Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 177,33 Kb.
səhifə12/16
tarix07.01.2024
ölçüsü177,33 Kb.
#206837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3- курс иши

Bu — tafakkurning oddiy, elementar jarayonlaridir. Bu ayrim hukmlar bizning idrokimizda ifodalanadi hamda tasavvurlar va tushunchalar ta­riqasida xotiramizda mustahkam o'rin oladi.
Ijodiy tafakkur to'g'risida gapirganimizda biz murakkab aqliy jara­yonni nazarda tutamiz. Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va momentlardan iborat bo'ladi.
Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo'lib, bu murakkab jarayonda qo’yilgan savol ketidan (shu savolning murakkabligiga qarab) -dastlab vazifa irodalangach, so'ngra esa vazifani, masalani yechish jarayoni, ya'ni qo'yilgan savollarga javob qidirish jarayoni boshlanadi.
Vazifa, masala — yechilishi, hal qilinishi talab etilgan savoldir. Ifoda­langan vazifa maqsadni ham o'z ichiga oladi. Bu maqsad noma'lumni topishga va shu tariqa hayronlik, taajjublanish va gumon hislaridan qutu­lishga intilishdan iboratdir. Tafakkurning murakkab jarayonlaridagi maq­sadni ilodalashning o'zi, ko'pincha, murakkab faotiyat bo'ladi. Bunda nimalar ma’lum va noma'lumligini hisobga olishga, masala qanday vazi­yatda yechiliyotganligini hisobga olishga, yechilayotgan masalaning ahami­yatini tushunib olishga to'g'ri keladi. Tafakkur jarayonining shundan keyingi bosqichi — javobni izlashdan. masalani hal etishga olib keladigan yo'llarni, vositalarni, qoidalarni, usullarni qidirish va tatbiq qilishdan iborat bo'ladi. Qo'yilgan savollarga beriladigan javoblarni ba'zan idrok qilinayotgan tevarak­-atrofdagi vaziyatdan qidirishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda tafakkur jarayonlaridagi odamning kuzatuvchilik qobiliyati katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Ba'zan lozim bo'lgan javob “xotira zapaslari” orasidan — tajriba va bilimlarimizdan topiladi. Imtihon berayotgan o'quvchining fikri, ko'pincha,
Shu tariqa ishlaydi. Ko'pincha tafakkur jarayonlarida kerakli javoblar hayol yordami bilan topiladi. Masalan, har hil tahminlar, ilmiy gipotezalar shu tariqa vujudga keladi, ko’pgina kashfiyotlar, texnika sohasida har xil ixtirolar qilinadi.
Ko'pincha, tarakkur jarayonlaridagi kerakli javoblarni muhokama qi- lish va oylab ko'rish, faraz qilish tafakkurning mantiqiy usullarini qo'llanish yo’li bilan topiladi. Masalan, matematika masalalari ana shu yo'l bilan yechiladi. Masala va vazifalarni yechish, qo'yilgan savolga javob qidirish jarayonida biz ba'zan yanglishamiz, shu masalani yechishga olib boradi­gan to'g'ri yo'ldan adashamiz. Olingan javobning ozi yoki masalani hal etish usulining o'zi bizda shubha tug`diradigan paytlar ham bo'ladi. Bunday hollar tafakkur jarayonida yana bir payt — shu jarayonning nati­jahirini tanqidiy tekshirib chi(jish payti keladi. Ba'zan bu tanqidiy tek­shirish masalani, vazifani hal etish jarayoni bilan ayni bir vaqtda, bab­baravar bo'laveradi. Fikr qilish jarayonining mana shu nazorat qiluvchi paytida mantiqiy jarayonlar xulosa chiparish, isbotlash, rad etish jarayon­lari, ayniqsa, katta o’rin tutadi. Harakatning oxirgi va asosiy inezoni odam­nin tajdbasidir.
Tarixga kirgan va ulug' kishilarning nomlari bilan bog'liq bo’1gan ilmiy kashfiyotlar, falsafily va ilmiy tushunchalar, turli nazariyalarning ko-pelilligi ayni vaqtda ko'pjihatdan jamoa tafakkurining, ba'zan bir necha bo'g'indagi odamlar tafakkurining mahsulidir.
Tafakkur jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og'zaki va yoz­ma nutqini idrok qilish va uqib olish jarayonida sodir bo'ladi. Nutqni tinglayotganimizda yoki biror yozma matinni o'qiyotganimizda odatda, biz o'zimiz eshitayotgan yoki o'qiyotgan so'z birikmalarini to'g'ri idrok qilishga «piyqab olisliga» intilamiz.
Texnika buyumlari, mashinalar, ishlab chigarish korxonalari bilan, avtomat va elektron apparatlar bilan, asbob va shu kabilar bilan tanishish jarayonida ham bizda tushunish sodir bo'ladi.
Bunday holda tushunish muayyan bir texnikaviy obyektda gavdalan­gan fikrlar sistemasini idrok qilishda («piyqab olishda»), obyektning, masalan, umuman hisoblash mashinasining va undagi ayrim detallarning ma'nosi va vazifasi nimaligini tushuna olishda namoyon bo'ladi.
Jumladan, o’ziniiz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan nars­larni o'zimizdagi mavjud tushunchalar qatoriga o’tkazishning o'zi ham tushunishimizning ifodasidir.
Texnikani tushunmoq uchun qandaydir texnikaviy talabga ega bo’lish, loaqal oddiy asboblardan foydalana bilish va loaqal oddiy mashinalar bi­lan tanish bo'lish kerak.
Tushunish ijodiy tafakkurdan farq qiladi, gavdalantiruvchi xayol bo'lgani
kabi, tushunishni ham gavdalantiruivchi tafakkur deb ta'riflash mumkin.
Tushunish asosan, tayyor bilmlarni va ko`nikmalarni o'zlashtirishda
sodir to’ladigan tafakkurdir.
Maktabda o’qitish jarayonida tushunish katta rol o`ynaydi. O’quvchilarning bilimlarni uqib olishdagi muvaffaqiyatlari ularning shu bilimlarini qay darajada tushunishlariga bog'liq bo'ladi.

Yüklə 177,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin