Uslubiy ko’rsatmalar: Yelka oldinga og’ib ketmasligi va kuchlanmasligi (qo’llarni belda ushlash mumkin). Son gorizontal holgacha ko’tariladi, tayanch oyoq to’liqligicha to’g’rilanadi. Bir oyoq tayanch holda turganda, siltanadigan oyoqni son harakati oldinga yuqoriga bo’lib, to’liqligicha to’g’rilanadi, tos oldinga tushadi.
4 – vazifa: Burilishda yugurish texnikasiga o’rgatish.
Vositalari:
1. Ko’rsatish va tushuntirish.
2. Yo’lakni qayrilishida tezlanish bilan takroran yugurish, oldingidan boshlab, keyinchalik radiusi kichik yo’lakka o’tib yugurish.
3. To’g’ri yo’lakda tezlanish bilan yugurib har xil tezlikda qayrilishga kirish.
4. 10-20 m radiusdagi doira har xil tezlik bilan yugurish.
Dostları ilə paylaş: |