Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Xalqaro 
ishchi 
kuchi 
migratsiyasining 
rivojlanish 
tendentsiyalari: 

mehnat migratsiya jarayonlarining dunyoning deyarli barcha 
mamlakatlariga tarqalishi; 

mehnat migratsiyasining asosiy yo'nalishi: rivojlanayotgan 
mamlakatlar va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlaridan eng 
rivojlangan mamlakatlarga; 

bir 
rivojlangan 
mamlakatdan 
boshqasiga 
migratsiya 
jarayonlarini faollashtirish; 

rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
doirasida 
davlatlararo 
ko’chishlarning kuchayishi; 

o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari o'rtasida mayatnikli 
migratsiyasini tiklash; 

mehnat migratsiyasining yangi shakli – ilmiy-texnik kadrlar 
migratsiyasining paydo bo’lishi; 

yaqin Sharqda (Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt, Isroil), 
Lotin Amerikasida (Argentina, Braziliya, Venesuela), Janubi-
Sharqiy Osiyoda (Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Singapur) yangi 
jozibador migratsiya markazlarining shakllanishi; 

"yosh migratsiya" ulushining oshishi; 

xorijiy mehnat oqimini cheklashga intilayotgan AQSh va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining qattiq migratsiya siyosati 
tufayli noqonuniy migratsiya hajmini kengayishi. 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining noiqtisodiy sabablari 
orasida siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, diniy va boshqalarni ajratib 
ko’rsatish mumkin.
Xususan, xalqaro mehnat migratsiyasining boshqa sabablariga 
V.I. Deren quyidagilarni kiritadi:
-
mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy resurslarning notekis taqsimlanishi 
(oriqcha kapital va ortiqcha mehnatga ega davlatlar ushbu 
sharoitlarda mehnat resurslari migratsiyasi bilan bir-birini 
to'ldiradi); 


112 
-
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlarining o'sishi, 
shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda IFT ta’siri ostida yuqori 
malakali kadrlarga talabning o'sishi. Yangi ishchilarni maxsus 
tayyorlashdan ko’ra, muhojirlar orasidan yuqori malakali kadrlarni 
talab qiluvchi ish o'rinlarini to'ldirish oson va arzon bo’ladi; 
-
malakasiz mehnatga bo'lgan jahon talabning pasayishi va uning 
taklifining o’sishi, ayniqsa kambag’al mamlakatda, bu esa 
kambag'al mamlakatlar aholisining bir qismini ish izlab ko'chib 
o'tishga majbur qiladi; 
-
turli mamlakatlardagi mehnat, turmush sharoiti, aholi daromadlari 
darajasidagi farqlar. Shuning uchun aholi migratsiyasining asosiy 
oqimlari kambag’al mamlakatlardan boy mamlakatlarga 
yo’nalgan; 
-
Buyuk geografik kashfiyotlar, urushlar, yangi hududlarni egallash, 
inqirozlar, falokatlar, aholi migratsiyasini rag’batlantiradi. 
-
xalqaro 
tashkilotlar, 
xalqaro 
korporatsiyalar, 
davlatlarning 
demografik va migratsiya siyosati, mehnat migratsiyasini jilovlab 
turuvchi yoki rag’batlantiruvchi ularning tashqi iqtisodiy siyosati
1
.
Ushbu sanab o’tilgan sabablar mehnatga layoqatli yoshdagi 
kishilarni o'z mamlakatini tark etishga va boshqa davlatlarga ko'chishga 
undaydigan sabablardir. Shu bilan birga, ishchi kuchini qabul qiluvchi 
mamlakatlardagi tadbirkorlarni xorijiy ishchi kuchidan foydalanishga 
undaydigan bir qator sabablar ham mavjud. Masalan: chet elliklarni 
ishga olish xarajatlarining pastligi va o'qitish xarajatlarida tejash. 
Shunday qilib, ishchi kuchi migratsiyasining qabul qiluvchi 
mamlakatlar va donor mamlakatlarga ta'siri haqida gapirish mumkin. 
(11.1-jadval ) 
Emigratsiya kelib chiqadigan mamlakatlar ishchi kuchini export 
qiluvchi mamlakatlar – "donorlar" deb ataladi. Odatda, emigratsiya 
mamlakat ichki mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilaydi, birinchidan, 
qisman ishsizlik kamayadi, ikkinchidan, xorijda ishlashdan so'ng 
malakali ishchilar qaytib keladi. Bundan tashqari, emigratsiya 
mamlakatlari 
chet 
elda 
ishlaydigan 
fuqarolaridan 
valyuta 
o'tkazmalarini olish imkoniyatiga ega. Kamchiliklari mehnat 
resurslarining bir qismi va eng mehnatga layoqatli yoshdagi oqimlardan 
iborat. «Donor»-mamlakatlar, emigrantlarga aylangan shaxslarning 
1
Дерен В.И. 
Мировая экономика. Смоленск, 2016. С. 215.


113 
umumiy ta'lim va kasbiy tayyorgarligi uchun sarflangan xarajatlarning 
bir qismini yo’qotadi. 
Immigratsiya mamlakatlari «qabul qiluvchi» mamlakatlar deb 
ataladi. Ushbu mamlakatlar uchun "afzalliklar" quyidagilar:
birinchidan, muhojirlarni o'qitish uchun muayyan tejamkorlik, 
ikkinchidan, ish haqi tejalishi, chunki xorijiy ishchilarning ish 
haqi darajasi milliy xodimlarning ish haqi darajasidan pastroqdir. Shu 
nuqtai nazardan, mehnat bozorining ikki turi ham mavjud: "xorijiy" va 
"milliy" mehnat bozori,
uchinchidan, muhojirlar hisobiga ichki iste'mol tovarlari 
bozorining hajmi kengaymoqda,
to'rtinchidan, bank hisoblarida saqlanadigan muhojirlarning 
vaqtincha bo'sh mablag'lari iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun 
ishlatilishi mumkin. 
to'rtinchidan, muhojirlarning vaqtincha bo'sh pul mablag’lari, 
bank hisob raqamlarida saqlanadi va ulardan iqtisodiyotni 
moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin.
Nihoyat, muhojirlar mehnat resurslarining yosh tarkibini 
yoshartirish yo'nalishida o'zgartirishda muhim rol o’ynaydi. 
Immigratsiyaning «qabul qiluvchi» mamlakatlar uchun 
kamchiliklariga bir tomondan, xorijliklarga qarshi kamsitishning paydo 
bo’lishi, boshqa tomondan mahalliy aholining noroziligi oshishini 
kiritish mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy va 
mafkuraviy muammolar mavjud. Shuning uchun migratsiya 
jarayonlarini milliy va millatlararo tartibga solish zarur. 
11.3-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin