Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Pul o’tkazmalarini jo’natuvchi yetakchi mamlakatlar, mlrd. doll



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Pul o’tkazmalarini jo’natuvchi yetakchi mamlakatlar, mlrd. doll, 
2017 yil
1
2005
2010
2015
2017
AQSh 
47,25 AQSh 
50,78 AQSh 
61,86 AQSh 
67,96 
Saudiya 
Arabistoni 
14,30 Saudiya 
Arabistoni 
27,07 Birlashgan 
Arab 
amirliklari 
40,33 Birlashgan 
Arab 
amirliklari 
44,37 
Germaniya 
12,71 Rossiya 
21,45 Saudiya 
Arabistoni 
38,79 Saudiya 
Arabistoni 
36,12 
Shveytsariya 
10,52 Shveytsariya 17,76 Shveytsariya 25,40 Shveytsariya 26,60 
Buyuk 
Britanya 
9,64 Germaniya 
14,68 Xitoy 
20,42 Germaniya 
22,09 
Frantsiya 
9,48 Italia 
12,89 Rossiya 
19,69 Rossiya 
20,61 
Korea 
6,9 Frantsiya 
12,03 Germaniya 
18,03 Xitoy 
16,18 
Rossiya 
6,83 Quveyt 
11,86 Quveyt 
15,20 Quveyt 
13,76 
Lyuksemburg 
6,70 Lyuksemburg 10,65 Frantsiya 
12,79 Frantsiya 
13,50 
Malayziya 
5,68 BAA
10,57 Qatar 
12,19 Korea 
12,89 
 
Xitoy pul o’tkazmalarini qabul qiluvchi mamlakat sifatidagi roli 
bilan bir qatorda, pul o’tkazmalarini jo’natuvchi yetakchi mamlakatlar 
qatoridan ham o’rin egallagan. 2016 yilda 20,29 milliard AQSh dollari 
1
WORLD MIGRATION REPORT 2020.- P.36. 


117 
va 2017 yilda 16,18 milliard AQSh dollari pul o’tkazmalari amalgam 
oshirilgan. 
11.2. Ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish 
Jahon iqtisodiyotida mehnat migratsiyasi mehnat sharoitlarini, ish 
bilan bandlikni, aholi daromadlarini tenglashtiradi, mamlakatlar orasida 
va ularning ichida ziddiyatlarni kuchaytiradi. Shuning uchun milliy va 
xalqaro miqyosda jahon mehnat bozorini tartibga solish zarurdir va buni 
rivojlangan davlatlar faol amalga oshirmoqda. 
Dunyoda migratsiya jarayonlari tezlashmoqda. Ixtiyoriy va 
majburiy migratsiya ko'lami kengaymoqda va bu jarayonga ko'plab 
mamlakatlar jalb etilmoqda, noqonuniy migratsiya oqimi ortib 
bormoqda. Bu migratsiya siyosatini ishlab chiqish, ularni tartibga solish 
vositalari rivojlantirish uchun bir ehtiyoj borligini anglatadi. 
Jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakat iqtisodiyoti uchun 
migratsiya jarayonlarining alohida ahamiyati tufayli mehnat 
migratsiyasi barcha darajalarda qat'iy tartibga solinadi: xalqaro, 
davlatlararo va davlat darajasida. Bunday tartibga solish vositalari 
bo’lib qonun hujjatlari, shuningdek, iqtisodiy, siyosiy va ma'muriy ta'sir 
usullari hisoblanadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro hamjamiyat hayotida normativ 
hodisa bo'lib, u milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlar asosida taraqqiy 
etgan shakllarda amalga oshiriladi. Migratsiya masalalarini xalqaro 
darajada tartibga soluvchi hujjatlar, migratsiya siyosatini amalga 
oshirishning asosiy yo'nalishlari va yondashuvlari BMT va uning 
bo'linmalari, Xalqaro migratsiya tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti 
(XMT) tomonidan o'tkaziladigan yig'ilish va konferentsiyalarda qabul 
qilinadi.
Jahon iqtisodiyotidagi aholi migratsiyasini tartibga soluvchi 
huquqiy asos bo'lib BMT tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul 
qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (unga ko'ra, shaxs 
o'zi uchun mamlakat, yashash joyi va ishini mustaqil ravishda 
belgilashga haqli), 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to'g'risidagi xalqaro bitim, 1975 yil 1 avgustdagi Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha Kengashning yakuniy akti, 1986 yil 
YXHTga a'zo davlatlar vakillarining Vena uchrashuvining yakuniy 
hujjati, BMTning barcha mehnat muhojirlari va ularning oila a'zolari 


118 
huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiyasi, XMT hujjatlari va 
boshqalar hisoblanadi. 
Davlatlarning integratsion guruhlari ham mehnat migratsiyasini 
tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilishadi. Jumladan, 1957dan beri 
Yevropa Ittifoqida Rim shartnomasi mavjud bo'lib, 52 xatboshiga ko'ra, 
Yevropa Ittifoqining har bir fuqarosi har qanday Yevropa Ittifoqi 
mamlakatida ish topish huquqiga ega. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi 
doirasida mehnat migratsiyasini rivojlantirishga Yevropa Ittifoqining 
aksariyat davlatlari o'rtasida viza to'siqlarini bartaraf etgan Shengen 
bitimining qabul qilinishi ham yordam berdi.
Davlat migratsiya jarayoniga juda faol ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat 
muhojirlar soni balki professional, malaka, jinsiy va yosh tuzilishi va 
mamlakatda qolish muddati ham tartibga solinadi.
Davlat darajasidagi migratsiya siyosati davlat va uning 
institutlarining 
o'z 
mamlakatlari 
hududida 
rezidentlar 
va 
norezidentlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish bo'yicha 
chora-tadbirlar va harakatlar tizimini ishlab chiqish, aholining jahon 
migratsiyasi va ishchi kuchining milliy iqtisodiyot uchun salbiy 
oqibatlarini oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan. Bu sohada 
davlat an'anaviy ravishda protektsionizm afzalliklariga ega, chunki 
ishsizlik va uning oqibatlari bilan kurashish muammosi uning elkasiga 
tushadi. Migratsiya siyosati muhojirlar uchun muayyan qat'iy talablarni 
ishlab chiqishda ifodalanadi. Shu bilan birga, migratsiya siyosati 
doirasida davlat ko'pincha muhojirlarning muayyan guruhlarini (yuqori 
malakali mutaxassislar, ishbilarmonlar va boshqalarni) jalb qilishdan 
manfaatdor ekanligini hisobga oladi. Emigratsiya siyosati, odatda, 
mamlakatda istiqbolli ishchilarni saqlashga qaratilgan. 
Davlat darajasidagi migratsiya siyosati davlat va uning 
institutlarining 
o'z 
mamlakatlari 
hududida 
rezidentlar 
va 
norezidentlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish, aholi va 
ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining milliy iqtisodiyot uchun ijobiy 
oqibatlarini rag’batlantirish va salbiy oqibatlarini oldini olish bo'yicha 
chora-tadbirlar va harakatlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu 
sohada davlat an'anaviy ravishda protektsionizmni afzal ko'radi, chunki 
ishsizlik va uning oqibatlari bilan kurashish muammosi uning yelkasiga 
tushadi. Migratsiya siyosati muhojirlarga nisbatan muayyan qat'iy 
talablarni ishlab chiqishda ifodalanadi. Shu bilan birga, migratsiya 
siyosati doirasida davlat ko'pincha muhojirlarning muayyan guruhlarini 


119 
(yuqori malakali mutaxassislar, ishbilarmonlar va boshqalarni) jalb 
qilishdan manfaatdor ekanligini hisobga oladi. Emigratsiya siyosati, 
odatda, mamlakatda istiqbolli ishchilarni saqlab qolishga qaratilgan. 
Migratsiya siyosatini amalga oshirish vositalari bo’lib, 
migratsiyani murakkablashtiruvchi yoki manfaatni pasaytiradigan 
shart-sharoitlar 
yaratishga 
qaratilganiqtisodiy 
va 
inoqtisodiy 
xarakterdagi turli tadbirlar 
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlarda migratsiyani 
tartibga solishning davlat chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilgan. Bu 
huquqiy, siyosiy va professional maqom to'g'risidagi qonunchilikni, 
milliy immigratsiya xizmatlari, shuningdek, davlatlararo bitimlarni o'z 
ichiga oladi. 
Xalqaro darajada IHTT (OECD) ga a'zo davlatlar tomonidan 
milliy immigratsiya boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 
SOPEMI (migratsiyani doimiy kuzatish tizimi) xizmati tashkil etilgan. 
Immigratsiya siyosati to'g'ridan-to'g'ri milliy immigratsiya 
xizmatlari orqali amalga oshiriladi, ular odatda mehnat, Adliya yoki 
ichki ishlar vazirliklarida tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin