Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar



Yüklə 106,97 Kb.
səhifə2/9
tarix22.12.2023
ölçüsü106,97 Kb.
#190587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narziyev Ismat

tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo`zg`atuvchining o`ziga mutlaq mos bo`lgan analizatorlar ta`siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-ning ta`limotlariga ko`ra, analizator uch o`zaro uzviy uyg`unlikka ega bo`lgan tarkibiy qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda tuzilgandir:
1) tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya`ni retseptordan;
2) analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o`tkazuvchi asab yo`llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po`stlog`idagi qismlaridan iboratdir.
Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko`z, quloq, teri, burun kabilar), ta`sirotni eltuvchi (affe­rent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analiza­torlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fani so`nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko`rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir): 1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya`ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar); 2) ichki a`zolar holatlarini in`ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a`zolarida, to`qimalarida joylashgan sezgilar, ya`ni interoretseptiv sezgilar; 3) gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma`lumot beruvchi, muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya`ni proprioretseptiv sezgilar. Birinchi turkum sezgilarni ko`rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta`m-maza kabi turlar tashkil qiladi. Ko`rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo`lgan tovush to`lqinlaridan iboratdir. Ko`rish sezgilari bosh miya po`stlog`ining orqa bo`lagida joylashgan bo`ladi. Eshitish sezgilari bosh miya po`stlog`ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari bosh miya po`stlog`ini markaziy burmasi orqa qismidan o`rin olgandir.
Endi sezgilarning tavsiflanishi, mohiyati va lining negiziari haqida fikr yiiritamiz. A.R.Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar as! ma`nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o`rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo`ladi. Psixologiyada mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo`lishi yetarli darajada chuqur o`rganilmagan, shu bois uiar ,,noma`lum hislar" doirasiga kiritiigan. Ular to`g`risidagi bilimlar bilan tanishish, o`zgarishlarni tekshirish ,,kasalliklarning ichki manzarasi"ni ifodalashda muhim o`rin tutadi. Ichki a`zolarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasailiklarni tashxis qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan). Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg`onadi, shuningdek, ularning ifodalanishi ham o`ziga xos shakllarga ega. Chunonchi, ular ,,oldindan his qilish" sifatida paydo bo`lib, hatto inson ularni ta`riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko`pincha ushbu kechinmalar tushda ayon berib, qaysidir kasallik xurujidan darak beradi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o`zgarishida ko`zga tashlanadi, shu tufayli bola xatti-harakatining keskin o`zgarishiga sabab bo`ladi. Chunki, bola o`z tana a`zolaridagi ichki holatlarning o`zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, shu bois buni undagi xatti-harakatning umumiy o`zgarishidan sezish mumkin. Bu hodisaga misol tariqasida quyidagi voqclikni keltirish mumkin: bola o`z ichki interoretseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida ,,kasal" bo`lib qolgan qo`g`irchog`ini parvarish qila boshlaydi.
Interoretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarning o`zaro o`rin almashish balansini ta`minlab turish asosi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ular organizmdagi jarayonlarni o`zaro o`rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo`ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo`riqish, affekt holatlarini yo`qo-tishga, pasaytirishga, paydo bo`layotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo`naltiradi. Oqibatda, tana ichki a`zolari
faoliyatining izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Shu sababli tibbiyot psixologiyasida interoretseptiv sezgilar ham muhim o`rin tutadi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish imkonini yaratadi. K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o`rganilgan. Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan. Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to`g`risida signallar bilan ta`minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini va afferent asosini tashkil qiladi. Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo`g`imlarda joylashgan bo`lib, maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo`zg`atuvchilar muskullarning taranglashuvi natijasida va bo`g`imlar holatining o`zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo`zg`ovchilar Burdak va Goll yadrosining quyi bo`limlariga yetib keladi va undan po`stloq osti tugunlaridan o`tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong`ilashgan zonasida o`z harakatini yakunlaydi.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o`rganganlar. Psixologik ma`lumotlarga ko`ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sczgilarda o`z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo`lib, o`zaro bir-biriga perpendikular bo`shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o`zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: a) o`zgarish endolimfa suyuqligiga bog`liq qo`zg`aladi; b) cshitish nervi; d) vestibulator nervi; e) bosh miya po`stlog`ining chakka bo`lmasi; f) miya apparatiga o`tadi. Vestibulator sezgirlik apparati ko`rish bilan bevosita aloqadabo`lib, fazoni mo`ljallash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo`ldan o`tishi (qatnovi), qalin o`rmonni kesib o`tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar modallikdan (5 tadan) tashqarisi intermodal nospetsifik sezgi turkumlariga ajratiladi. Masalan, eshitish a`zosi orqali bir soniyada 10 — 15 tebra-nishni sezish mumkin, lekin quloq bilan etnas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog`i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash — vibratsiya sezgirligi deyiladi. Masalan, karlar-ning tovushlarni idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion sez­girlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko`rinishi mana bunday holatda namoyon bo`ladi:
a) hid, ta`m va maza sezgilarida; b) o`ta kuchli tovushda, o`ta yorug`Iikda; d) tricheminal, ya`ni uch xil ta`sirning uyg`unlashgan, integrativ holati va shu kabilarda.
Sezgining o`ziga xos bo`lmagan shakli — terining foto sezgirligi, ya`ni ranglarning nozik jilolarini ajratish hamda qo`l uchlari bilan sezish orqali ro`yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontyev tomonidan kashf qilingan bo`lib, bu narsa ko`pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo`l uchiga yashil va qizil rangli yoruglik yuborish orqali dunyo yuzini ko`rgan. Rang signallarining og`riq qo`zg`atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib qaralganda, insonni faol mo`Ijal olish jarayonida uning qo`l uchi terisiga kelib tu-shadigan rang-nurlarini farqlashga o`rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida terining foto sezgirligining tabiati hali yetarli daraj`ada o`rganilmagan. Shunga qaramay, talamitik sistema va po`stloq ostining qo`zg`alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan va atrofga yoyilgan rudimentlar—yorug`lik sezish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko`pincha ,,oltinchi tuyg`u, 1.2 Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik Sezgilar o`zlariga adekvat mos bo`lgan qo`zg`atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanuvchi bilish jarayonidir. Ko`rish sezgisining adekvat qo`zg`atuvchisi havo to`lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron diapazondagi clektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu elektromagnit nurlanishlar ko`rish analizatorlarida ko`rish sezgisini vu­judga keltiruvchi asab jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilarining tebranish chastotasi 16 dan 20000 gacha bo`lgan tovush to`Iqinlari ta`sirining retseptorlarida aks etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo`zg`atuvchilarning teri yuzasidan ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo`lgan tebranishni aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in`ikos qilish orqali yuzaga keladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o`zlarining maxsus qo`zg`atuvchilariga egadirlar. Lekin sezgilarning turli kol-rinishlari faqat o`zlariga xosligi bilan emas, balki umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga yana sezgi sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi ham kiritiladi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan farq-laydi va u sezgi turi chegarasini o`zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan farqlanadi, ko`rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va shu kabilar bilan ajralib turadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko`p turliligida materiya hara­kati shakllarining turli-tumanligining aks etishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo`lib, u ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtincha ekanligi bilan ifodalanadi. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a`zolarining funksional holati bilan, shuningdek, qo`zg`a-tuvchining ta`sirqilish vaqti hamdajadalligi bilan olchanadi.
Qo`zg`atuvchi sezgi asosigata`sirko`rsatishi bilan darhol sezgi hosil bo`lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlariga qarab har xil fursatda kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisoniya, og`riq sezgilari uchun esa 370 millisoniyaga to`g`ri keladi, maza-ta`m sezgisi esa til yuzasiga ta`sir etil-gandan so`ng 50 millisoniyagacha vaqt oralig`ida hosil bo`ladi.
Qo`zg`atuvchi ta`sir ko`rsata boshlashi bilan qo`zg`alish hosil bo`lmaganidek, qo`zg`atuvchining ta`siri to`xtagan zahoti sezgi ham yo`qolmaydi. Vaholanki, Sezgilarning incrsiyasi (sezgilarning saqlanishi) ta`siridan keying! hodisasi deb ataladigan narsada namoyon bo`ladi. Ko`rish sezgisi muayyan inersiyaga ega bo`lib, ko`rish sezgisining ta`siri to`xtashi bilan darho! yo`qolib ketmaydi. Qo`zg`atuvchining ta`siri izi ketma-ket keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada ko`zning to`r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb taxmin qilinadi. Qo`zg`alish jarayoni hosil bo`lganda, ulartoliqadi va sezgirligi ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko`z to`r pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq toliqadi, shuning uchun ko`z to`r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so`ng oq rang ta`sir ettirilsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq sezgirlikka ega bo`ladi va biz ko`z qarashimizda ko`kish rangni ko`ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo`lishi mumkin. Chunki quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki to-vush bilan birga yuzaga keladigan noxush sezgi, ya`ni bu ,,quloq"ning shang`illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha soniya davomida ta`sir etadigan bir qator qisqa tovush impulslaridan so`ng ular tutash holda yoki biroz pasayti-rilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu tovushlarning ta`sirini modellashtirish mumkin bo`Iganda edi, ana shunday hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impulsining ta`siri to`xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impulsi jadalligi va davomiyligiga bog`liq ravishda bir necha soniya mobaynida davom etishi mumkin.
Boshqa analizatorlarda ham xuddi shunga o`xshash hodisalarni kuzatish mumkin. Masalan, harorat, og`riq va maza sezgilari ham qo`zg`atuvchining ta`siri to`xtagandan so`ng bir necha soniya oralig`ida davom etaveradi.
Sezgilar uchun qo`zg`atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi, qo`zg`atuvchining fazodagi o`rni bilan ifodalanadi. Distant, ya`ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo`zg`atuvchining fazodagi o`rni haqida ma`lumot beradi. Kontakt sezgilar, ya`ni taktil, og`riq, maza sezgilari badanning qo`zg`atuvchi ta`sir qila-yotgan joyida yuz beradi. Bunda og`riq sezgilarining loka­lizatsiyasi, ya`ni badanda joylashgan o`rni, taktil sezgilarga qaraganda badanga anchagina tarqalgan bo`lib, u unchalik aniqlikka ega emas. Bu holatni yanada yaqqol namoyish qilish uchun quyidagi ko`rsatkichlarni keltiramiz: 1 kvadrat mm teriga nisbatan barmoqlar 120, panja 14, kaft 15, ko`krak 29, peshana 50, burun uchi 100 marta jo bo`ladi.
Lokalizatsiya psixik funksiyalarning bosh miya katta yarimsharlari qobig`idagi muayyan hujayralarning ishi bilan bog`lanishidir. Masalan, ko`ruv analizatorining ishi, asosan, miya qobig`i ensa qismining faoliyati bilan bog`langan, eshitish analizatorining ishi esa chakka bo`lak-larining ishi bilan, teri-tuyush hamda harakat analizatorlari bo`lsa, tepa va ensa bo`laklarining ishi bilan bog`langandir.
Insonni qurshab turgan atrof-muhitning holati to`g`risida axborot beruvchi turli ko`rinishdagi sezgi a`zolari o`zlari aks ettirmoqchi bo`lgan hodisalarga muayyan darajada sezgir bo`lishlari lozim. Chunki sezgi mazkur hodisalarni ozmi-ko`pmi aniq, ravshan aks ettirishi lozim. Binobarin, sezgi a`zolarining sezgirligi favquloddagi sharoitda ta`sir, qilib, sezgi jarayoni hosil qilish imkoniyatiga ega bo`lgan minimal darajadagi qo`zg`atuvchi bilan belgilanadi. Shu bois sezilarli yoki sezilmas darajada sezgi hosil qiluvchi qo`zg`atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi rnutlaq chegarasi deyiladi.
Kuchli mutlaq chegaradan zaifroq yoki kuchsizroq qo`zg`atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki ularning ta`sir kuchi to`g`risidagi signallar bosh miya po`stlog`iga borib yetmaydi. Bosh miya po`stlog`i har bir ayrim olingan ,,p" miqdordagi impulslardan hayotiy zaruriysini tanlab, so`ng qabul qilib oladi. Shuning bilan birga, miya po`stlog`i o`z qo`zg`atuvchanlik chegarasini oshirish yo`li bilan hosil qilingan barcha qo`zg`atuvchilarni, jumladan, ichki a`zolardan keladigan impulslarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Chunki, bosh miya katta yarimsharlari po`stlog`i barcha kelayotgan impulslarni qabul qilib oladigan va ularning hammasiga javob reaksiyasini bildira oladigan organizmni tasawur qilishimiz mumkin emas. Ma`Iumki, bosh miya katta yarimsharlarining po`stlog`i organizmning hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o`z qo`zg`alish chegarasini oshirish bilan faollashmagan impulslarni po`stloq ostiga, ya`ni quyi markazlarga uzatadi, natijada organizm ortiqcha reaksiyalardan xalos bo`ladi.
Tekshirishlarning ko`rsatishicha, po`stloqosti impulslari organizm uchun befarq emas. Masalan, tashqaridan ta`sir qilayotgan xuddi ana shu kuchsiz po`stloqosti qo`zg`atuvchilar bosh miya katta yarimsharlari po`stlog`ida dominant o`chog`iniyuzagakeltiradi va gallutsinatsiya hamda ,,sezgilarning aldanishiga" sabab bo`ladi. Kasallangan odamlar quyi chegaradagi tovushlarni miyaga o`rnashib qolgan tovushlar to`plami sifatida qabul qilishlari mumkin; kuchsiz yorug`lik nuri har xil gallutsinatsiya ko`rish sezgi-lari hosil qilishi mumkin; terining kiyirnga tegishidan vujudga kelgan taktil sezgilar noto`g`ri o`tkir teri sezgilarini yuzaga keltiradi.





    1. Yüklə 106,97 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin