifatida tasavvur etuvchilar ham yo‘q emas. Niderland olimi T.А. van Deyk va uning izdoshlari lisoniy nutqiy qurilmalarining muloqot vaziyati uchun «yaroqliligi» masalasini nazariy jihatdan yoritish pragmatikaning maqsadi, deb hisoblaydi.
PRAGMATIKA
Pragmatika XX asrning ikkinchi yarmidagi rivoji nutqiy akt nazariyasining to‘liqroq ko‘rinishdagi lingvofalsafiy ta’limot sifatida shakllanishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan Sh.Safarov, nutqiy akt tushunchasini oldingi davrlarda ham V.Humboldt, Sh.Balli, K.Byuller, E.Benvenist, M.Baxtin kabi olimlarning ta’limotlarida mavjud bo‘lganligini, ammo nutqiy akt nazariyasini to‘liq bir ta’limot sifatida ingliz mantiqshunosi J.Ostin, amerikalik psixolog J.Syorl va boshqalarning ishlarida shakllanganligini e’tirof etadi [4, 77]. M.Buzrukovaning talqinicha, nutq akti pragmatikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, til harakati qoidalariga muvofiq, amalga oshiriladigan maqsadli kommunikativ harakatdir [2, 108]. J.Ostin nutq aktlarini lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlarga ajratganligini Arso Setyaji [1, 18] qayd etgan bo‘lsa, R.Choerunnisa nutq harakatlarini bajarishda Yule ham uchta bog‘liq harakat mavjudligini taklif qilganligini ya’ni ular lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarni o‘z ichiga olishini nazarda tutadi [7, 8]. Shu bilan birga, Sh.Safarov ham nutqiy aktni uch bosqichli faoliyat va ularda uch xil harakat bajarilishini ta’kidlaydi [4, 81]. Arso Setyaji lokutiv aktlar asosiy ma’no va gap bilan bog‘liq ma’no ekanligi haqida so‘z yuritib, shu o‘rinda J.Ostinning quyidagi fikrini keltiradi: lokutiv aktlar – bu ma’lum bir tovushni talaffuz qilish yoki ma’lum belgilar qo‘yish, muayyan so‘zlarni ishlatish va ularni ma’lum bir tilning grammatik qoidalariga va ma’lum bir his-tuyg‘ularga muvofiq ishlatish va ular olingan til qoidalariga ko‘ra belgilanadigan ma’lum bir murojaat qilish kabi nutq harakatidir [1, 18]. 20 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Sh.Safarovning talqinicha, illokutsiya shaxslararo (muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi) munosabatlarning ifodalanishi bo‘lib, aynan shu kommunikativ maqsaddan qaysi biri ma’lum sharoitda voqelanishiga nisbatan nutqiy tuzilmaning illokutiv kuchi (illocutionary force) aniqlanadi [4, 82]. J.Syorl illokutiv aktlarning beshta asosiy turga ya’ni representativlar (yoki assertivlar), direktivlar, komissivlar, ekspressivlar va deklarativlarga ajratadi [5, 1]. J.Syorl tasnifi nutqiy harakatlarning asosiy xususiyatlarini umumlashtirib, tizimlashtirgan holda o‘rganish va tahlil qilish imkonini beradi. Perlokutiv akt nutqiy faoliyatning ta’sir o‘tkazish bosqichi bo‘lib, perlokutsiya tinglovchi ongiga, his-tuyg‘ulariga va xatti-harakatiga ta’sir o‘tkazish harakatini Sh.Safarov talqin etadi [4, 82]. Nutqning sodir bo’lish bosqichlari misolida badiiy asarlarda uchraydigan nutqiy aktlar orqali lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlar tahlil qilinadi. Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasida quyidagi parcha keltirilgan: “– Xushvaqt bo‘l, qassob, xushvaqt bo‘l, - dedi sovchilar.” [6, 4]. Nutqiy akt bosqichlari asosida ushbu gapning lokutiv akti “Xushvaqt bo‘l, qassob, xushvaqt bo‘l, - dedi sovchilar” bo‘lsa, illokutiv aktda “dedi” illokutiv fe’li mavjud bo‘lib, u xabar berish illokutiv kuchini ifodalaydi, shuningdek, illokutiv assertiv (reprezentativ) turini bildiradi va illokutiv akt “sovchilar qassob mehmon kelganda aytiladigan “Xush kelibsiz!” iborasiga javoban xushvaqt bo‘lishini aytganidan xabardor qilish”ni ifodalaydi. Perlokutiv aktda “sovchilarning qassobga mehmon kelganda aytiladigan “Xush kelibsiz!” iborasiga javoban xushvaqt bo‘lishi aytilganidan xabardor bo‘lish” va perlokutiv akt ta’siri tinglovchini xabardor qilish hisoblanadi. “– Omadingiz keldi! – injener iyagini cho‘zib qiya eshik tomonga imo qildi.” [3, 181] nutqiy akti “Nur borki, soya bor” romanidan keltirilgan parcha hisoblanadi. Nutqiy aktlar jarayoni bosqichlari asosida lokutiv akt “Omadingiz keldi! – injener iyagini cho‘zib qiya eshik tomonga imo qildi” bo‘lsa, axborot yetkazishda xabar berish illokutiv kuchi mavjud bo‘lib, u illokutiv assertiv (reprezentativ) turiga oid sanaladi va “ishi oʻngidan kelgani baxtligini aytgan injener iyagini cho‘zib qiya eshik tomonga imo qilganidan xabardor qilish” illokutiv akt hisoblanadi. Perlokutiv akt “ishi oʻngidan kelgani baxtligini aytgan injener iyagini cho‘zib qiya eshik tomonga imo qilishi natijasida biror harakat bajarilishi” va perlokutiv akt ta’siri tinglovchiga sabab bo‘lishi hisoblanadi. Yuqoridagi keltirilgan nazariy ma’lumotlar hamda tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, nutqiy akt bosqichlari hisoblangan lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar so’zlovchining nutqini hamda uning mazmunini tinglovchiga yetkazib berishda va uni izohlashda ahamiyatli sanaladi. Ushbu tadqiqot natijalari 21 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya pragmalingvistika sohasining kelgusi ilmiy ishlarining rivojida istiqbolli sifatida qaraladi.Nutqiy vaziyat lingvopragmatikaning tayanch tushunchalaridan hisoblanadi. Muloqotning ichki va tashqi sharoitlari, muloqot ishtirokchilari, ularning munosabatlari nutqiy vaziyatning asosiy komponentlari hisoblanadi. Bu komponentlar kommunikativ jarayonda ishtirok etish funksiyasiga ko‘ra nutq vaziyatining o‘ziga xos tuzilishini shakllantiradi.
Nutqiy vaziyat modeli
Adresat
Muloqot maqsadi
Muloqot sharoiti
Keltirilgan sxemada qayd etilgan omillardan tashqari o‘zaro muloqotning asosiy xususiyatlari va muloqotchilarning nutq etiketini ko‘rsatuvchi tanishligi darajasi, ishtirokchilarning bir-biridan farqlanish darajasi, kuzatuvchilarning mavjudligi kabi omillarni ham ko‘rsatish mumkin. Bu omillar muloqotning samaradorlik darajasini, nutqiy vaziyatni hosil qiluvchi asosiy xususiyatlarni belgilab beradi. Ma’lumki, muloqot tushunchasi inson faoliyatining hamma qirralari bilan aloqador. Insoniy munosabatlarning deyarli hammasi inson nutqiy faoliyati bilan bog‘lanadi. O‘zaro aloqalar qanday shaklda va ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro fikr almashishlar, mavzu mohiyati, muammolari va kelajagi haqidagi ma’lumotlar til vositasida tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkaziladi. Shunday ekan, nutqiy muloqotdan har ikki taraf ham birday manfaatdor. So‘zlovchi yoki yozuvchi nutqiy muloqot tashkilotchisi sifatida ma’lum bir kommunikativ maqsadni amalga oshirishni, ko‘zlangan pragmatik samaraga erishishni ilgaridan mo‘ljallaydi. Maqsadning so‘zlovchi maqsadiga mos holda amalga oshishi va yakun topishi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotning voqelanish jarayoniga bog‘liq. Shuning uchun ham inson nutqiy faoliyatidan bahs yurituvchi tadqiqotlarda nutq vaziyati tushunchasi pragmatikaning asosini tashkil qiluvchi komponentlardan biri sifatida talqin qilinadi. Kommunikativ vaziyat deyilganda nutq tashqi sharoitining muloqot xulqi, fikr, diskursda ifodalangan murakkab jamlanmasi tushiniladi. Nutq faoliyati va vaziyat o‘zaro bog‘liq ekan, ko‘zlangan maqsadning amalga oshishi so‘zlovchi imkoniyatlari va nutq qaratilgan shaxsning nutqni o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqiy harakat so‘zlovchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalashga tayyorgarlik, fikrning tuzilishi, tashqi nutqqa o‘tish kabi bosqichlardan so‘ng voqelanadi. Bunda nutq qaratilgan shaxsning muloqot jarayonidagi o‘rni, nutqni o‘zlashtirishni ifodalovchi akustik/grafik koddan ichki nutqqa o‘tish, sintaktik struktura, grammatik shakllarni topish (rasshifrovka qilish), fikr ifodalashning umumiy rejasini, ma’nolar va motivlarni tushunish, olingan xabarni baholash, lisoniy vositalar tanlash kabi vazifalarning amalga oshishiga qarab belgilanadi.
Kommunikativ vaziyat asosini bevosita aloqa tushunchasi tashkil qilar ekan, unda ishtirok etuvchi vositalar quyidagi vazifalarga funksional yo‘naltiriladi:
Aloqa bog‘lash – kommunikatsiyaning fatik vositalari.
Aloqani saqlab turish – muallif va adresatga xos vositalar.
Aloqani yakunlash – suhbatni tugatish vositalari.
Kommunikativ vaziyatni yuzaga keltiruvchi tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat:
xabar joyi va vaqti;
xabarning ma’lum nutqiy va axloqiy majburiyatga ega bo‘lgan adresanti;
ma’lum presuppozitiv fikr ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan adresat;
xabarning maqsadli yo‘naltirilgan mavzusi.
Vaziyatning umumiy xarakteri, lisoniy va nolisoniy omillar ishtirokidan kelib chiqib, nutqiy muloqot quyidagi tartibda voqelanadi:
Nutqiy
muloqot
Noverbal
Verbal
yashirin
ochiq
Yuqorida keltirilgan sxema nutqiy vaziyatning hamma ko‘rinishlariga birday taalluqli. Muloqot jarayoni inson faoliyatining qaysi sohasida yuz berayotganiga ko‘ra unda ishtirok etuvchi omillar va vositalar o‘zaro farq qiladi. Masalan, kishilarning hayotning maishiy tomonlari bilan bog‘liq kundalik norasmiy muloqotlarida so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar yetakchilik qiladi va ularda shunga xos nutqiy vaziyat mavjud bo‘ladi. Shu o‘rinda shuni ham yodda tutish lozimki, nazarda tutilmagan sabablarga ko‘ra nutq vaziyati o‘zgarib ketishi ham mumkin. Buning aksi bo‘lgan rasmiy muloqotlardagi nutqiy vaziyat yuqoridagidan tubdan farq qiladi. Chunki, ularda nutqning qay tartibda va qanday vaziyatda amalga oshishi ilgaridan rejalashtirilgan bo‘ladi. Muloqotning boshlanishidan yakunlanishiga qadar shu tartibga qat’iy amal qilinadi. Shuning uchun rasmiy muloqotlardagi nutq vaziyati bir muncha barqarorligi bilan ajralib turadi. Rasmiylik xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda doimo sezilib turadi. Unda so‘zlovchi o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan uyushma, tashkilot, firma nomidan gapiradi. Uning «Men»i bevosita o‘zi ishlayotgan joy bilan bog‘liq bo‘ladi va bunday rasmiy muloqotlar xizmat joylarida – qabulxona, majlislar zali, ofislarda bo‘lib o‘tadi.
«Nutqiy akt – ma’lum bir gapning aniq muloqot muhitida talaffuz etilishidir. Nutqiy akt mazmunining shakllanishi talaffuz qilinayotgan gap ma’nosining so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan muloqot matniga nisbatan «boyitilishi», idrok etilishi natijasidir».1 Nutqning qanday vaziyatda yuzaga chiqishi, nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat so‘zlovchi fikrlarining ifodalanish shakliga, ya’ni eksplitsit yoki implitsit tarzda berilishiga ta’sir qiladi. So‘zlovchi nutqiy faoliyati natijasida turli mazmundagi nutqiy aktlar yuzaga chiqadi.Bunda so‘zlovchi tomonidan tanlangan so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari boshqa, qo‘shimcha mazmunlarni ham ifodalaydilar.
Nutqiy akt muammolariga oid ma’lumotlar V.Gumboldt, Sh.Balli, L.P.Yakubinskiy, M.M.Baxtin kabi olimlarning lingvistik qarashlarida uchraydi. Nutqiy akt nazariyasining dastlabki masalalari Dj.Ostin, Dj.R.Syorl va boshqa olimlar ishlarida ko‘rib chiqilgan. Bu nazariyaga ko‘ra, har qanday ifodada so‘zlovchi ma’lum bir harakatni sodir etadi.
Dj.Ostin nutqiy aktlarni kommunikativ maqsadlariga ko‘ra verdikativ, ekzersitivlar, bexabitivlar, komissiv, ekspozitiv atamalari bilan nomlab, har qaysisini alohida izohlaydi.2 Dj.Ostin qarashlarining eng muhim jihatlaridan biri ifoda semantik strukturasidan «xususiy ma’no munosabati» tushunchasining ajratilishidir.
1955 yilda Garvard universitetida faylasuf Dj.Ostin tomonidan qilingan ma’ruza keyinchalik, 1962 yilda «So‘z faoliyat sifatida» nomi bilan nashr qilindi. B u yerda u nutqiy aktlar nazariyasi taraqqiyoti uchun asos bo‘lgan fikrlarini shakllantirdi. U quyidagilardan tashkil topgan:
1) til turli nutqiy harakatlar sodir bo‘lishini ta’minlovchi vosita hisoblanadi;
2) bu Dj.Ostin performativ deb atagan, ya’ni fikr ifodalash-harakatning asosiy vositasidir;
3) performativlar gapdan farqli ravishda haqiqiy ham yolg‘on ham bo‘lishi mumkin emas;
4) performativlar gap singari bizning harakatimizni tasvirlamaydi (Men yozaman), balki ularni talaffuz qilish bizning harakatimizni tasvirlaydi va ta’minlaydi (Men so‘rayman);
5) o‘z tarkibida birinchi shaxs birlik, hozirgi zamon, aniqlik maylidagi fe’llardan tashkil topgan performativlar nutqiy jarayon rivojlanib boruvchi kontekstlardagina namoyon bo‘ladi.
Lingvistik pragmatikaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan nutqiy aktlar nazariyasi murakkab bilimlardan iborat bo‘lib, o‘ziga xos tuzilishga ega. Bu ta’limotda nutqiy faoliyatning alohida o‘rganiluvchi kichik birligi nutqiy akt hisoblanadi. Bunda nutqiy akt subyekti hisoblangan so‘zlovchi o‘z fikrlarini odatga ko‘ra adresatning o‘zlashtirishiga mos holda ifodalaydi. So‘zlovchi tomonidan ifodalangan fikr bir vaqtning o‘zida ham nutqiy akt mahsuli, ham kommunikativ maqsadga erishish quroli sifatida namoyon bo‘ladi.
Nutqiy akt o‘ziga xos tuzilish bosqichlari va mezonlariga ega. Nutqiy akt uch bosqichdan iborat: lokutiv, illokutiv va perlokutiv.
Dostları ilə paylaş: |