1.2 Xalqaro turizm tasnifi Ulkan xilma-xil sayohatlar ma’lum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko’p jihatdan tur bo’yicha xizmatlar to’plamini, narx belgilanishini taqozo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati xarakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish bo’yicha yetakchi faoliyat o’rnini egallovchi boshqa ko’plab parametrlarni belgilaydi.
Xalqaro turizm tasnifini keltirish bo’yicha ko’proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli,sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi.
Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadida turli ko’rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish( Excursions ), sport bilan shug’ullanish ( Skiinq, Divinq, Fishinq), poxodlar uyushtirish ( Activity Adventure ), ekzotik dam olish ( Exotic Travel ), tematik safar ( Theme Trips, based around cultural themes inarts, history, archalology, etc )lar kiradi.
Ishga doir turizmga kongressli ( Conference Travel ), ishga doir muzokaralar olib boorish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa professional ( kasbiy ) maqsadlardagi ( Business Talks. Ete),shop turlari kiradi.
Takliflar turi bo’yicha tasniflash.Guruh ( Group ) va yakka holda ( FIT )gi xorijiy turizm. Turistik biznesda professional ( Kasbiy mutaxassis )lar bir-birlarini yarim so’zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. “FIT” va “Group” atamalari ko’proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreiqn Independent Traveler ma’nosini anglatadi. Tom ma’noda – xorijiy mustaqil sayohatchi , ruschada – individual ( yakka ) turist deb ataladi. U sayohat yo’nalishi va jadvalini o’z xohishiga qarab, o’zi belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin . Lekin, sayohatni mustaqil tashkil eta olishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali. Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar ( yetkazib beruvchilar) o’z xizmatlarini yakka ( individual ) turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohida, tariflar bo’yicha taklif qiladilar. Yakka holdagi sayohat, odatda, guruh sayohatigaqaraganda qimmatga tushadi.
Kompleks xizmat ko’rsatish (Packaqe tour) guruh tizimi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi. Unda tur qiymatiga qo’shilgan xizmatlar qayd etilgan bo’ladi. Odatda, turpaket qiymati turpaketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq bo'ladi. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko’rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo’shiladi.
Turpaketga butun yo’nalish bo’ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Bu yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek, uchinchi yoshdagi turistlar orasida ayniqsa, mashhurdir. Professional ( kasbiy ) gid-tarjimonlar ekskursiyalar o’tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo’nalish bo’yicha axborotlar beradilar. Guruhga xizmat ko’rsatishda barcha tashkiliy masalalarni ham hal etishda ko’maklashadilar. Guruhning barcha a’zolariga g’amxo’rlik va e’tibor ko’rsatadilar. Gidtarjimonlar sayohat chog’ida turistlar ko’rganlarini tushuntiradilar, ular haqida aytib beradilar.
Hammasi qo’shilgan ( All-inclusive ) – joylashish xizmatining alohida turi bo’lib, ayrim qimmat otellar tomonidan butun restoran-mehmonxona xizmatlari to’plami bitta narxga qo’shilgandir.
Ayniqsa muhim mo’tabar shaxs (VIP)lar uchun turistik kompleks xizmat taklif qilish alohida katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasini (baland narxni) taqozo etadi.
Klubda dam olish (Club Holdays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. U o’z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarning ko’ngil ochish va faol dam olishi uchun tayyorlangan.