BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA YURIDIK FAKULTETI 5-1 TAR 21 GURUHI TALABASI XAYRULLOYEV SARDORNING FAN TEXNIKA TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISHI To’rayev .A
MAVZU : Abu Iso Muhammad at-Termiziy va Abu Mansur al Moturidiyning ilmiy faoliyati
REJA
Abu Iso Muhammad at-Termiziy faoliyati
Abu Mansur al Moturidiy ilmiy faoliyati
Bugungi kunda Termiziy va Moturidiy ilmiy merosini tiklash yoʻlida olib borilayotgan ishlar
Abu Iso Muhammad at-Termiziy
Uning to’liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug’iy at-Termiziy bo’lib , hijriy 209 /milodiy824- yilda Termiz yaqinidagi Bug’ ( hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan ) qishlog’ida o’rtahol bir oilada tavallud topgan . Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam’oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug’ qishlog’ida vafot etganligi uchun al-Bug’iy taxallusi bilan ham atalgani , olimning ko’p yig’laganidan umrining oxirlarida ko’zi ojiz bo’lib qolganidan az-Zariyr (ko’zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd etadi .
Termiziy ustozlari va shogirdlari
USTOZLARI
Imom al-Buxoriy
Imom Muslim ibn al-Xajjoj
Abu Dovud
Qutayba ibn Sa’id
Is’hoq ibn Muso
Mahmud ibn G’iylon
Said ibn Abdurrahmon
Muhammad ibn Bashshor
Ali ibn Hajar al-Mrvaziy
Ahmad ibn Muniy
Muhammad ibn al-Musanno
Sufyon ibn Vaqiy
SHOGIRDLARI
Maqhul ibn al-Fazl
Muhammad ibn Mahmud Anbar
Abu ibn Muhammad an-Nasafiy
Hammod ibn Shokir
Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy
Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy
Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiy
Termiziy umri davomida hadis ilmini o’rgandi va o’rgatdi
Termiziy zehnining oʻtkirligiga bir dalil
Termiziy zehnining oʻtkirligi, xotirasi hamda quvvai xofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda koʻplab misollar, rivoyatlar keltiriladi. Jumladan, arab tarixchisi Shamsiddin az Zahabiyning (1274-1347) “Tazkirat ul xuffoz “ ( xofizlar haqida tazkira) nomli asarida quyidagi hikoya bor. Termiziy Makkaga hajga borayotganida yôlda kôp mashhur muhaddislar bilan uchrashib muloqotda boʻlib olimlarning biridan hadislardan saboq berishni iltimos qilgan.U olim :boʻlmasa qogʻoz qalam ol degan. Aksiya olib Termiziy qogʻoz qalam topa olmagan va olim roʻparasiga oʻtorib eshitgan hadislarini goʻyo yozib olayotgandek qoʻlini qimirlatib turgan . Olim esa 70ga yaqin hadisni aytib bergan. Olim qogʻozga qarab hech nima yozilmaganini koʻrgan va jahli chiqib “Nima sen meni vaqtimni bekorga olmoqchimisan “ deydi. Termiziy boʻlsa bamaylixotir:” siz aytgan hadislarni yoddan aytib beraymi “deydi . Va hozirgina eshitgan hadislarini hammasini birin ketin aynan takrorlab bergan.