Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Xalqaro kapital harakatini boshqarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

9.3. Xalqaro kapital harakatini boshqarish 
TTXIni xalqaro darajada tartibga solishning asosiy shakli xalqaro 
investision 
shartnomalar 
hisoblanadi. 
Xalqaro 
investisiya 
shartnomalarining mohiyati shundaki, ular ikki va ko'p tomonlama 
milliy davlatlarning investisiya siyosatlarini muvofiqlashtirish va 
xalqaro investisiyalar sohasida tartibga solishning umumiy qoidalarini 
ishlab chiqishdan iborat. 
Xalqaro investisiya shartnomalari qatnashchilari tarkibiga ko'ra 
ikki tomonlama, mintaqaviy va ko'p tomonlama bo'lishi mumkin. 
Ikki tomonlama investisiya shartnomasi ikki mamlakat 
hukumatlari o'rtasida investisiyalarni amalga oshirish maqsadida 
tuziladigan maxsus shartnomadir. 
Mintaqaviy investisiya shartnomasi – bir mintaqaviy guruhga 
kiruvchi mamlakatlar hukumatlari o'rtasida investisiyalarni amalga oshi 
rish xususida imzolanadigan maxsus shartnoma. Mintaqaviy shartno - 
malarning predmeti bo'lib investisiya rejimini o'rnatish, investorlarga 
kafolatlar berish, investisiya nizolarni tartibga solish, mintaqa ichida 
kapital, texnologiya, malakali ishchi kuchining harakati uchun qulay 
erkinlikni ta'minlash hisoblanadi. 
1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: o'quv qoilanma. / A.V. Vaxabov, 
Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. - Т.: «Voris-nashriyot», 2014. – b.135.


91 
Ko'p 
tomonlama 
investisiya 
shartnomalari 
manfaatdor 
mamlakatlarning investision hamkorlikda qatnashishi va a'zolarni keng 
miqyosda qamrab olishni ko'zda tutadi. 
Xalqaro investisiya shartnomalari qatnashchilari sifatida milliy 
hukumatlar va Jahon savdo tashkiloti (JST), Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabi 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qatnashishi mumkin. 
Xalqaro investisiya shartnomalarining amal qilishida ikki 
tomonlama investisiya shartnomalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Investision hamkorlik doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni 
davlatlar ikki tomonlama va mintaqaviy kelishuvlar asosida 
mustahkamlaydilar. Xorijiy investisiyalarni himoyalashda ko'proq ikki 
tomonlama investisiya kelishuvlari (Bilateral investment treaties yoki 
BITs) amaliy ahamiyatga ega. Birinchi BITs 1950-yillarda qabul 
qilingan bo'lib, umuman olganda ularning mohiyati hozirgi kunda 
uncha o'zgarmagan. Ular ikki tomonlama investision hamkorlik 
me'yorlari, andozalari va asosiy tamoyillarini belgilaydi va investisiya 
kiritishning 
barqaror 
rejimi 
mavjudligidan 
darak 
beradi. 
Investisiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risidagi ikki 
tomonlama investisiya kelishuvlarini tuzish qulay investisiya iqlimi 
yaratish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etib, xorijiy 
investisiyalarni tartibga solishning huquqiy-me'yoriy bazasi jiddiy 
kamchiliklarga ega bo'lgan vaziyatda, tog’ridan-to’gri xorijiy 
investisiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning istiqbolli 
yo'nalishi bo'lib hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin