Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Nazorat savollari 
1.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi nima va u qaysi sabablarga ko‘ra 
yuz beradi?
2.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasiga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi?
3.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining qanday turlari mavjud?
4.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining zamonaviy tarkibi va 
dinamikasini aniqlang.
5.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi markazlari va yo‘nalishlarini 
aniqlang.
6.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro darajada qaysi 
tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi?
7.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini davlat tomonidan tartibga 
solishning qanday usullari mavjud?
8.
Immigratsiya siyosati va uni amalga oshirish dastaklari nimalardan 
iborat?
9.
Emmigratsiya siyosati nima va qanday xususiyatlarga ega?


120 
12-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA 
 
12.1 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyatiy, shakllari va 
bosqichlari 
12.2. G’arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi. Yevropa ittifoqi. 
12.3. MDH davlatlarining iqtisodiy hamkorlik muammolari. 
 
Tayanch boralar: integratsiya, xalqaro iqtisodiy integratsiya, 
ittifoq, umumiy bozor, bojxona ittifoqi 
12.1 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyatiy, shakllari va 
bosqichlari 
Jahon xo'jaligida o'zaro bir-biri bilan bog'liq quyidagi ikki 
tendentsiya harakat qilmoqda: 
- jahon xo'jaligi yaxlitligining shakllanish jarayoni – 
globallashuv; 
- mintaqaviy iqtisodiy integrasiya. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 
yuqori, samarali va istiqbolli bosqichi, iqtisodiy munosabatlarni 
xalqarolashtirishning yangi va murakkab bosqichi. Ushbu bosqichda 
nafaqat milliy iqtisodiyotlarning yaqinlashuvi, balki iqtisodiy 
muammolarni birgalikda hal qilish ham ta'minlanadi. Natijada, 
iqtisodiy integratsiyani davlatlar o'rtasida iqtisodiy hamkorlik jarayoni 
sifatida tasvirlash mumkin, bu esa davlatlararo bitimlar va kelishilgan 
holda tartibga solinadigan davlatlararo tuzilmalar shaklini oladigan 
iqtisodiy mexanizmlarni bir-biriga yaqinlashtirishga olib keladi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita tendentsiya mavjud. 
Bir tomondan, jahon iqtisodiyotining yaxlitligi, uning globallashuvi 
kuchaymoqda, bu mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni 
rivojlanishi, savdoni liberallashtirish, zamonaviy aloqa va axborot 
tizimlarini, jahon texnik standartlari va normalarini yaratish bilan 
bog’liq. 
Boshqa tomondan, mamlakatlarning mintaqaviy darajada 
iqtisodiy yaqinlashuvi va o'zaro ta'siri yuzaga kelib, jahon xo’jaligining 
nisbatan 
mustaqil 
markazlarini 
tashkil 
etish 
yo'nalishida 


121 
rivojlanayotgan 
yirik 
mintaqaviy 
integratsiya 
tuzilmalari 
shakllanmoqda. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bir xil ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlarga ega bo'lgan bir nechta mamlakatlar iqtisodiyotlarining 
yagona iqtisodiy organizmni yaratishga qaratilgan yaqinlashish va 
o'zaro bog'lanish jarayonidir. 
Boshqacha aytganda, bu chuqur barqaror munosabatlarni 
rivojlantirish va milliy xo'jaliklar o'rtasida mehnatni taqsimlash, ular 
iqtisodiyotining turli darajalarda va turli shakllarda o'zaro ta'siri asosida 
mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashuv jarayonidir. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) atamasi XX asrning 30-
yillarida nemis va shved iqgisodchilarining asarlarida birinchi marta 
ishlatilgan. Integrasiya so'zi lotin tilida "integratio" so'zidan olingan 
bo'lib, "qo'shilib ketish", "birlashish", "qismlarning bir butunlikka 
aylanishi"' deb tarjima qilinadi. 
Xalqaro iqtisodiy integrasiya deganda milliy xo'jaliklar o'rtasida 
chuqur barqaror o'zaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab 
chiqarishning yuqori darajadagi baynalmilallashuvi tushunilib, u qator 
mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qo'shilib 
ketishiga olib keladi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya o'z rivojlanishida to'rt bosqichdan 
o'tdi: milliy tovarlarni jahon bozoriga chiqarish; milliy ishlab chiqarish 
omillarini (kapital va ishchi kuchini) jahon bozoriga chiqarish; TMK va 
mintaqaviy xalqaro tuzilmalar jahon maydoniga chiqishi; globallashuv. 
Tahlillar ko'rsatishicha, XII quyidagi ob'ektiv omillar va 
sabablarga asoslanadi: 
-
xo'jalik hayoti baynalmilallashuvining o'sib borishi; 
-
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 
-
umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyogining o'ziga xosligi; 
-
milliy iqgisodiyotlar ochiqligi darajasining ortishi; 
-
integrasiyalashayotgan mamlakatlarda daromadlarning ortishi
-
yangi savdo oqimlarining paydo bo'lishi; 
-
ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining 
pasayishi tufayli iqgisodiy farovonlikning o'sishi; 
-
integrasion birlashmaga a'zo mamlakatlarning uchinchi 
mamlakatlarga 
nisbatan 
iqtisodiy 
pozisiyasining 
mustahkamlanishi; 


122 
-
mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integrasion 
birlashmaga a'zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga 
nisbatan siyosiy poziyasiyasining mustahkamlanishi. 
Ushbu omillarning barchasi o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lib, 
integrasiya mamlakatlar o'rtasidagi (xalqaro meqnat taqsimoti asosida) 
barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va qayta ishlab 
chiqarishning milliy xo’jalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin