117
va 2017 yilda 16,18 milliard AQSh dollari pul o’tkazmalari amalgam
oshirilgan.
11.2. Ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish
Jahon iqtisodiyotida mehnat migratsiyasi mehnat sharoitlarini, ish
bilan bandlikni, aholi daromadlarini tenglashtiradi, mamlakatlar orasida
va ularning ichida ziddiyatlarni kuchaytiradi. Shuning uchun milliy va
xalqaro miqyosda jahon mehnat bozorini tartibga solish zarurdir va buni
rivojlangan davlatlar faol amalga oshirmoqda.
Dunyoda migratsiya jarayonlari tezlashmoqda. Ixtiyoriy va
majburiy migratsiya ko'lami kengaymoqda va bu jarayonga ko'plab
mamlakatlar jalb etilmoqda, noqonuniy migratsiya oqimi ortib
bormoqda. Bu migratsiya siyosatini ishlab chiqish, ularni tartibga solish
vositalari rivojlantirish uchun bir ehtiyoj borligini anglatadi.
Jahon iqtisodiyoti va alohida
mamlakat iqtisodiyoti uchun
migratsiya jarayonlarining alohida ahamiyati tufayli mehnat
migratsiyasi barcha darajalarda qat'iy tartibga solinadi: xalqaro,
davlatlararo va davlat darajasida. Bunday tartibga solish vositalari
bo’lib qonun hujjatlari, shuningdek, iqtisodiy, siyosiy va ma'muriy ta'sir
usullari hisoblanadi.
Ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro hamjamiyat hayotida normativ
hodisa bo'lib, u milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlar asosida taraqqiy
etgan shakllarda amalga oshiriladi. Migratsiya masalalarini xalqaro
darajada tartibga soluvchi hujjatlar, migratsiya siyosatini amalga
oshirishning asosiy yo'nalishlari va yondashuvlari BMT va uning
bo'linmalari, Xalqaro migratsiya tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti
(XMT) tomonidan o'tkaziladigan yig'ilish va konferentsiyalarda qabul
qilinadi.
Jahon iqtisodiyotidagi aholi migratsiyasini tartibga soluvchi
huquqiy asos bo'lib BMT tomonidan 1948 yil 10
dekabrda qabul
qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (unga ko'ra, shaxs
o'zi uchun mamlakat, yashash joyi va ishini mustaqil ravishda
belgilashga haqli), 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to'g'risidagi xalqaro bitim, 1975 yil 1 avgustdagi Yevropada
xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha Kengashning yakuniy akti, 1986 yil
YXHTga a'zo davlatlar vakillarining Vena uchrashuvining yakuniy
hujjati, BMTning barcha mehnat muhojirlari va ularning oila a'zolari
118
huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiyasi, XMT hujjatlari va
boshqalar hisoblanadi.
Davlatlarning integratsion guruhlari ham mehnat migratsiyasini
tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilishadi. Jumladan, 1957dan beri
Yevropa Ittifoqida Rim shartnomasi mavjud bo'lib, 52 xatboshiga ko'ra,
Yevropa Ittifoqining har bir fuqarosi har qanday Yevropa Ittifoqi
mamlakatida ish topish huquqiga ega.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi
doirasida mehnat migratsiyasini rivojlantirishga Yevropa Ittifoqining
aksariyat davlatlari o'rtasida viza to'siqlarini bartaraf etgan Shengen
bitimining qabul qilinishi ham yordam berdi.
Davlat migratsiya jarayoniga juda faol ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat
muhojirlar soni balki professional, malaka, jinsiy va yosh tuzilishi va
mamlakatda qolish muddati ham tartibga solinadi.
Davlat darajasidagi migratsiya
siyosati davlat va uning
institutlarining
o'z
mamlakatlari
hududida
rezidentlar
va
norezidentlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish bo'yicha
chora-tadbirlar va harakatlar tizimini ishlab chiqish, aholining jahon
migratsiyasi va ishchi kuchining milliy
iqtisodiyot uchun salbiy
oqibatlarini oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan. Bu sohada
davlat an'anaviy ravishda protektsionizm afzalliklariga ega, chunki
ishsizlik va uning oqibatlari bilan kurashish muammosi uning elkasiga
tushadi. Migratsiya siyosati muhojirlar uchun muayyan qat'iy talablarni
ishlab chiqishda ifodalanadi. Shu bilan birga, migratsiya siyosati
doirasida davlat ko'pincha muhojirlarning muayyan guruhlarini (yuqori
malakali mutaxassislar, ishbilarmonlar va boshqalarni) jalb qilishdan
manfaatdor ekanligini hisobga oladi. Emigratsiya siyosati, odatda,
mamlakatda istiqbolli ishchilarni saqlashga qaratilgan.
Davlat darajasidagi migratsiya siyosati davlat va uning
institutlarining
o'z
mamlakatlari
hududida
rezidentlar
va
norezidentlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish, aholi va
ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining milliy iqtisodiyot uchun ijobiy
oqibatlarini rag’batlantirish va salbiy oqibatlarini oldini olish bo'yicha
chora-tadbirlar va harakatlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu
sohada davlat an'anaviy ravishda protektsionizmni afzal ko'radi, chunki
ishsizlik va uning oqibatlari bilan kurashish muammosi uning yelkasiga
tushadi. Migratsiya siyosati muhojirlarga nisbatan muayyan qat'iy
talablarni ishlab chiqishda ifodalanadi. Shu bilan birga, migratsiya
siyosati doirasida davlat ko'pincha muhojirlarning muayyan guruhlarini
119
(yuqori malakali mutaxassislar, ishbilarmonlar va boshqalarni) jalb
qilishdan manfaatdor ekanligini hisobga oladi. Emigratsiya siyosati,
odatda, mamlakatda istiqbolli ishchilarni saqlab qolishga qaratilgan.
Migratsiya siyosatini amalga oshirish vositalari bo’lib,
migratsiyani murakkablashtiruvchi yoki manfaatni pasaytiradigan
shart-sharoitlar
yaratishga
qaratilganiqtisodiy
va
inoqtisodiy
xarakterdagi turli tadbirlar
Ishchi kuchini import qiluvchi
mamlakatlarda migratsiyani
tartibga solishning davlat chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilgan. Bu
huquqiy, siyosiy va professional maqom to'g'risidagi qonunchilikni,
milliy immigratsiya xizmatlari, shuningdek, davlatlararo bitimlarni o'z
ichiga oladi.
Xalqaro darajada IHTT (OECD) ga a'zo davlatlar tomonidan
milliy immigratsiya boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
SOPEMI (migratsiyani doimiy kuzatish tizimi) xizmati tashkil etilgan.
Immigratsiya siyosati to'g'ridan-to'g'ri milliy immigratsiya
xizmatlari orqali amalga oshiriladi, ular odatda mehnat, Adliya yoki
ichki ishlar vazirliklarida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: