10.3. Xorijiy investisiyalarni jalb qilish va foydapanishning
qonunchilik va me'yoriy - huquqiy bazasi
Mamlakatimiz innovasion-texnologik rivojlanishini, ishlab
chiqarish salohiyatini oshirish va buning asosida milliy ishlab
chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligini, mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biri bo'lib,
investisiya faoliyatini faollashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga
kiritiladigan ham ichki, ham xorijiy investisiya resurslaridan
foydalangan holda sarmoya qo'yilmalari ko'lamlarini salmoqli darajada
kengaytirish hisoblanadi.
Umumiy investisiya jarayonining muhim unsurlaridan biri –
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar (TTXI) bo'lib, ular har qanday
milliy iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi uchun zarur bo'lgan
moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining, ilg'or texnologiyalar va
boshqaruv zamonaviy uslublarining istiqbolli manbalaridan birini
ifodalaydi.
Mamlakatda
shakllangan
investisiya
iqlimining
holatini
belgilovchi muhim omillardan biri makroiqtisodiy barqarorlikdir.
Makroiqtisodiy
barqarorlik
iqtisodiyot
rivojlanishidagi
asosiy
tendentsiyalar va ko'rsatkichlar bo'yicha, ya'ni YAIM dinamikasi,
inflyasiya, olib borilayotgan moliya va byudjet siyosatining natijalariga
ko'ra
baholanadi.
Asosiy
e'tibor
shunchaki
makroiqtisodiy
jarayonlarning rivojlanishiga emas, balki hukumatning makroiqtisodiy
barqarorlikka yuzaga keladigan tahdidlarni prognozlashtirib, ularning
oldini olgan holda bu makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini
nazorat eta olishining haqiqiy imkoniyatlariga beriladi.
Bozor iqtisodiyotiga tadrijiy bosqichma-bosqich o'tish siyosatini
amalga oshirish jarayonida O'zbekistonda iqtisodiyot pasayishining
oldi olindi va iqtisodiy barqarorlikka erishildi, iqtisodiyot o'sishining
mustahkam sur'atlari ta'minlandi, davlat byudjetining taqchilligi ancha
kamaytirildi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rekonstruktsiyalash va
rivojlantirishga qaratilgan tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan
birga xorijiy investisiyalarning iqtisodiyotimizga kirib kelishi uchun
qulay shart-sharoitlar yaratildi va bu muhitni yaxshilash bo'yicha
muntazam ish olib borilmoqda. Davlat tassarufidan chiqarish,
xususiylashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va investisiyalarni
99
jalb qilish jarayonlarini tartibga soluvchi bir qator qonunlar qabul
qilindi.
Ma'lumki, qulay huquqiy shart-sharoitlarni yaratmasdan, jahon
iqtisodiyotiga integrasiyalashuv va xorijiy investorlarning ishonchini
qozonish mumkin emas. Iqtisodiyot rivojlanishining mazkur
bosqichida sarmoya oqimini davlatlararo va xalqaro kelishuvlar
ko'rinishidagi davlat kafolatlari bilan ta'minlash mumkin, ammo
investorlar uchun iqtisodiy islohotlar borishining kafolatlari ham
muhimdir. O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar allaqachon
tadrijiylik va barqarorlik xarakteriga ega bo'ldi.
O'zbekiston
Respublikasining
investisiyalar
to'g'risidagi
qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimidagi eng ilg'or
tizimlardan biri bo'lib, xalqaro investisiya huquqining asosiy
qoidalarini, xususan, xorijiy investor huquqlarining kafolatlari
to'g'risidagi, investorlar uchun ma'lum preferentsiyalarni berish
to'g'risidagi qoidalarni va boshqalarni o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasida xorijiy investisiyalarni huquqiy
tartibga solishning asosi bo'lib quyidagi qonunlar hisoblanadi:
-
O'zbekiston Respublikasining "Xorijdan mablag’ jalb qilish
to'g'risida" 263-1-son Qonuni, 29.08.1996 y.;
-
O'zbekiston Respublikasining"Chet el investisiyalari to'g'risida" 609-
1-son Qonuni, 30.04.98 y.;
-
O'zbekiston Respublikasining "Chet ellik investorlar huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g'risida" 611-1-son
Qonuni, 30.04.98 y.;
-
O'zbekiston Respublikasining "Investisiya faoliyati to’g'risida" 719-
1-son Qonuni, 24.12.98 y;
-
O'zbekiston Respublikasining «Investisiya va pay fondlari
to’g’risida» O’RQ-392 son Qonuni, 25.08.2015 y.
-
O'zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»
220-I son Qonuni, 25.04.1996 y.
-
O'zbekiston Respublikasining «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar
to’g’risida» 312-II son Qonuni, 07.12.2001 y.
-
"To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni
rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 y. PF-3594-son
Farmoni;
100
-
"Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan
imtiyozlarning rag'batlantiruvchi rolini oshirishga doir qo'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 01.05.2006 y. 74-son qarori va b.
O'zbekiston Respublikasining "Investisiya faoliyati to'g'risida"gi
Qonuni investisiya faoliyatining qonuniy asosini qurib, boshqa
qonunlar bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi hududidagi
investisiya faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-
sharoitlarini belgilashga xizmat qildi.
O'zbekiston
Respublikasining
"Chet
el
investisiyalari
to'g'risida"gi Qonuni xorijiy investisiyalarni jalb qilish sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning bosh qonunchilik hujjati
bo'lib, respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishida xorijiy sarmoya
bilan hamkorlik qilish doirasidagi ilg'or fikrlarni o'zida jamlagan.
Huquqiy hujjat sifatida qonun o'zining asosiy nizomlarida xalqaro
investisiya qonunchiligining xalqaro andozalariga javob beradi. Unda
O'zbekiston Respublikasidagi xorijiy investisiya faoliyatini tartibga
solish sohasidagi asosiy tushunchalar va asosiy tamoyillar o'z aksini
topgan.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni
keng jalb etish bo'yicha Qonunchilik aktlarining qabul qilinishi huquqiy
baza sohasidagi islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Potentsial investorlar mamlakatdagi investisiya muhitining
qulayligini investisiya tavakkalchiligining yo'qligi bilan bog'laydilar.
Investor uchun investisiya tavakkalchiligining darajasi me'yoriy hujjat
qabul qilinganda emas, balki vaqt o'tishi bilan, mazkur hujjat barqaror
va ishonchli normaga aylanganiga ishonch hosil qilganidan so'ng
pasayadi.
Qulay investisiya muhitini shakllantirish qonunchilik bazasini
takomillashtirish va qonunchilikka rioya etish bilan chambarchas
bog'liq. Qonunchilikni takomillashtirishning asosiy masalalaridan biri
– investorlar uchun huquqiy muhit barqarorligining kafolati.
Investisiya jozibadorligining omillari orasida huquqiy barqarorlik
o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, aksariyat mamlakatlarning qonunchiligida
barqarorlashtirish sharhi sifatida mustahkamlanadi. Bu qoida xorijiy
investor uchun sarmoya qo'yilmalarining qoplanish muddatiga yoki
boshqa muddatga investisiya kiritilayotgan paytda mavjud bo'lgan
xo'jalik faoliyati shartlarining (jumladan, soliq stavkalari va boshqa
101
to'lov stavkalarining) o'zgarmay saqlanishini nazarda tutadi. Ya'ni,
investorlarning faoliyatini yomonlashtiruvchi Qonunchilik o'zgarishlari
investorlar uchun kompensasiyalanadi. Xorijiy investisiyalarning
dastlab kelishilgan shartlarini yomonlashtiruvchi o'zgarishlarni tadbiq
etishni taqiqlash odatda 3 yildan 5 yilgacha, kamdan-kam 7-10 yilga
belgilanadi.
Umuman, xorijiy investisiya faoliyatini amalga oshirishning
barqaror shartlarini yaratish jahon tajribasi shundan dalolat beradiki,
bunday bitimlarning shartlari o'z kuchini uning amal qilish muddati
davomida saqlaydi. Xorijiy investisiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar
qonunchiligida barqarorlashtirish sharhining majudligi xorijiy
investisiyalarni huquqiy tartibga solish sohasidagi xalqaro standart
hisoblanib, uning uzoq vaqt davomida qo'llanilishi xorijiy
investisiyalarni jalb qilishning samarali vositasiga aylanishi mumkin.
Investisiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga
qaratilgan, investisiya faoliyati sohasidagi unifikasiya qilingan qonun
hujjati bu O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabr qabul
qilingan"Investisiyalar va investisiya faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-598-
son Qonuni.
Tuzilishiga ko'ra 12 bob, 69 moddadan iborat bo'lgan ushbu
qonun ilgari investisiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo'lmagan
yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan:
-
Investisiyalar va investisiya faoliyatining asosiy tamoyillari
belgilandi.
-
Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o'zgarishlariga qarshi
kafolatlari yanada mustahkamlandi.
-
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investisiyalarni va
investisiya faoliyatini tartibga solish bo'yicha vakolatlari
kengaytirildi.
-
"Investisiya vizasi" va uni rasmiylashtirish tartibi bo'yicha norma
kiritildi.
-
O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan investisiya shartnomasi
tuzish tartibi belgilandi.
Qonunda ilk bor investisiyalar va investisiya faoliyatining asosiy
tamoyillari mustahkamlab qo'yildi. Bu esa investisiya sohasida huquqiy
tartibga solishning mazmuni va yo'nalishlarini belgilab berdi. Mazkur
printsiplar investisiya qilish va investisiya faoliyatini amalga oshirish
jarayonining barcha bosqichlarida qo'llaniladi.
102
Ushbu
tamoyillar
qatorida
investorlarning
vijdonliligi
prezumpsiyasi, ularga nisbatan kamsitishga yo'l qo'ymaslik kabilarni
alohida ta'kidlash joiz. Bu kabi tamoyillarning qonun darajasida
belgilanishi
investisiya
faoliyati
sub'ektlarining
huquq
va
majburiyatlariga rioya etilishida muvozanatni ta'minlashga xizmat
qiladi.
Shu maqsadda, "Investisiyalar va investisiya faoliyati to'g'risida"gi
qonunda O'zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari
investisiyalash shartlarini yomonlashtirsa, investisiya kiritgan sanada
amalda bo'lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan o'sha sanadan
boshlab o'n yil mobaynida qo'llanilishi, shuningdek, ushbu
kafolatlarning aynan qaysi holatlarda amal qilishi aniq belgilab qo'yildi.
Investorlar huquqlarining davlat tomonidan kafolatlashning
bunday turi chet el sarmoyadorlari uchun qulay investisiya muhitini
yaratishda muhim rol o'ynaydi.
Bugungi kunda davlatning jamiyat hayotida tutgan o'rni borasida
turli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat boshqaruvini
bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish ko'zda tutilgan. "Ma'muriy
islohotlar kontsepsiyasi"da qayd etilganidek, davlat funktsiyalari va
vakolatlarining haddan tashqari markazlashganligi hududlarni
rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim
muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
rolining pasayishiga olib kelmoqda.
Shu boisdan, ushbu qonunda ham mahalliy davlat hokimiyati
organlariga o'z vakolatlari doirasida hududdagi investisiya muhitini
yanada takomillashtirish maqsadida istiqbolli investisiya loyihalarini
ro'yobga chiqarish borasida tegishli takliflarni ko'rib chiqish va chet el
investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo'llab-
quvvatlash kabi muhim vakolatlar berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga 10 mln. AQSh
dollaridan kam bo'lmagan ekvivalentda chet el investorlari bilan
investisiya shartnomalarini mustaqil tuzish huquqi berildi. Ilgari esa
investision shartnomalar faqat hukumat darajasida tasdiqlanar edi.
Mazkur yangi tartibdan hududlardagi rahbarlar samarali
foydalanib, chet ellik investorlar bilan turli sohalarda hamkorlikni
yo'lga qo'yib, qator korxonalar faoliyatini yo'lga qo'ydilar.
103
Qayd etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Faol
investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid
Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmonida xorijiy investisiyalar
ishtirokidagi korxonalarning ta'sischilari (ishtirokchilari) va ularning
oila a'zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish
imkoni bo'lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil etuvchi
"investisiya vizasi" joriy etilishi belgilangan edi.
Farmonda belgilangan ushbu vazifa "investisiyalar va investisiya
faoliyati to'g'risida"gi qonunda bevosita o'z ifodasini topdi. Xususan,
investisiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida investorlar va chet el
investorlari ishtirokidagi korxonalarga chet el fuqarolari va O'zbekiston
Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan
shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqi qonun
darajasida
mustahkamlanib,
bunday
shaxslarga
mehnat
shartnomasining butun amal qilish davrida ko'p martalik vizalarni olgan
holda O'zbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida
bo'lish huquqi kafolatlandi.
Aytish lozimki, bu turdagi viza asosan mamlakatimiz hududida
tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha korxonalar
tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda
investisiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga beriladi. Shu
jumladan, O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil
muddatga soddalashtirilgan tartibda xorijiy investisiyalar ishtirokidagi
korxonalarning ta'sischilariga ham taqdim etiladi.
Ushbu qoidalar investorlarga malakali chet el mutaxassislarining
ko'nikmalaridan erkin foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Davlat va chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar
o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlashning yana bir samarali usuli bu
hukumat darajasidagi investisiya shartnomalaridir. Darhaqiqat,
hukumat
tomonidan
amalga
oshirilayotgan
chora-tadbirlar,
avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizasiya qilish, sanoat
ishlab chiqarishni kompleks diversifikasiya qilish va uning
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tuziladigan investisiya
shartnomalari hayotga izchil tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega.
104
Ayni shu maqsadda, qonunda O'zbekiston Respublikasi hukumati
bilan tuziladigan investisiya shartnomasining o'ziga xos xususiyatlari,
xususan uning tuzish tartibi, taraflari, shartlari va davlatning
majburiyatlari aniq belgilab qo'yildi.
Chet el investorlariga O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan
shartnoma tuzilganda qo'shimcha kafolatlar va qo'llab-quvvatlash
choralari taqdim etilishi mustahkamlandi.
Shuningdek, chet ellik investorlarga O'zbekiston Respublikasi
hukumati bilan investisiya shartnomasi tuzish bo'yicha mustaqil
ravishda taklif kiritish tashabbusi taqdim etildi.
Xulosa o'rnida aytganda, "Investisiyalar va investisiya faoliyati
to'g'risida"gi qonun chet el investorlari hamda mahalliy investorlar
tomonidan amalga oshiriladigan investisiyalar va investisiya faoliyati
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, to'g'ridan to'g'ri
amal qiluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat bo'lib xizmat qilishi
barobarida, investisiya qonunchiligidagi ziddiyatlarni bartaraf etish,
xorijiy sarmoyadorlar bilan investisiya loyihalarini amalga oshirishda
"davlat-xususiy sektor" sherikligini rivojlantirish, sarmoyadorlar
kiritgan mablag'lar xavfsizligini kafolatlash, iqtisodiy barqarorlik va
moliya bozorining mustahkamlanishiga hissa qo'shadi.
Dostları ilə paylaş: |