O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT ” kafedrasi
“BOJXONA ISHI” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Bojxona rasmiylashtiruvi (tartib raqam 8)
Bajardi: Iqtisodiyot yoʻnalishi 19_122A-guruh talabasi Jumaboyev Karimjon
Fargʻona-2022
REJA:
Kirish
Bojxona rasmiylashtiruvining maqsad va vazifalari.
Bojxona rasmiylashtiruvining asosiy prinsiplari va bosqichlari.
Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yuk deklaratsiyasining qo’llanilishi.
Kirish
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati, ayniqsa tashqi iqtisodiy shartnomalari asosida savdo yuritishda tovar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish, ularni Respublika bojxona chegarasidan harakatlanishiga bog’liqdir. Bojxona o’rganlariga yuklatilgan bir qator vazifalarni bajarish uchun avvalo bojxona chegarasidan kesib o’tayotgan tovar va transport vositalari ustidan samarali bojxona nazoratini o’rnatish va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirmoq darkor.
Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilishi lozim.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovar va transport vositalarini olib o’tayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotgan tovarlarning turiga qarab qo’llaniladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab – chiqarilgan, jo’natilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib o’tish maqasadidan va bojxona hududida foydalanishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlarning bojxona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, qo’llanilishi mumkin.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining mohiyati va mazmunini to’la tushinish va bu jarayonlarni to’g’ri amalga oshirish uchun ba’zi bojxona atamalarning mazmun – mohiyatini va ahamiyatini anglab olmoq zarur bo’ladi.
1. Bojxona rasmiylashtiruvining maqsad va vazifalari.
Bojxona rasmiylashtiruvi – bojxona chegarasidan olib o’tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan bojxona operatsiyalari majmui.
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda uning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlash va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
Bojxona kodeksi bojxona rasmiylashtiruvining huquqiy asosi hisoblanib, ushbu kodeksda bojxona rasmiylashtiruvini amalga ishirish joyi, vaqti, rasmiylashtiruv muddatlari, Tovar va transport vositalariga vakolatli shaxslarning huquq va majburiyatlari, tovarlarni ramiylashtirish uchun zarur bo’lgan operatsiyalarni o’tkazish, bojxona rasmiylashtiruvini o’tkazish uchun na’muna va nusxalar olish, bojxona rasmiylashtiruvida davlatning boshqa organlari nazorat doiralari, bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi va bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartiblari ko’rsatib o’tilgan.
Bojxona rasmiylashtiruvi o’z ichiga bojxona uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni hisob – kitob qilish, bojxona chegarasida harakatda bo’lgan tovarlar va transport vositalari to’grisida hujjatlar asosida to’la va aniq axborot yig’ish, valyuta, eksport, veterinar, fitosanitar, ekologik nazorat qilish uchun imkoniyatlar yaratish kabilarni qamrab olib, samarali bojxona nazoratini o’tkazish uchun shart – sharoitlar yaratib beradi. Shu sababli ham, bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi o’zaro chamvarchas bog’liqdir.
Tovar va transport vositalarini O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib o’tishning huquqiy asoslari bojxona kodeksida, bir qator qonunlarda, xalqaro konvensiyalarda va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan.
Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o’tish deganda, ushbu tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yoxud ushbu hududdan olib chiqish tushuniladi.
Tovarlarni va transport vositalarini bevosita bojxona chegarasi orqali olib o’tishga qaratilgan harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
A) bojxona chegarasini kesib o’tayotgan jismoniy shaxsning bojxona nazorat zo’nasiga kirishi;
B) transport vositasining bojxona chegarasini kesib o’tish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o’tkazish punktiga kirishi;
C) bojxona hududiga yo’llash yoki ushbu hududdan tashqariga jo’natish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoxud xalqaro pochta va kur’erlik jo’natmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish;
D) jismoniy shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq, belgilanmagan joylardan tovarlar va transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib o’tishga qaratilgan harakatlari.
Tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish shartlari tovarlar va transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib o’tishdan hamda ushbu tovarlar va transport vositalari bilan Bojxona kodeksida nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar amalga oshirishdan iborat.
Tovarlar va transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi ularni tayinlangan bojxona o’rgani joylashgan yerga yoki boshqa joyga Bojxona kodeksining 218 – moddasida belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart. Bunda tovarlarning holatini o’zgartirishga yoki ularning o’rovini buzishga, shuningdek, qo’yilgan plombalar, muxrlarga va bojxona identifikatsiyasining boshqa vositalariga shikast yetkazilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona o’rganlari joylashgan yerda ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda, hozir bo’lishga hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ko’maklashishga haqli (bojxona organining talabiga ko’ra esa hozir bo’lishi va ko’maklashishi shart).
Tovarlarni deklaratsiya qilish og’zaki, electron va yozma tarzda bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni deklaratsiyaga kiritilgan holda amalga oshadi.
Tovarlarni va transport vositalarini olib kirish va olib chiqishda ularga nisbatan bojxona deklaratsiyasini to’ldirish tovarga egalik huquqi bo’lgan shaxs yoki vakil qilgan deklarant tanlagan bojxona rejimiga qarab, qonun hujjatlariga mos ravishda to’ldirilishi lozim.
Tovarlar va transport vositalarini O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarida rasmiylashtirishning huquqiy asoslari amaldagi qonunlarida, xalqaro konvensiyalarida va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
Deklarantlardan tovarlar va transport vositalariga tegishli hujjatlarni olish;
Deklarantdan qabul qilingan bojxona deklaratsiyasiga tegishli ma’lumotlarni kiritish va bu ma’lumotlarni tasdiqlash;
Bojxonaga taaluqli hujjatlarni to’ldirish;
Vaqtincha saqlovga tovarlarni qabul qilish va hisobini yuritish;
Na’muna va nusxalar olingan tovarlarga tegishli bayonnomalar tuzish;
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan dastlabki qarorlarni qabul qilish;
Bojxona hujjatlariga bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi boshlanganligi yoki tugallanganligi haqida yozma tasdiqlar kiritish.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali o’tkazish olib o’tayotgan shaxstomonidan tanlangan bojxona rejimiga muvofiq, bojxona rasmiylashtiruvi yo’li bilan amalga oshiriladi.
Belgilangan joy va vaqtdan tashqari holda olib o’tilgan tovarlar va transport vositalari bojxona qonunlarini buzgan, deb baholanadi va belgilangan tartibda jazo choralari qo’llanilishiga sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan, shu jumladan, tovar sifatida otiladigan transport vositalari bojxona organlari belgilaydigan joylarda rasmiylashtiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaxsning so’roviga ko’ra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojxona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin.
2. Bojxona rasmiylashtiruvining asosiy prinsiplari va bosqichlari.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oldingi tartiblar (bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar) davlatlarning qonun hujjatlari va xalqaro hujjatlar bilan tartibga solidandi.
Xalqaro qoidalar bojxona deklaratsiyasi taqdim qilgunga qadar amal qiluvchi bojxona rasmiyatchiliklari soda bo’lishini va barcha mamlakatlarning tovarlar va transport vositalariga nisbatan bir xilda qo’llanilishini, tashqi savdo uchun to’siq yaratilmasligini talab qiladi.
Xalqaro Kioto konvensiyasining asosiy maqsadi ana shundan iborat bo’lib, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish uyg’unlashtirish deb nomlanadi. Konvensiyada tovarlar, transport vositalarining harakatlanishi, bojxona hududida bo’lishi, rasmiylashtirishi bo’yicha standartlar ishlab – chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasidagi bojxona rejimlari ham ushbu standartlarga moslashtirilgan va amalda qo’llaniladi.
Bojxona chegarasidan tovarlar, transport vositalarining qonuniy olib o’tilganligini tasdiqlovchi hujjat bojxona deklaratsiyasi hisoblanadi. Deklaratsiyalangan tovar ma’nosi tovar bojxona nazoratidan o’tkazilgan rasmiylashtirilganligini anglatadi.
Deklaratsiyalash tovarlar va transport vositalari to’g’risidagi, ular joylashtiriladigan bojxona rejimlari haqidagi aniq ma’lumotlarni, bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni belgilangan shaklda (og’zaki, yozma, elektron) bayon etish orqali amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilayotgan joydagi bojxona bojxona o’rganiga tovarlar va transport vositalariga tegishli hujjatlar topshiriladi. Tovarlarni yetkazib kelgan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi. Yuksiz transport vositalari va yo’lovchilar tashiyotgan transport vositalari O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o’tish vaqtida deklaratsiyalanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni qo’l yuki va bagaj holida bojxona chegarasidan olib o’tishda bojxona deklaratsiyasitovarlarni ko’rsatish bilan bir vaqtda topshiriladi va rasmiylashtiriladi
Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o’tganidan keyin ko’pi bilan uch soat, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o’tishiga ko’pi bilan uch soat qolganida deklaratsiyalanadi.
Ko’rsatilgan muddatlar bojxona o’rganlari belgilaydigan tartibda va shartlarda uzaytirilishi mumkin.
Bojxona organlari bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda ro’yxatdan o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab, u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
Bojxona deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda bojxona organiga boshqa zarur hujjatlar ham topshiriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasi va taqdim etilgan hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarni tekshirish uchun qo’shimcha ma’lumotlarni so’rab olishga haqli. Tegishli hujjatlar va qo’shimcha ma’lumotlar ro’yxati qonun hujjatlarida belgilangan.
Bojxon organi yetishmayotgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilashga haqli.
Bojxona organining ruxsati bilan xalqaro tashishlarda qo’llaniladigan chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibi ularni bojxona rasmiylashtiruvi mohiyatga ko’ra amalga oshiriladi va bojxona organlari tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibini belgilab qo’yishga haqli.
Tovarlar va transport vositalari deklarant tomonidan deklaratsiyalanadi.
Quyidagilar deklarant bo’lishi mumkin:
1) O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi.
2) chet ellik shaxs:
tovarlar notijorat maqsadlarda olib o’tuvchi jismoniy shaxs;
Bojxona kodeksining X bo’limiga muvofiq, bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs;
norezident qonun hujjatlariga muvofiq, tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi;
O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega bo’lgan shaxs shunday vakolatxonalarning o’z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni ma’lum qilganda;
tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda.
Deklarant, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o’z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs.
Deklarant bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalarini ko’zdan kechirishga, o’lchash bojxona o’rganining ruxsati bilan namunalar va nusxalar olishga haqli. Agar tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasida hisobga olingan bo’lsa, namunalar va nusxalar olinganida ular haqida alohida bojxona deklaratsiyasi taqdim etilmaydi.
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash chog’ida deklarant:
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashni amalga oshirish;
Bojxona maqsadlari uchun zarur, shu jumladan, deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli organlar tomonidan o’tkaziladigan veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va davlat nazoratining boshqa turlari talablariga rioya etilishi to’g’risidagi hujjatlarni va (yoki) ma’lumotlarni bojxona organiga taqdim etishi;
Bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotgan tovarlarni va transport vositalarini bojxona organining talabiga ko’ra taqdim etishi;
Bojxona organining talabiga ko’ra tovarlarni tarozida tortishni hamda boshqacha tarzda ularning miqdori va sifatini aniqlashni, shuningdek, deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi;
Bojxona to’lovlarini to’g’ri hisoblab chiqarish;
Bojxona kodeksining 47 – bobiga muvofiq, bojxona to’lovlarini to’lashi yoki ularning to’lanishi ta’minlashni taqdim etishi;
Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organining talabiga ko’ra hozir bo’lishi hamda bojxona organining mansabdor shaxslariga bojxona rasmiylashtiruvini o’tkazishda ko’maklashishi;
Tovarlar va transport vositalari joylashtirilgan bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etishi;
Tovarlarni va transport vositalarini deklaratsiyalashda bojxona identifikatsiyalash vositalari o’zgantirilganligi, yo’q qilinganligi, buzilganligi yoki yo’qotilganligi, idishlar va o’rovlar buzilganligi, tovarlar tovarning kuzatuv hujjatlarida va bojxona nazoratining boshqa hujjatlarida ko’rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganligi haqida bojxona organlarini o’z vaqtida habardor qilishi shart.
Bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig’iga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan, tegishli ruhsatnoma olgan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi.
Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning o’zaro munosabatlari shartnoma asosida yo’lga qo’yiladi.
Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qo’yilishi mumkin emas.
Yuridik shaxs bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun:
Xodimlar shtatida bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha tegishli malaka attestatiga ega bo’lgan kamida 2 nafar mutaxassisga ega bo’lishi;
Bojxona kodeksining 47 – bobiga muvofiq, bojxona to’lovlari to’lanishi ta’minlash (bundan chet davlatlarning O’zbekiston Respublikasida diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, shuningdek, ularning hodimlariga bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlar ko’rsatadigan O’zbekiston Respublikasi Tashqil ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati mustasno).
Yuridik shaxslarning bojxona brokeri sifatida faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan berilgan bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning malaka attestati bo’lgan, bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va shu deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha harakatlarni amalga oshiradigan O’zbekiston Respublikasining jismoniy shaxsidir.
Deklarant bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning bojxona organlari oldidagi majburiyatlarini cheklab qo’yishi mumkin emas.
Tovar va transport vositalarini asosiy bojxona rasmiylashtiruv bosqichi – tovar va transport vositalarini ma’lum bir bojxona rejimiga joylashtirish bo’lib, bu operatsiyalar quyidagi bosqichlardan iborat:
1. bojxona deklaratsiyalarini qayd qilish va hisobga olish.
2. tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIFTN) qoidalariga binoan tovarlarning xalqaro kod raqami to’g’ri aniqlanishini nazorat qilish va tovarning kelib chiqish davlati hamda notarif boshqarish choralariga qilinishining nazorati.
3. valyuta va tovarlar bojxona qiymatining nazorati.
4. bojxona to’lovlarini undirish bosqichi.
5. tovar va transport vositalarini bojxona ko’rigidan o’tkazish va erkin muomalaga chiqarish bosqichi.
1. Bojxona deklaratsiyalarini qayd qilish va hisobga olish.
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Bojxona yuk deklaratsiyasini va dastlabki operatsiyalarni o’tkazish tartibi bajarilish shart – sharoitlarining nazorati;
Bojxona deklaratsiyasi va bojxona taqdim etilishi shart bo’lgan hujjatlarni hamda bojxona yuk deklaratsiyasining elektron nusxasini qabul qilish;
Bojxona yuk deklaratsiyasini qayd etish;
Bojxona deklaratsiyasini va uning elektron nusxasini belgilangan tartib talablariga mos kelishini nazorat qilish. Bunda qog’ozdagi bojxona deklaratsiyasi bilan elektron nusxasining o’zaro mosligini nazorat qilish;
Bojxona yuk deklaratsiyasini hisobga olish.
2. TIF TN qoidalariga binoan tovarlarning xalqaro kod raqami to’g’ri aniqlanishini nazorat qilish va tovarning kelib chiqish davlati hamda notarif boshqarish choralariga amal qilinishini nazorat qilish.
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Tovarni qiyoslash (identifikatsiya qilish) uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to’la va haqiqiy ekanligini hamda TIF TN bo’yicha xalqaro kod raqamini nazorat qilish;
Bojxona deklaratsiyasini 31 – katagida ko’rsatilishi lozim bo’lgan deklaratsiya qilinayotgan tovar ko’rsatkichlari (tovarning nomi, tavsiri, markasi, modeli, o’rinlar soni, og’irligi va boshqalar)ning to’ldirilganligini nazorat qilish;
Tovarni TIF TN bo’yicha xalqaro kod raqaminig to’g’ri sinflanishini nazorat qilish;
Tovarning kelib chiqish davlatini aniqlash bo’yicha taqdim etilgan ma’lumotlar to’laligi va haqiqiyligini nazorat qilish;
Tovarnig kelib chiqish davlatini tasdiqlovchi sertifikatlarni tekshirish va ta’rif imtiyozlarini berish.
Preferensiya berilishi bo’yicha qabul qilingan dastlabki qarorlar hujjatlarini tekshirish;
Notarif boshqaruv choralari talablarini bajarish sohasida taqdim etilgan hujjatlar to’laligi va haqqoniyligini nazorat qilish;
Notarif boshqaruv choralari bajarish bo’yicha hujjatlarni tekshirish;
Tovarlarni ma’lum bir bojxona rejimiga joylash talablariga mos ravishda amalga oshirilishini nazorat qilish;
Bojxona to’lovlaridan boshqa bojxona maqsadlari uchun taqdim etilgan ma’lumotlar haqqoniyligi va to’laligini nazorat qilish;
Bojxona to’lovlaridan boshqa bojxona maqsadlari uchun taqdim etilgan bojxona hujjatlari va ma’lumotlarni tekshirish;
Tovarlarning TIF TN talablariga muvofiq, sinflanishi va xalqaro kod raqamini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni yuqori bojxona organlariga yoki boshqa tashkilotlarga taqdim qilish;
Bojxona to’lovlari va notarif boshqaruv choralarining hamda tovarlarning kelib chiqish davlatini aniqlash uchun bojxona rasmiylashtiruvi o’tkaziladigan tovarlarga tegishli hujjatlarni yuqori turuvchi bojxona organiga taqdim etish.
3. valyuta va tovarlar bojxona qiymatining nazorati.
Bu bosqich quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Valyuta nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni tekshirish;
Valyuta nazorati talablariga tashqi savdo shartnomalarining mosligini tekshirish;
Bojxona yuk deklaratsiyasida valyuta nazorati uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishini tekshirish;
Deklaratsiyada ko’rsatilgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulini hujjatlar asosida to’g’ri tanlanganligi va bunda qo’llanilgan hujjatlarning to’la hamda haqqoniyligini tekshirish;
Tovarning bitim qiymatining unga ta’sir etuvchi sharoitlarni o’rganib chiqish uchun qo’shimcha ma’lumotlar to’plash;
Bojxona qiymatining to’g’ri qabul qilinganligini nazorat qilish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarning taqdim etilishini talab etish;
Deklarant tomonidan taqdim etilgan bojxona qiymatini tasdiqlash yoki tasdiqlanmagan vaqtda bojxona qiymatiga tegishli tuzatishlar kiritish;
Tovarning bojxona qiymati va bojxona to’lovlarini tuzatish hamda bojxona deklaratsiyasi va uning elektron nusxasiga tuzatishlar kiritilishini nazorat qilish;
DBQ tomonidan belgilangan tartibda tovarlarning bojxona qiymati sohasida tegishli qaror qabul qilish uchun bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etilgan hujjatlar to’plamini yuqori turuvchi bojxona organlariga taqdim etish;
Ushbu organlar qabul qilingan qarorlar asosida bojxona qiymatiga nisbatan qaror qabul qilish;
Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida aniqlangan va bojxona organi vakolatiga kirmagan valyuta qonunchiligining buzilish holatlari haqida yuqori turuvchi bojxona organlariga ma’lumot berish.
4. Bojxona to’lovlarini undirish bosqichi.
Ushbu bosqichda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi:
Bojxona to’lovlarini to’lash uchun mas’ul bo’lgan shaxslarni bojxona to’lovlari sohasida qarzlari bor yoki yo’qligini tekshirish;
Bojxona deklaratsiyasining to’g’ri to’ldirilishini va unda bojxona to’lovlariga ta’sir etish mumkin bo’lgan ma’lumotlarning to’la hamda haqqoniyligini tekshirish;
Deklarant tomonidan taqdim etilgan ta’rif va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalarni tekshirish yoki yuqori turuvchi bojxona organlaridan amaliy yordam so’rash;
Bojxona to’lovlari sohasida deklarant tomonidan tanlangan bojxona tartibi talablarining mos kelishini tekshirish;
Bojxona to’lovlarining to’g’ri hisoblanganligini tekshirish;
Bojxona to’lovlarining to’g’ri tanlanganligini nazorat qilish. Bunda to’lov qog’ozidagi rekvizitlar, to’lov qanday amalga oshirilganligini va boshqalar tekshirilishi lozim;
Bojxona to’lovlarining to’lash muddatlarini kechiktirish hollarida tegishli ruxsatnomalarning bo’lishini tekshirish;
To’lanilishi lozim bo’lgan bojxona to’lovlarini bojxona organi hisobraqamiga kelib tushganlagini nazorat qilish;
Agar bojxona organi hisob – raqamiga pul kelib tushmaganligi aniqlansa, bojxona rasmiylashtiruvini to’xtatish.
5. Tovar va transport vositalarini bojxona ko’rigidan o’tkazish va erkin muomalaga chiqarish bosqichi.
Usbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining oldingi boshqichlari o’tishi tekshiriladi;
Bojxona ko’rigini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish;
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarish yoki chiqarmaslik to’g’risidagi qaror qabul qilib, bojxna rasmiylashtiruvini tugallash;
Erkin muomalaga chiqarish mansabdor shaxs tomonidan qaror qabul qilinib, “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampini bojxona yuk deklaratsiyasiga va transport hujjatlariga qo’yish bilan amalga oshiriladi hamda mansabdor shaxsning imzosi hamda shaxsiy muxri bilan tasdiqlanadi.
3. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yuk deklaratsiyasining qo’llanilishi.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishning asosini asosiy tovarlar va transport vositalarini O’zbekiston Respublikasi bojxona organlari uchun deklaratsiyalash tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotgan yoki tanlangan bojxona rejimlari o’zgartirilayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona qonunchiligi asosida deklaratsiyalanishi lozim. O’zbekiston Respublikasi ichki bozorini himoya qilish, Respublika hududiga tovarlarni olib kirish va undan olib chiqishda bojxona nazoratini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 – yil 7 – oktyabrda 372 – F son farmoyishi qabul qilindi. Ushbu farmoyishga binoan, 1994 – yilning birinchi yanvaridan boshlab, bojxona chegarasi orqali harakatda bo’lgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi faqatgina bojxona yuk deklaratsiyalari (BYUD) asosida amalga oshirilishi hamda BYUDlarni rasmiylashtirishning tanlangan bojxona tartibiga ko’ra amalga oshirish tartib – qoidalari joriy qilindi.
Tovar va transport vositalarini deklaratsiyalash.
O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 252 – moddasiga binoan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotganda, bojxona rejimi o’zgartirilayotganda, shuningdek, Bojxona kodeksida belgilangan boshqa hollarda bojxona organlarida deklaratsiyalanishi lozim.
Deklaratsiyalash ma’lumotlarni electron yozuv shaklida taqdim etish orqali, shuningdek, og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi. Tovarlarni rasmiylashtirishda asosiy hujjat bo’lib BYUD hisoblanadi. BYUD belgilangan BD – 1 va BD – 2 shakldagi huquqiy hujjat bo’lib, tovarlar va transport vositalari O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o’tishida va tanlangan bojxona tartibi boshqasiga o’tkazilishida bojxona rasmiyatchiligini amalga oshirish uchun qo’llaniladi. BYUDda TIF qatnashchisi tovar to’grisidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi, ya’ni: tovarning nomi, TIF TN bo’yicha kodi, tovar joylashtiriladigan bojxona tartibi, tovarning qiymati, og’irligi, o’rami va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun zarur boshqa ma’lumotlar. BYUDda berilgan ma’lumotlar tashqi savdo hisobotini olib borishda asos sifatida qo’llaniladi. BYUDning grafalari tanlangan bojxona rejimiga muvofiq, to’ldiriladi. Har bir turkum tovar uchun, agar ularga bitta bojxona rejimi belgilangan bo’lsa, bitta BYUD to’ldiriladi. Turli bojxona tartibiga joylashtiriladiga tovarlar uchun BYUD bojxona tartibi miqdoridan kelib chiqqan holda to’ldiriladi.
Tovarlar turkumi (partiya) – bir shartnoma asosida bir yuk jo’natuvchidan bir yuk qabul qiluvchiga, transport qoidalariga muvofiq, bitta transport hujjati (yuk xat, konosament va hokazolar) bo’yicha bitta oluvchi nomiga (manziliga) jo’natiladigan, shuningdek, pochta yuk xati bilan jo’natiladigan yoki O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o’tayotgan bitta shaxsning qo’l yuki va yukda olib o’tiladigan tovarlardir. BYUDda ochirib yozishlar, tushunib bo’lmaydigan yozuvlar bo’lmasligi lozim. To’g’rilash xato ma’lumotlarning ustiga chizish va to’g’ri ma’lumotlarni yozish orqali amalga oshiriladi. Har bir to’g’rilash vakolatli shaxsning imzosi va deklarantning muxri bilan tasdiqlanishi lozim. BYUD o’zbek (rus) tilida kompyuter yoki yozuv mashinkasida to’ldiriladi. BYUD umumiy holda o’z – o’zidan nusxa oluvchi 6 ta varoqdan tashkil topgan, asosiy varaq BD – 1 va tovar turkumi bir necha tovardan iborat bo’lganda, qo’shimcha varaq BD – 2 dan iborat bo’ladi. Asosiy varaq BD – 1, bir mamlakatdan jo’natilgan va bir xil bojxona rejimi belgilangan, bir nomdagi tovar to’g’risidagi ma’lumotlarni (TIFF TN bo’yicha bir kodga ega tovarga) bayon etish uchun qo’llaniladi. Qo’shimcha varoq BD – 2 uchtadan tovarni deklaratsiyalash imkonini beradi. Bitta BYUDda BD – 1 va BD – 2 shakllar bilan birga 100 nomdagi tovar to’g’risidagi ma’lumot berilishi mumkin.
BD – 1 shakdagi deklaratsiya 54 raqamli va 4 ta (A, B, C, D) harfli grafalarga ega.
Rasmiylashtirilgan BYUD varoqlari quyidagicha taqsimlanadi:
Birinchi varoq – BYUDni rasmiylashtirgan bojxona organi yig’majildida qoladi;
Ikkinchi varoq – statistika hisoboti uchun Davlat bojxona qo’mitasiga yuboriladi;
Uchinchi varoq – deklarantga qaytariladi;
To’rtinchi varoq – bojxona to’lovlari hisobini olib boruvchi bojxona organi uchun;
Beshinchi varoq – tovarlarni olib chiqishda tovar transport hujjatlari bilan birga belgilangan mamlakatga yuboriladi, tovarlarni olib kirishda tovar oluvchiga qaytariladi;
Oltinchi varoq – tovar eksportchisi/importchisi uchun.
BYUDni o’rganishda qulaylik yaratish uchun uni o’xshash hamda bir – biriga bog’liq ma’lumotlarga ega bo’limlarga bo’lish mumkin:
Yetkazib berishning umumiy tavsifi (1, 3 – 6 grafalar) – bu bo’lim tovar joylashtiriladiga rejim, tovarning miqdori, o’rami to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi;
Bojxona rasmiylashtiruvida mazkur tashqi savdoda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar(2, 8, 9, 14 – grafalar) – bu bo’limda yuk jo’natuvchi, yuk qabul qiluvchi, shartnoma egasi (moliyaviy tartiblashtirish uchun javobgar shaxs) va deklarant to’g’risidagi ma’lumotlar beriladi;
Geografik bo’lim (11, 15 – 17 a – grafalar) – savdo qiluvchi mamalakat kodi, tovar O’zbekiston Respublikasiga olib kirilishida: tovarni ishlab – chiqargan mamlakat va yuk jo’natuvchi mamlakat beriladi. Ushbu bo’limga BYUDning 34 – grafasi bog’liq bo’lib, unda tovar turkumidagi har bir tovarning kelib chiqish mamlakati kodi ko’rsatiladi;
Transport bo’limi (18, 19, 21, 25, 26 – grafalar) – konteynerlardan foydalanish va yuk tashishda foydalanilgan transport vositalari haqidagi ma’lumotni beradi;
Moliyaviy bo’lim (12, 20, 22 – 24, 28 – grafalar) – eksport – import jarayonidagi qiymat, yetkazib berish shartlari, sotuvchi va sotib olish o’rtasida tovarga egalik huquqining o’tish joyi, valyuta tushumi muddati, hisob – kitob shakli, valyuta kursi, moliyaviy javobgar shaxsga xizmat qiluvchi bankning ma’lumotlari, bitimning xususiyati ko’rsatiladi. Ushbu bo’limga A grafani ham kiritish mumkin, unda tashqi savdo ob’yekti bo’lgan bitim ro’yxatga olingan bank ma’lumotlari beriladi.
Tovarlar turkumidagi har bir tovar tavsifi BYUDning asosiy va qo’shimcha varoqlari (BD – 1 va BD – 2) 31 – 46 – grafalarida beriladi.
Ushbu grafalarda: tovar kasi, ishlab – chiqaruvchisi, tovarning TIF TN bo’yicha raqamli kodi, tovarning brutto va netto og’irligi, miqdoriy cheklangan tovarlar uchun kvota qoldig’I, tovar kilogrammda o’lchanmaydigan holatda qo’shimcha o’lchov birligi kodi, agar tovar biror –bir bojxona rejimiga joylashtirilgan bo’lsa, uning BYUD raqami, tovarning faktura, statistik va bojxona qiymati ko’rsatiladi.
BYUDning 44 – grafasi alohida ahamiyatga ega: unda tovarni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar beriladi, jumladan tovarlar uchun litsenziya raqami, transport yo’l varaqasi, savdo – sotiq shartnomasi, boshqa vakolatli organlarning ruhsatnomalari, jumladan, veterinariya, fitosanitariya, muvofiqlik, kelib chiqish sertifikatlari ko’rsatiladi. Tovarlardan bojxona to’lovlarini undirishda imtiyozlar berilgan bo’lsa, qaysi me’yoriy hujjatlar asosida ekanligi, bojxona nazorati davrida to’ldirilgan bayonnomalar va boshqalar ko’rsatiladi.
47, B – grafalar bojxona to’lovlari hisoblangan summa va to’langanligini tasdiqlovchi hujjat ko’rsatiladi, 48 – grafada, agar bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki bo’lib – bo’lib to’lash belgilangan bo’lsa, ushbu muddatning oxirgi sanasi ko’rsatiladi.
Qolgan grafalarda: bojxona chegarasini kesib o’tish joyi (29 – grafa), vaqtincha saqlash bojxona ombori litsenziyasinig raqami (30 – grafa), bojxoa organi tomonida qaytnomalar (7, 43, C, D – grafalar), BYUD to’ldirilgan deklarant – tashkilot haqida ma’lumotlar (14, 54 – grafalar).
BYUDning grafalaridan berilgan yozma ma’lumotlar tegishli klassifikatorlarga ko’ra, kodlar orqali to’ldirib boriladi, masalan, dunyo mamlakatlari, yetkazib berish shartlari, hisob – kitob shakli, valyuta va boshqalar.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun kerakli hujjatlar, tanlangan bojxona rejimiga binoan to’ldirilgan BYUD bilan birga, deklarant tomonidan bojxona organiga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Deklarantga tovarlarni o’z nomidan deklaratsiya qilish huquqini beruvchi hujjat;
Tovarlar tashilganligini tasdiqlovchi transport hujjatlari;
Bojxona qiymati deklaratsiyasi (BQD);
YUEBNK;
BYUDning 44 – grafasida keltirilgan hujjatlar;
Bojxona to’lovlari to’langanliginini yoki to’lanishini tasdiqlovchi hujjat;
BYUDning elektron nusxasi.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish jarayonida BYUDning deklarant tomonidan to’ldirilganidan so’ng, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun qog’oz va elektron shakldagi nusxalarini bojxona hodimiga taqdim etadi.
Taqdim etgan elektron nusxasini bojxona organi xodimi DBQ tomonidan joriy etilgan “ASOD” AAT dasturiga ma’lumotlarni kiritadi.
Shuningdek, “ASOD” AAT dasturi orqali ushbu taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni kiritadi va elektron nusxada 7 – grafasiga bojxona organi xodimi BYUDning tipografik raqamini kiritadi va “Zaregistrirovat” tugmasini bosadi.
Eksport bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organiga yuridik shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: vm – 197
Vakolatli idoralarda ro’yxatga olingan kontrakt (shartnoma, bitim), (birja shartnomasidan tashqari);
Bojxna yuk deklaratsiyasi;
Zarur hollarda vakolatli organlarning ruxsatnomasi;
Transportga oid va tovarlarga ilova qilinuvchi hujjatlar;
Litsenziya (litsenziyalash talab etiladigan tovarlar uchun).
Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organiga yuridik shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Vakolatli idoralarda ro’yxatga olingan kontrakt, shartnoma, bitim (import shartnomalaridan tashqari);
Tovarning kelib chiqish sertifikati;
Transportga oid va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar (nakladnoy, invoys);
Muvofiqlik sertifikati (albatta sertifikatlanishi lozim tovarlar uchun);
Litsenziya (majburiy tarzda litsenziyalanadigan tovarlar uchun);
Fitosanitariya, veterinariya sertifikatlari (zarur hollarda vakolatli organlar tomonidan beriladi);
Zarur hollarda vakolatli organlar ruxsatnomasi;
Bojxona yuk deklaratsiyasi.
Jismoniy shaxslar tomonidan erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Transportga oid va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar (nakladnoy, invoys);
Fitosanitariya, veterinariya, muvofiqlik sertifikatlari (zarur hollarda vakolatli organlar tomonidan beriladi);
Zarur hollarda vakolatli organlar ruxsatnomasi;
Bojxona yuk deklaratsiyasi.
Bojxona yuk deklaratsiyasi va taqdim etilgan hujjatlar ma’lumotlarni tekshirish hamda ularga aniqlik kiritish maqsadida bojxona organi deklarantdan qo’shimcha ma’lumotlar va hujjatlar talab qilish huquqiga ega.
Eskport – import tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashda bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organiga avtomatlashtirilgan informatsiya materiallari “tovarlarni elektron deklaratsiyalash” tizimiga kiritish maqsadida vakolatli tashkilotlar va bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslar qiymati 1000 AQSH dollari miqdoridan ortiq bo’lmagan summadagi tovarlarni, shuningdek, yashash joyi o’zgarganida, o’z ehtiyoji uchun zarur tovarlarni (yashash joyi o’zgartirilayotganligini tasdiqlovchi hujjat asosida) BYUD taqdim etmasdan bojxona qonunchiligiga rioya etilgan holda O’zbekiston Respublikasidan olib chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |