11.1-rasm. Xalqaro muhojirlarning yosh va jinsi bo’yicha tarkibi
Savdoning
globallashuvi,
transport
va
kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi va demografik dinamika kabi omillar
aholining davlatlar o'rtasida ko'chish jarayonini soddalashtiradi va
migratsiya jarayonlariga yordam berib migratsiya oqimlarini
rag’batlantiradi.
Xalqaro ishchi kuchining migratsiyasi – bu mehnatga layoqatli
aholining bir mamlakatdan boshqasiga ish, o'z qobiliyatlarini
qo'llashning yangi sohalarini, yaxshi yashash sharoitlarini topish uchun
ko’chishi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish sohasining
xalqaro amaliyotida (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1990 yil 18
apreldagi 45/158-sonli rezolyutsiyada qabul qilingan "Barcha mehnat
muhojirlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish
to'g'risida"
gi
Konvensiya)
«mehnat muhojiri" atamasidan
foydalaniladi. Bu atama, fuqaroligi bo'lmagan davlatda haq
to’lanadigan faoliyat bilan shug'ullanadigan, shug'ullanayotgan yoki
shug'ullangan shaxsni anglatadi
1
.
1
Волох В.А.
Трудовая миграция: Политико-правовые и социально-экономические
аспекты привлечения и использования иностранной рабочей силы. М., 2010. С. 18.
108
Turli soha olimlari mehnat migratsiyasi hodisasini tushuntirishga
harakat qilmoqdalar, chunki bu jamiyat hayotining ko'p jihatlariga
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, diniy va boshqalariga ta'sir qiluvchi
murakkab va ko'p o'lchovli hodisadir.
11.2- jadval
Turli iqtisodiy maktablar olimlarining mehnat migratsiyasi
haqidagi fikrlarning evolyutsiyasi
Ta’limot Namoyondal
ari
Mehnat migratsiyasi haqidagi fikrlarning
mohiyati
Merkantiliz
m
T. Men,
J.B. Kolber
Aholining o’sishi - davlatning farovonlik
manbai (oltindan tashqari), shuning uchun
ishchi kuchini, ayniqsa hunarmandlarning
mamlakatdan chiqishini taqiqlash.
Mamlakat ichidagi ishchilar sonining
ko'payishi ko'proq tovar olish va mehnat
xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi,
bu esa foyda darajasini oshiradi
Klassik
siyosiy
iqtisod
A. Smit, D.
Rikardo, D.
Mil, D.
Styuart va
boshqalar
Bozor kuchlari ta'siri ostida ishchi
kuchining erkin xalqaro harakati (kapital
va tovarlar bilan birga) sababli ular eng
zarur bo'lgan sohalar va tarmoqlarga
kiradi. Ishchilarning harakat yo'nalishlari
mehnatga talab va taklifining ta'siri bilan
belgilanadi va mehnatga haq to'lash
darajasining farqlanishi bilan bog’liq.
Keynschili
k
D.Keyns
Bozor iqtisodiyoti davlat tomonidan
tartibga solinishi kerak, shuning uchun
xalqaro mehnat migratsiyasi natijasi
bo’lgan jahon mehnat bozori ziddiyatli
milliy manfaatlar to’qnashadigan
maydondir.
109
Neoklasik
maktab
M. Fridman,
P. Samuelson
Xalqaro migratsiyaning harktlantiruvchi
mexanizmi bo’lib turli mamlakatlardagi
turli darajadagi ish haqi bilan
tavsiflanadigan mehnat bozoridir. Yuqori
ish haqi bo'lgan mamlakatlar muhojirlarni
jalb qiladi. Ish haqidagi farqlarini bartaraf
etish migratsiya oqimlarini to'xtatadi.
Shunday qilib, mehnat bozoriga ta'sir qilish
orqali migratsiya oqimlarini boshqarish
imkoniyati mavjud
Iqtisodiy
tsikllarning
teskari
aloqa
nazariyasi
B.Tomas va
b.
Mamlakatdan mamlakatga mehnat
migratsiyasi yo'nalishi iqtisodiy
rivojlanishning davriy fazalarining teskari
o'zgarishi bilan belgilanadi
Segmentlas
htirilgan
mehnat
bozori
nazariyasi
yoki juft
mehnat
bozori
nazariyasi
M. Piore, A.
Portes, D.
Solou va b.
Xalqaro migratsiya iqtisodiyotning tarkibiy
ehtiyojlari tufayli xorijiy ishchi kuchiga
bo'lgan doimiy talabning natijasidir
Inson
kapitali
nazariyasi
T. Schultz va
G. Becker
Migratsiya — inson kapitaliga
investitsiyadir, bu qayta tiklanadigan
resursdir va yig’ilish xususiyatiga ega.
Migratsiya to'g'risida qaror qabul qilishga
quyidagilarga ta'sir qiladi: o'z mamlakatida
va boriladigan potentsial mamlakatda ish
bilan ta'minlash shartlari, yoshi va ko’chish
xarajatlari
Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar
nazariyalari
doirasida
olimlarning
migratsiya
jarayonlariga, ularning sabablari, jahon migratsion jarayonlarga ta'sir
110
qilish usullari va ularning oqibatlariga bo'lgan qarashlari evolyutsiyasi
kuzatilmoqda.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining besh yo’nalishini ajratib
ko’rsatish mumkin:
1)
Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga
migratsiya;
2)
Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya;
3)
Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya;
4)
Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga mi
gratsiya;
5)
Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan
davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
Mamlakatlar o'rtasidagi aholi migratsiyasi "tashqi" deb ataladi va
u muayyan mamlakat aholisiga ta'sir qiladi. "Ichki" migratsiya milliy
chegaralar doirasida amalga oshiriladi (aholi mamlakat hududlari,
qishloqdan shaharga, shaharlar va boshqalar orasida harakat qilganda),
ammo bu mamlakatning umumiy aholi soniga ta'sir qilmaydi. Mehnat
resurslarini qayta taqsimlashning bunday shakli muhim iqtisodiy
ahamiyatga ega, chunki u aholining tarkibi va joylashuvini
o'zgartirishda muhim omil hisoblanadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ikki turi mavjud: birinchisi – "kam
malakali
kadrlar
migratsiyasi»
(odatda,
rivojlanayotgan
mamlakatlardan sanoatlashgan mamlakatlarga ko'chish) va "yuqori
malakali kadrlar migratsiyasi» – bu «aqlning oqib ketishi».
«Aqlning oqib ketishi» – bu jahon iqtisodiyoti doirasida, asosan,
sanoati rivojlangan mamlakatlarga ilmiy-texnik kadrlarning bir
tomonlama ko'chishi, bu «donor»-mamlakatlarning malakali
mutaxassislarini yo'qotishiga olib keladi. Bunday migratsiya quyidagi
asosiy kanallar orqali amalga oshiriladi:
a)
sanoat rivojlangan mamlakatlarga mutaxassislarni ketib qolishi;
b)
xorijiy mutaxassislarni sanoati rivojlangan mamlakatlarning
firmalari, ilmiy markazlari, tadqiqot laboratoriyalariga (ushbu
mamlakatlarning o'quv yurtlarida oliy ta'lim olganidan so'ng) ishga
jalb qilish;
c)
transmilliy kompaniyalar filiallarida ishlash uchun mahalliy
malakali kadrlarni jalb qilish (bunday migratsiya "bilvosita"
migratsiya deb ataladi).
111
BMT metodologiyasiga ko'ra, yuqori malakali migrantlar
toifasiga ilmiy xodimlar, muhandislar, shifokorlar va boshqalar kiradi.
AQShda 80 yillarda chet elliklarning ulushi muhandislar orasida
10%, shifokorlar orasida 24% ni tashkil etgan; AQSh milliy fanlar
akademiyasi a'zolarining 23% va Nobel mukofoti sovrindorlarining
33% i AQSh immigrantlaridir.
Dostları ilə paylaş: |