2.2 TAFAKKUR HAQIDA PSIXOLOGIK NAZARIYALAR VA ULARNING AHAMIYATI
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirasi to’plangan. Aynan keltirilgan ma'lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi. Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi. K.R.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir.
Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi. Insonning fikrlash usuli avvalo ijtimoiy hodisadir. Fikr hech qachon o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo’lishi mumkin. Predmetsiz fikrning bo’lishi mumkin emas. Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub'ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi:
Birinchidan, ongning sub'ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob'ektga ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi. Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, g’oyaning sub'ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir. Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Fikrlar va g’oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o’zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an'anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g’oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g’oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo’lib qoladi. Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya'ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo’l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni ob'ektiv bo’lishiga kamroq e'tibor berganlar. Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma'nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko’pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma'qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o’rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob'ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a'zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi.
Muammo va masalani xal qilish, yechish, olingan natijalarni to‘g‘riligiga kanoat hosil qilish uchun yechuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quydagicha aks ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yullar, usullar, vositalar, qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar. 9 Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni uylab chikish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi. Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrimayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilaimiz va tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to'g'risida, umuman mebel va umuman narsa to'g'risida esa fikrtashimiz mumkin. Umumilash natijasida bir hukmning o'zida ayni vaqtda yakka bir narsa to'g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumi to'g'risida ham fikr yuritish mumkin.Masalan, «O'zekistonning fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan, balki O'zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Narsa yoki hodisalar o'rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosa- batlar yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko'raylik. Siz qalanini barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, unig taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilasiz va ularni xuddi shu tartibda tasavvur qilishimiz mumkin. Lekin biz unda hodisalarning ma’lum bir vaqt ichida birin-ketin sodir bo'lishini, idrok qi1amiz, xolos, ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodisaning bir-biriga qonuniy bog’lanishidagi chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi. Biz hodisalarning birin-ketin o’tayotganliginigina qayd qilib qo1avermaymiz, balki birinchi hodisa bo'lgani uchun ikkinchi hodisa ro'y beradi, undan keyingi hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldingi hodisa ro'y berganligi uchun (qalam stolga urilganligi uchun) sodir bo’ldi, deb aniq aytamiz va oldingi hodisa ro'y berganligi keyin shu hodisani muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz. Bu hodisalarda ularning malum bir vaqt ichida birinketin, sodir bo'lganligini idrok qi1ganimizdan tashqari, ular o’rtasida sabab-natija bog’lanishi, ya'ni qonuniy bog’lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Bu sabab-natija tariqasidagi bog’lanishning o'zini bevosita idrok qila olgamaymiz, uni sezgi organlarimiz vositasi bilan his qilolmaymiz (ko’rmaymiz, ushlab ko`rmaymiz, eshita olmaymiz), balki shu bog'lanish bo'lgani idrokimizga asoslanib turib fikr qilish yo'li bilan topamiz.
So'ngra, ayrim hodisalardagi sabab-natija bog'lanishlari ochilganligiga asoslanib, umumiylashtirish yo'li bilan voqelikiling umumiy qonuniyatlarini topib olamiz.
Masalan, suvning yaxlab qolganligiga haroratning pasayganligi (0" dan pastga tushib ketganligi) sabab bo'lganligi aniqlangan bo'lsa va bu hodisa boshqa bir qancha hollarda ham aniqlangan bo'lsa aria shu hollarm umumiylashtirish natijasida: «Harorat 0 dan, past bo'lganida suv hamisha inuzlaydi» degan hukmda ifodalangan qonun topilgan. Hodisalar o'rtasidagi mavjud sabab-natija bog'lanishlarini bilganligimiz uchun, hodisalarning o'zgarish va taraqqiysi qonunlarini bilganligimiz uchun biz hozirgi paytda mavjud bo'lmagan yoki hozirgi paytda bizning oldimizda ro'y bermagan hodisalarning yuz berishini oldindan aytib berishimiz mumkin. Masalan, termometrda haroratning 0° dan past tushganligini ko'rishimiz bilan, endi suv muzlaydi, deb oldindan ayta olamiz.
Astronomlar osmondagi jismlaming harakat qonunlarini bilganliklari uchun quyosh yoki oy qachon tutilishini aniq qilib oldindan aytib beradilar. Jjtimoiy turmushning asoschilari ochib bergan qonunlarini bilish ijtimoiy-siyosiy voqealarning qanday bo'lib borishini oldindan ko'rib turish imkoniyatini beradi.
Oldindan ko'rish o`z oldimizga inaqsadlar qo'yishimizga va shu maqsadlarga muvofiq harakat qilishimizga imkon beradi.
Oldindan ko'rish va atrofimizdagi buyumlarning xossalarini bilish tufayli insoniyatning hozirgi tajribasi vujudga kelgan, bu esa xilma-xil mehnat bilan shug'ullanish imkoniyatini ochib bermoqda.
Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to'g'ri), to`liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishiga (bilishiga), insonning yanada oqi1ona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi.
Bosh miya po'stining biron-bir uchastkasi emas, balki bosh miyaning butun po'sti qilayotgan faoliyat tafakkurning nerv-fiziologik negizidir. Analizatorlarning miyaga borib tutashgan uchlari o'rtasida vujudga keladigan murakkab muvaqqat bog'lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda ahamiyatga ega.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ikkinchi signal sistemasi bilan birinchi signal sistemasining bir-biriga ta'sir o'tkazishida muvaqqat bog'lanishlarning vujudga kelishi tafakkurning spetsifik nerv-fiziologik mexanizimaridir.I.P. Pavlov aytganidek, «Avvalo, umuminsoniy empirizmni, (insonning tajribasi, orttirgan bilimlari) nihoyat atrof olamni va insonning o'zini ham bilish uchun oliy qurol bo'lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy, oliy tafakkur» ayni shu bog'lanishlar asosida voqe bo'ladi.
Tafakkurni yo'naltirib turadigan asosiy nerv-fiziologik negiz shunday yo'l ko'rsatib turuvchi refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o’ynaydi.
Odom tevarak-atrof olamni shaxsan bilib olayotgan chog'ida yoki o'zi
harakat qilayotgan chog'idagina emas, balki shu bilan birga, u o'zining
og'zaki yoki yozma) nutqi bilan o'z fikrlarini boshqa odamlarga
o’tkazayotganida hamda boshqa odamlarning fikr va bilimlarini o'zi o’zlashtirib olayotgan chog`da ham fikr qilaveradi. Odamning bilish va amaliy ehtiyojlari, tevarak-atrof va hayot to’g'risidagi o`z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga intilishi tafakkur qilish faoliyatini vujudga keltiradi va bu faoliyatni kuchaytiraveradi. Shu sababli tafakkur qilish jarayonlarining muayyan maqsadga qaratilgan bo'lishi shu jarayonlarning muhim xususiyatidir.
Dostları ilə paylaş: |