Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 177,33 Kb.
səhifə6/16
tarix07.01.2024
ölçüsü177,33 Kb.
#206837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3- курс иши

Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism va hodisalarni tizimlashtirish yoki tasniflash ularni bir-biriga o‘xshashlik yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin. Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlarga bo‘linadi: 1. Tafakkur muammoni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi; muammoli vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati sintez orqali tahlil qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi» (s.l. rubinshteyn). 3. Tafakkurning asoslanganligi: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi. Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 4. Selektivlik (lot. – tanlash, tanlanish) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga safarbar qilish. 5. Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
6. Tafakkur refleksivligi. Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi, o‘z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash mezonlarini ishlab chiqadi. Refleksiya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi. Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat-lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi. Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi. Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.

Yüklə 177,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin