120
12-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA
12.1 Xalqaro iqtisodiy
integratsiyaning mohiyatiy, shakllari va
bosqichlari
12.2. G’arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi. Yevropa ittifoqi.
12.3. MDH davlatlarining iqtisodiy hamkorlik muammolari.
Tayanch boralar: integratsiya, xalqaro iqtisodiy integratsiya,
ittifoq, umumiy bozor, bojxona ittifoqi
12.1 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyatiy, shakllari va
bosqichlari
Jahon xo'jaligida o'zaro bir-biri bilan bog'liq quyidagi ikki
tendentsiya harakat qilmoqda:
- jahon xo'jaligi yaxlitligining shakllanish jarayoni –
globallashuv;
- mintaqaviy iqtisodiy integrasiya.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – jahon iqtisodiyoti rivojlanishining
yuqori, samarali va istiqbolli bosqichi, iqtisodiy munosabatlarni
xalqarolashtirishning yangi va murakkab bosqichi.
Ushbu bosqichda
nafaqat milliy iqtisodiyotlarning yaqinlashuvi, balki iqtisodiy
muammolarni birgalikda hal qilish ham ta'minlanadi. Natijada,
iqtisodiy integratsiyani davlatlar o'rtasida iqtisodiy hamkorlik jarayoni
sifatida tasvirlash mumkin, bu esa davlatlararo bitimlar va kelishilgan
holda tartibga solinadigan davlatlararo tuzilmalar shaklini oladigan
iqtisodiy mexanizmlarni bir-biriga yaqinlashtirishga olib keladi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita tendentsiya mavjud.
Bir
tomondan, jahon iqtisodiyotining yaxlitligi, uning globallashuvi
kuchaymoqda, bu mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni
rivojlanishi, savdoni liberallashtirish,
zamonaviy aloqa va axborot
tizimlarini, jahon texnik standartlari va normalarini yaratish bilan
bog’liq.
Boshqa tomondan, mamlakatlarning mintaqaviy darajada
iqtisodiy yaqinlashuvi va o'zaro ta'siri yuzaga kelib, jahon xo’jaligining
nisbatan
mustaqil
markazlarini
tashkil
etish
yo'nalishida
121
rivojlanayotgan
yirik
mintaqaviy
integratsiya
tuzilmalari
shakllanmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bir xil ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarga ega bo'lgan bir nechta mamlakatlar iqtisodiyotlarining
yagona iqtisodiy organizmni yaratishga
qaratilgan yaqinlashish va
o'zaro bog'lanish jarayonidir.
Boshqacha aytganda, bu chuqur barqaror munosabatlarni
rivojlantirish va milliy xo'jaliklar o'rtasida mehnatni taqsimlash, ular
iqtisodiyotining turli darajalarda va turli shakllarda o'zaro ta'siri asosida
mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashuv jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) atamasi XX asrning 30-
yillarida nemis va shved iqgisodchilarining asarlarida birinchi marta
ishlatilgan. Integrasiya so'zi lotin tilida "integratio" so'zidan
olingan
bo'lib, "qo'shilib ketish", "birlashish", "qismlarning bir butunlikka
aylanishi"' deb tarjima qilinadi.
Xalqaro iqtisodiy integrasiya deganda milliy xo'jaliklar o'rtasida
chuqur barqaror o'zaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab
chiqarishning yuqori darajadagi baynalmilallashuvi tushunilib, u qator
mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qo'shilib
ketishiga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya o'z rivojlanishida to'rt bosqichdan
o'tdi: milliy tovarlarni jahon bozoriga chiqarish; milliy ishlab chiqarish
omillarini (kapital va ishchi kuchini) jahon bozoriga chiqarish; TMK va
mintaqaviy xalqaro tuzilmalar jahon maydoniga chiqishi; globallashuv.
Tahlillar ko'rsatishicha, XII quyidagi ob'ektiv omillar va
sabablarga asoslanadi:
-
xo'jalik hayoti baynalmilallashuvining o'sib borishi;
-
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
-
umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyogining o'ziga xosligi;
-
milliy iqgisodiyotlar ochiqligi darajasining ortishi;
-
integrasiyalashayotgan mamlakatlarda
daromadlarning ortishi;
-
yangi savdo oqimlarining paydo bo'lishi;
-
ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining
pasayishi tufayli iqgisodiy farovonlikning o'sishi;
-
integrasion birlashmaga a'zo mamlakatlarning uchinchi
mamlakatlarga
nisbatan
iqtisodiy
pozisiyasining
mustahkamlanishi;
122
-
mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integrasion
birlashmaga a'zo mamlakatlarning
uchinchi mamlakatlarga
nisbatan siyosiy poziyasiyasining mustahkamlanishi.
Ushbu omillarning barchasi o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lib,
integrasiya mamlakatlar o'rtasidagi (xalqaro meqnat taqsimoti asosida)
barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va qayta ishlab
chiqarishning milliy xo’jalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Dostları ilə paylaş: