12.2. G’arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi. Yevropa ittifoqi.
Integrasiya G'arbiy Yevropa mamlakatlari istisodiyotida o'zining
eng to'liq rivojlanishiga erishdi. G'arbiy Yevropa integrasiyasi ob'ektiv
iqtisodiy jarayonlardan tashqari V. Gyugo, I. Kant kabi ko'plab
Yevropa siyosiy va jamoat arboblari, mutafakkirlari tomonidan ilgari
surilgan yagona Yevropa g'oyalari bilan sug'orilgan edi. Yevropa
Ittifoqining tashkil topishi va rivojlanishining zamonaviy tarixi 1951
yildan boshlanadi. Shu yil aprel oyida Yevropa ko'mir va po'lat
birlashmasi to'g'risidagi shartnoma imzolandi. Unga oltita mamlakat –
Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg kirdi. Bu
G'arbiy Yevropa integrasiyasining o'ziga xos ibtidosi edi. G'arbiy
Yevropa integrasiyasining real paydo bo'lishi va rivojlanishi 1957 yilga
to'g'ri keladi. Shu yili yuqorida sanab o'tilgan mamlakatlar Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati (YIH) va Yevropa atom energiyasi hamjamiyati
(Yevratom) tashkil etish to'g'risidagi shartnomalarni imzoladilar.
Hamjamiyatlar
tarkibiga
rivojlanish
darajasi
yuqori
bo'lgan
mamlakatlar kirdi, bu ularning keyingi 15 yil mobaynida iqtisodiy
o'sishining yuqori sur’atlarini belgilab berdi.
G'arbiy Yevropa integrasiyasining rivojlanishi 50-yillar oxiridan
boshlab hozirgi vaqtgacha notekis va nisbatan ziddiyatli kechdi. Shu
bilan birga Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tashkil etishda oldinga
qo’yilgan maqsad va vazifalar yetarlicha izchil va muvaffaqityali
amalga oshirildi.
G'arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi rivojlanishi jarayonini
shartli ravishda to'rtta bosqichga bo'lish mumkin.
Birinchi bosqich (50-yillar oxiri-70-yillar o'rtasi). Hamjamiyat
hayotidagi «oltin asr» hisoblanadi. Ushbu bosqich bojxona Ittifoqining
muddatidan oldin tashkil etilishi yagona agrar bozorning nisbatan
muvaffaqiyatli shakllantirilishi, Yevropa Ittifoqiga uchta yangi
123
mamlakat: Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiyaning kirishi bilan
xarakterlanadi.
Ko'pincha "umumiy bozor" deb yuritiladigan Yevropa iqtisodiy
hamjamiyatini tashkil etishning aniq maqsadlari quyidagilardan iborat
edi:
-
ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi savdoda barcha cheklovlarni asta-
sekin bartaraf etish;
-
uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy bojxona tarifini
belgilash;
-
"insonlar, kapital, xizmatlar" erkin harakat qilishi uchun cheklovlarni
tugatish;
-
transport va qishloq xo’jaligi sohasida umumiy siyosatni ishlab
chiqish va amalga oshirish;
-
valyuta ittifoqini tashkil etish;
-
soliq tizimini birxillashtirish;
-
qonunchilikni yaqinlashtirish;
-
kelishilgan iqtisodiy siyosat printsiplarini ishlab chiqish
1
.
Qatnashchi mamlakatlar tovarlari, kapitallari, xizmatlari va ishchi
kuchi umumiy bozori tashkil etilishi vazifasining hal etilishini YeIH
o'zining birinchi maqsadi qilib qo'ydi. Buning uchun bojxona Ittifoqi
tashkil etildi. YeIHga aynan bojxona Ittifoqi asos qilib olingan.
Bojxona Ittifoqi doirasida:
-
qatnashchi
mamlakatlarning
o'zaro
savdosidagi
savdo
cheklovlari bekor qilindi;
-
uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tarifi
belgilandi;
-
kapitallar, kreditlar harakati, pul o'tkazmalari, xizmatlar
ko'rsatish erkinligiga erishildi;
-
ish kuchining erkin migrasiyasi va yashash joyini erkin tanlash
ta'minlandi.
Ushbu
choralarning
barchasi
sanoat
integrasiyasining
jadallashuviga ko'maklashdi. Ayni bir vaqtning o'zida kompensasiya
yig'imlari va qishloq xo'jaligi jamg'armasi orqali moliyalashtirish
yordamida
umumiy
protektsionizm
o'rnatish
shaklida
agrar
integrasiyani amalga oshirishga urinib ko'rildi. YeIning agrar siyosati
uning azolari bo'lgan mamlakatlarning ko'plab qishloq xo'jaligi
1
Шодиев Р.Х., Махмудов Э. “Жаҳон иқтисодиёти”. – Т.: “Ғофур Ғулом”, 2005.- 92 бет
124
mahsulotlari uchun birdek minimal narxlar belgilanishini kafolatlovchi
narxlarning yagona tizimiga asoslanadi.
Umumiy bozor shakllantirilishi YeIH milliy monopoliyalarining
transmilliy monopoliyalarga aylanishi jarayonini tezlashtirdi, sherik
mamlakatlar iqisodiyotiga kirib borishga ko'maklashdi.
Ikkinchi bosqich (70-yillar o’rtasi-80-yillar o'rtasi) YeI tarixiga
Yevropa valyuta hamkorligi dasturi qabul qilinishiga, tashqi siyosiy
kelishuvlarga muvaffaq bo'linganligi sifatida kirdi. Biroq, baribir paydo
bo'lgan salbiy tendentsiyalar ushbu davrda G'arbiy Yevropa iqtisodiy
integrasiyasining jiddiy tangligiga olib keldi. 70-yillarda va 80-yillar
boshida YeI mamlakatlari o'rtasidagi rivojlanish darajasidagi tafovut
ko'paydi. 1981 yilda Gresiyaning YeI ga kirishi bilan ushbu tedentsiya
yanada aniqroq namoyon bo'ldi, chunki ushbu mamlakatning
iqtisodiyoti hamjamiyatning boshqa qatnashchilariga taqqoslaganda
ancha past darajada edi.
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi-90-yillar boshi) –
hamjamiyat tarkibining yanada kengayish bosqichi bo'ldi. 1986 yilda
Ispaniya va Portugaliyaning qo'shilishi ilgari mavjud bo'lgan
mamlakatlararo nomutanosiblikning keskinlashuviga olib keldi. Shu
bilan birga ayni ushbu davr G'arbiy Yevropa integrasiyasi
rivojlanishidagi yangi kuchayish bilan xarakterlanadi. Bu eng avvalo,
Yagona Yevropa akti (YYA) qabul qilinishi bilan bog'liqdir.
YYAda hamjamiyat qatnashchilari bo'lgan mamlakatlarning
umumiy maqsadi – Yevropa Ittifoqi tashkil etish tasdiqlandi. Yevropa
Ittifoqi o’zida hamjamiyat qatnashchilarining siyosiy alyansini ifodalar
va
ularning
iqtisodiy,
valyuta-moliyaviy,
insonparvarlik
hamkorligining yuqori darajasinigina emas, balki tashqi siyosatni, shu
jumladan, xavfsizlikni ta'minlashni kelishishni ham nazarda tutar edi.
Yagona Yevropa aktida yagona iqtisodiy makon barpo etish maqsadi
unda qayd etilgan markaziy qoida edi. YeIH qatnashchilari bo'lgan
mamlakatlar yagona xo'jalik organizmini tashkil etishi kerak edi. 90-
yillar boshida YeI a'zosi bo'lgan mamlakatlar yagona bozor asoslarini
barpo etishni amalda tugalladilar va valyuta-iqtisodiy va siyosiy
ittifoqlarni shakllantirishga juda yaqinlashib qoldilar.
To'rtinchi bosqich (XX asrning 90-yillari o'rtasi -XXI asr boshi)
da yagona Yevropa aktiga muvofiq 1993 yil yanvardan boshlab
hamjamiyat chegaralari ichida ishlab chiqarish omillarining erkin
harakat qilishi joriy etildi. Amalda hamjamiyat doirasida yagona
125
iqtisodiy makon paydo bo'ldi, bu YeIning iqtisodiy integrasiyaning sifat
jihatidan yangi bosqichiga kirganligini anglatar edi.
Maastrixt shartnomasi asosida (1992 yil fevral) 1994 yil 1
yanvardan boshlab YeIH qatnashchi mamlakatlari soni 15 ta bo'lgan
Yevropa Ittifoqiga aylantirildi. YeI doirasida to'liq yagona ichki bozor
tashkil etish amalga oshirildi. Bundan buyongi integrasiya hamkorligi
maqsadlari e'lon qilindi. Ular yagona valyuta – yevro emissiyasi huquqi
bilan yagona Yevropa banki, ichki chegaralarsiz yagona G'arbiy
Yevropa makoni barpo etilishini o'z ichiga olar edi.
Maastrixt bitimlari (1991 yil, dekabr) G'arbiy Yevropa
integrasiyasining rivojida sifat jixatidan yangi bir bosqich xisoblanadi,
zero, unda mamlakatlarni mikro darajada bir-biriga yaqinlashtirish
vazifasi qo'yilgan edi.
Maastrixt bitimlari Yevropa Ittifoqiga quyidagi vazifalarni
yuklagan:
-
yagona valyuta yaratish va uni boshqarish;
-
yagona iqtisodiy siyosatni, ayniqsa, uning byudjet ishlariga
taalluqli qismini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, (urinli
topilganda) kuchaytirish;
-
erkin raqobatga asoslangan yagona bozorni tashkil etish va
himoyalash;
-
boy va qashshoq mintaqalar o'rtasida tenglikka intilish hamda
(imkon bo’lgan joylarda) mablag'larni qayta taqsimlash;
-
qonunchilik va tartib-qoidani qo'llab-quvvatlash;
-
ayrim fuqarolarning tub huquqlarini e'tirof etish va rivojlantirish;
-
uchinchi mamlakatlarga nisbatan bamaslahat yuritiladigan savdo,
keyinroq esa umumiy iqtisodiy siyosat to'g'risida, iqtisodiy
siyosatni yagonalashtirish borasida ham kelishib olishlarini
nazarda tutadi
1
.
"Yagonalashgan",
muvofiqlashtirilgan
umumiy
iqtisodiy
siyosatni amalga oshirishni taqozo etuvchi mazkur qoidalarni ro'yobga
chiqarish yo'lida esa ijroiya – muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan
xalqaro davlat tashkilotlariga ehtiyoj tug’ildi.
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati qabul qilgan maqsadlarni
ro'yobga chiqarish jarayonida:
1) sanoat integrasiyasining jadallashuvi ta'minlandi;
1
Шодиев Р.Х., Махмудов Э. “Жаҳон иқтисодиёти”. – Т.: “Ғофур Ғулом”, 2005.- 98 бет б
126
2) qishloq xo'jalik jamg'armasi faoliyati orqali birgalikda
homiylik o’rnatish, to’lov yig'imlarini joriy etish shaklida agar
integrasiyani jadallashtirishga harakat qilindi;
3) Yevropa valyuta tizimi yuzaga keldi.
Ana shu chora-tadbirlarning barchasi iqtisodiy integrasiyaning
keng tomir yoyishiga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati ta'sir doirasining
kengayishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |