Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


-rasm. Xalqaro muhojirlarning yosh va jinsi bo’yicha tarkibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

11.1-rasm. Xalqaro muhojirlarning yosh va jinsi bo’yicha tarkibi 
Savdoning 
globallashuvi, 
transport 
va 
kommunikatsiya 
texnologiyalarining rivojlanishi va demografik dinamika kabi omillar 
aholining davlatlar o'rtasida ko'chish jarayonini soddalashtiradi va 
migratsiya jarayonlariga yordam berib migratsiya oqimlarini 
rag’batlantiradi.
 
Xalqaro ishchi kuchining migratsiyasi – bu mehnatga layoqatli 
aholining bir mamlakatdan boshqasiga ish, o'z qobiliyatlarini 
qo'llashning yangi sohalarini, yaxshi yashash sharoitlarini topish uchun 
ko’chishi.
 
 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish sohasining 
xalqaro amaliyotida (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1990 yil 18 
apreldagi 45/158-sonli rezolyutsiyada qabul qilingan "Barcha mehnat 
muhojirlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish 
to'g'risida" 
gi 
Konvensiya) 
«mehnat muhojiri" atamasidan 
foydalaniladi. Bu atama, fuqaroligi bo'lmagan davlatda haq 
to’lanadigan faoliyat bilan shug'ullanadigan, shug'ullanayotgan yoki 
shug'ullangan shaxsni anglatadi
1
.
1
Волох В.А. 
Трудовая миграция: Политико-правовые и социально-экономические 
аспекты привлечения и использования иностранной рабочей силы. М., 2010. С. 18.


108 
Turli soha olimlari mehnat migratsiyasi hodisasini tushuntirishga 
harakat qilmoqdalar, chunki bu jamiyat hayotining ko'p jihatlariga 
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, diniy va boshqalariga ta'sir qiluvchi 
murakkab va ko'p o'lchovli hodisadir. 
11.2- jadval 
Turli iqtisodiy maktablar olimlarining mehnat migratsiyasi 
haqidagi fikrlarning evolyutsiyasi
Ta’limot Namoyondal
ari 
Mehnat migratsiyasi haqidagi fikrlarning 
mohiyati 
Merkantiliz

T. Men, 
J.B. Kolber 
Aholining o’sishi - davlatning farovonlik 
manbai (oltindan tashqari), shuning uchun 
ishchi kuchini, ayniqsa hunarmandlarning 
mamlakatdan chiqishini taqiqlash. 
Mamlakat ichidagi ishchilar sonining 
ko'payishi ko'proq tovar olish va mehnat 
xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, 
bu esa foyda darajasini oshiradi 
Klassik 
siyosiy 
iqtisod 
A. Smit, D. 
Rikardo, D. 
Mil, D. 
Styuart va 
boshqalar 
Bozor kuchlari ta'siri ostida ishchi 
kuchining erkin xalqaro harakati (kapital 
va tovarlar bilan birga) sababli ular eng 
zarur bo'lgan sohalar va tarmoqlarga 
kiradi. Ishchilarning harakat yo'nalishlari 
mehnatga talab va taklifining ta'siri bilan 
belgilanadi va mehnatga haq to'lash 
darajasining farqlanishi bilan bog’liq. 
Keynschili

D.Keyns 
Bozor iqtisodiyoti davlat tomonidan 
tartibga solinishi kerak, shuning uchun 
xalqaro mehnat migratsiyasi natijasi 
bo’lgan jahon mehnat bozori ziddiyatli 
milliy manfaatlar to’qnashadigan 
maydondir. 


109 
Neoklasik 
maktab 
M. Fridman, 
P. Samuelson 
Xalqaro migratsiyaning harktlantiruvchi 
mexanizmi bo’lib turli mamlakatlardagi 
turli darajadagi ish haqi bilan 
tavsiflanadigan mehnat bozoridir. Yuqori 
ish haqi bo'lgan mamlakatlar muhojirlarni 
jalb qiladi. Ish haqidagi farqlarini bartaraf 
etish migratsiya oqimlarini to'xtatadi. 
Shunday qilib, mehnat bozoriga ta'sir qilish 
orqali migratsiya oqimlarini boshqarish 
imkoniyati mavjud 
Iqtisodiy 
tsikllarning 
teskari 
aloqa 
nazariyasi 
B.Tomas va 
b. 
Mamlakatdan mamlakatga mehnat 
migratsiyasi yo'nalishi iqtisodiy 
rivojlanishning davriy fazalarining teskari 
o'zgarishi bilan belgilanadi 
Segmentlas
htirilgan 
mehnat 
bozori 
nazariyasi 
yoki juft 
mehnat 
bozori 
nazariyasi 
M. Piore, A. 
Portes, D. 
Solou va b.
Xalqaro migratsiya iqtisodiyotning tarkibiy 
ehtiyojlari tufayli xorijiy ishchi kuchiga 
bo'lgan doimiy talabning natijasidir
Inson 
kapitali 
nazariyasi 
T. Schultz va 
G. Becker 
Migratsiya — inson kapitaliga 
investitsiyadir, bu qayta tiklanadigan 
resursdir va yig’ilish xususiyatiga ega. 
Migratsiya to'g'risida qaror qabul qilishga 
quyidagilarga ta'sir qiladi: o'z mamlakatida 
va boriladigan potentsial mamlakatda ish 
bilan ta'minlash shartlari, yoshi va ko’chish 
xarajatlari 
Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar 
nazariyalari 
doirasida 
olimlarning 
migratsiya 
jarayonlariga, ularning sabablari, jahon migratsion jarayonlarga ta'sir 


110 
qilish usullari va ularning oqibatlariga bo'lgan qarashlari evolyutsiyasi 
kuzatilmoqda.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining besh yo’nalishini ajratib 
ko’rsatish mumkin:
1)
Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga 
migratsiya; 
2)
Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya;
3)
Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya;
4)
Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga mi
gratsiya;
5)
Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan 
davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
Mamlakatlar o'rtasidagi aholi migratsiyasi "tashqi" deb ataladi va 
u muayyan mamlakat aholisiga ta'sir qiladi. "Ichki" migratsiya milliy 
chegaralar doirasida amalga oshiriladi (aholi mamlakat hududlari, 
qishloqdan shaharga, shaharlar va boshqalar orasida harakat qilganda), 
ammo bu mamlakatning umumiy aholi soniga ta'sir qilmaydi. Mehnat 
resurslarini qayta taqsimlashning bunday shakli muhim iqtisodiy 
ahamiyatga ega, chunki u aholining tarkibi va joylashuvini 
o'zgartirishda muhim omil hisoblanadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasining ikki turi mavjud: birinchisi – "kam 
malakali 
kadrlar 
migratsiyasi» 
(odatda, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlardan sanoatlashgan mamlakatlarga ko'chish) va "yuqori 
malakali kadrlar migratsiyasi» – bu «aqlning oqib ketishi».
«Aqlning oqib ketishi» – bu jahon iqtisodiyoti doirasida, asosan, 
sanoati rivojlangan mamlakatlarga ilmiy-texnik kadrlarning bir 
tomonlama ko'chishi, bu «donor»-mamlakatlarning malakali 
mutaxassislarini yo'qotishiga olib keladi. Bunday migratsiya quyidagi 
asosiy kanallar orqali amalga oshiriladi: 
a)
sanoat rivojlangan mamlakatlarga mutaxassislarni ketib qolishi; 
b)
xorijiy mutaxassislarni sanoati rivojlangan mamlakatlarning 
firmalari, ilmiy markazlari, tadqiqot laboratoriyalariga (ushbu 
mamlakatlarning o'quv yurtlarida oliy ta'lim olganidan so'ng) ishga 
jalb qilish; 
c)
transmilliy kompaniyalar filiallarida ishlash uchun mahalliy 
malakali kadrlarni jalb qilish (bunday migratsiya "bilvosita" 
migratsiya deb ataladi). 


111 
BMT metodologiyasiga ko'ra, yuqori malakali migrantlar 
toifasiga ilmiy xodimlar, muhandislar, shifokorlar va boshqalar kiradi. 
AQShda 80 yillarda chet elliklarning ulushi muhandislar orasida 
10%, shifokorlar orasida 24% ni tashkil etgan; AQSh milliy fanlar 
akademiyasi a'zolarining 23% va Nobel mukofoti sovrindorlarining 
33% i AQSh immigrantlaridir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin