Buxoro davlat universiteti turizm fakultet


Safarni tashkil etish bo’yicha tasniflash



Yüklə 31,57 Kb.
səhifə4/6
tarix22.06.2023
ölçüsü31,57 Kb.
#134069
1   2   3   4   5   6
HINDISTON XALQARO TURIZMI

Safarni tashkil etish bo’yicha tasniflash. Tashkillashtirilgan
turizm – turistik firma tomonidan yakka yoki guruh holdagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning agentidan turli xizmatlar to’plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi. Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo’yicha uyushtirilmagan yoki xususiy turizmni ko’rsatish mumkin. Xususiy sayohat turagentlikkka murojaat qilmasdan, bevosita yetkazib beruvchidan xizmatlarni sotib olish yo’li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ba’zan xususiy sayohatni “ O’zboshimchalik” deb xato aytiladi.
Sayohat maqsadi bo’yicha tasniflash. BTT bosh maqsadga bog’liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo’ladi:
Dam olish va rekreatsiya;
Ijtimoiy maqsadlar;
Ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar;
Tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;
Diniy (ziyorat);
Boshqa maqsadlar;
Dam olish va rekriatsiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va boshqa sog’lomlashtirish maqsadlaridan iborat. U bo’sh vaqtni to’ldirish uchun sayr-tomosha va turli xil sport mashg’ulotlarini taklif etadi. Ba’zi asoslarga ko’ra unga turizmning ekskursiya, ixtisoslashgan, ta’limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekalogik turlari ham qo’shiladi.
Sayohat turizmi bilim orttirish turizmining ko’proq ommalashgan turlaridan biri hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovor joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, san’at va boshqa
Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma’lum maqsadga ega. Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xo hot sporti yo’nalishi, xoh tarixiy va shaxs bilan bog’liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g’ayrioddiy joylashish maskanida to’xtashni istovchi birlashgan turistlarguruhlari ajratiladi. Bu joy salomatlik fermasi yoki dehqon uyi bo’lishi mumkin. Bu segment bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bunday turistlar yuqori darajada ma’lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali ( boshqaruvchi, noyob mutaxassislar va boshqa yoqori darajadagi kasb egalari ) kishilardir.

Yüklə 31,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin