Tadqiqotning metodologik asosi. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ilm-fan, ta’lim tarbiya va chet tillarni o`rganishga doir asarlari va farmonlari, soha mutaxassislarining, jumladan, Konni Enn Kerk, Endryu Bleyk, Devid Kolbert, Don D’ammassa, I.Bobulova va B.Jamilovalarning mavzuga doir fundamental asarlari ushbu tadqiqot ishining metodologik asosini hosil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Biz tadqiqotimizning mavzusini yoritishda qiyosiy va stilistik tahlil kabi metodlaridan foydalandik.