Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


chuqur tushunsang, shuncha  ulugʻ



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

chuqur
tushunsang, shuncha 
ulugʻ
odam 
boʻlasan. Vatanni 
nechogʻliq
sevsang,
oʻshancha 
qudratli 
va 
yengilmas boʻlasan. Atrofingni oʻrab turgan daraxtlar, 
goʻzal
gullar, 
erka qushlar, 
zilol
suvlar 
Vatan
ning bir qismidir. Yurtingning 
bepoyon
bugʻdoyzorlari, osmonlarga borib tutashguvchi qir-adirlari bor. 
Sen shu Vatanning egasisan. Aql-u idroking bilan uni shon-
shuhratga toʻldirasan. Bu yoʻlda seni ulugʻ ajdodlaring ruhi qoʻllasin. 
(Zulfiya Moʻminova) 


43 
Matndan foydalanib, “Mening buyuk Vatanim” mavzusida 
kichik hikoya yozing. Hikoyangizda ma’nodosh soʻzlardan 
foydalaning. 
59-mashq.
Oʻqing. Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning ma’nosini 
tushuntiring. 
1. Bogʻimizga 
olma
koʻchatini ekdik. 2. Birovning narsasini 
soʻramasdan 
olma.
3. Bir yil 
tut
ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. 
(Maqol) 4. Ukangni qoʻlidan 
tut.
Ajratilgan soʻzlar nimasi bilan oʻxshash? 
60-mashq.
Yaxshi, yomon, katta, kichik, ilmli, ilmsiz
soʻzlari 
ishtirok etgan maqollar topib yozing. 
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi 
bilimlarini tartibga soladi va ularga toʻgʻri fikrlash usullarini oʻrgatadi. 
Oʻquvchi maktabga kelganda, keng lugʻat boyligiga ega boʻlsa ham, 
odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qoʻyish, umumlashtirish, 
guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish 
faoliyatining obyekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi soʻzlar 
boʻlsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar 
bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, 
umumiysini ajratishga, soʻz bilan aniq ifodalashga oʻrgatish, bolalarga 
mantiqiy usullar tizimini oʻrgatish bilan bilimini material tomondan 
boyitish va uni aqliy tomondan oʻstirish hisoblanadi. 
Mantiqiy mashqlar bolalarning soʻz boyligi va tilining umumiy 
oʻsishida katta ahamiyatga ega boʻlib, lugʻat ishi va tilga oid boshqa 
ishlar bilan bogʻlab olib boriladi. Mantiqiy mashqlar juda xilma-xil: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin