Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

 
 
Migratsiya
(lot."ko'chib o'taman") – bu insonlarning, odatda, 
yashash joyini o'zgartirish bilan bog'liq harakatlardir, ya’ni 
insonlarning ma’lum hududlar chegaralaridan doimiy yashash joyini a
lmashtirish yoki unga qaytish bilan ko’chib o’tishi tushuniladi.
Emigratsiya 
(lotin tilidan. "men ko’chib ketaman") – 
fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sabablarga ko'ra o'z 
mamlakatidan doimiy yashash uchun boshqa mamlakatga ketishi. 
Immigratsiya
(lotin. "men ko'chib o'taman") – bu bir davlatning 
hududiga boshqa davlat fuqarolarining doimiy (yoki uzoq vaqt) yashab 
turish uchun joylashib olish jarayoni. 
Mehnat migratsiyasi ishchi kuchining yoki «insonning ishlash 
qobiliyati» ning eksport va importining shaklidir.


106 
Umuman olganda, so'nggi besh o’n yillik ichida xalqaro 
muhojirlar soni ko’payganligini ko’rish mumkin. Tug'ilgan 
mamlakatida yashamay boshqa mamlakatda yashayotganlar soni 2019 
yilda 272 mln kishini tashkil etdi, bu esa 1970 yilga nisbatan (84 mln) 
uch barobar ko'p demak. (11.1- jadval). Ushbu ko'rsatkich dunyo 
aholisining 3,5% ini tashkil etadi. Dunyo bo'ylab xalqaro 
muhojirlarning ulushi shu davrda ko'paygan bo'lsa-da, ko'pchilik 
odamlar tug'ilgan mamlakatlarda yashashni davom ettirishmoqda.
11.1- jadval 
Migratsiyaning global oqimi, 1970-2019 yy
1

Yillar
Migrantlar soni
Dunyo aholisiga nisbatan 
% da
1970 
84 460 125 
2,3 % 
1975 
90 368 010 
2,2 % 
1980 
101 983 149 
2,3 % 
1985 
113 206 691 
2,3 % 
1990 
153 011 473 
2,9 % 
1995 
161 316 895 
2,8 % 
2000 
173 588 441 
2,8 % 
2005 
191 615 574 
2,9 % 
2010 
220 781 909 
3,2 % 
2015 
248 861 296 
3,4 % 
2019 
271 642 105 
3,5 % 
 
Xalqaro muhojirlarning 52 % ni erkaklar, 48 % ni ayollar, 74 % 
ni mehat yoshidagi (20-64 yosh) kishilar tashkil etadi
2
. (11.1-rasm) 
1
WORLD MIGRATION REPORT 2020.- P.21. 
2
WORLD MIGRATION REPORT 2020.- P.10. 


107 
Mehnat resurslarining uzluksiz harakatlanishi jarayonida jahon 
mehnat bozori shakllandi, va to'rtta asosiy markazni ajratib ko’rsatish 
mumkin: AQSh, G'arbiy Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin