O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika –matematika fakulteti
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi
“Kompyuter grafikasi va web dizayn” fanidan
Mavzu: Corel Draw dasturida vektorli grafika bilan ishlash va uning imkoniyatlari.
Bajardi: Hojiyeva M.
Qabul qildi: Xayatov X.
Buxoro-2016
MAVZU: Corel Draw dasturida vektorli grafika bilan ishlash va uning imkoniyatlari.
Reja:
Vektorli grafika tushunchasi
Vektorli va rastrli grafika
Obyektlar bilan ishlash
Vektorli grafika tushunchasi
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu - rasm masshtabini qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o'zgarmaydi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo'shish imkoni bor. Import qilingan, ya'ni qo'shilgan rastrli tasvirlarni tahrirlash imkoni vektorli grafik dasturlarda k?zda tutilmagan.
Vektorli grafik dasturlarni bir nechta kompaniyalar ishlab chiqaradilar va ularning ba'zi imkoniyatlari ayrim dasturlarning vazifalari ko'lamiga kiritilgan. Masalan, MS Office dasturlar majmuasiga kiradigan Word dasturida ayrim vektorli shakllarni chizish va hujjat tarkibiga kiritish mumkin.
Vektorli grafikaimkoniyatlaridan mukammal foydalanish uchun maxsus dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq, masalan: Corel Draw, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator va boshqalar.
Yuqorida ko'rsatilgan dasturlardan eng mashhuri va keng qo'llaniladigani, bu albatta, Corel Draw dasturidir. Hozirgi kunda uning 11- va 12-versiyalari mavjud.
Corel Draw dasturi o'zida mavjud bo'lgan uskunalar va shakllar yordamida biror bir tasvirni yaratish, unga turli effektlarni qo'llash, rastrli tasvirlarni import qilish, tayyor tasvirni chop etish yoki eksport qilish imkoniyatlarini beradi.
Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil bo'ladi:
Mazkur oyna quyidagilardan tashkil topgan:
- Dastur sarlavhasi - dastur nomi va joriy ochilgan hujjat nomini aks ettiradi;
- Bosh menyu - barcha farmoish va sozlash, effektlarni o'ziga olgan;
- Standart panel - asosiy tahrirlash amallarini bajaradigan uskunalarni o'ziga olgan;
- Xususiyatlar paneli - tanlangan uskuna yoki belgilangan ob'ektga muvofiq tarkibi o'zgaradigan xususiyat (parmetr) lar paneli;
- Uskunalar paneli - barcha uskunalarni o'ziga olgan;
- Holat satri - joriy amallar haqida ma'lumot aks etadi;
- Ranglar atlasi - ob'ektlarni bo'yashda qo'llaniladigan ranglar majmuasi.
Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr bo'ladi, uni faqat Corel Draw dasturida ochish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, faylni saqlashda qaysi versiyaga moslashtirib saqlash kerakligini ko'rsatish kerak, aks holda boshqa versiyadagi dasturda fayl ochilmasligi yoki
ayrim effektlar yo'qolishi ehtimoli mavjud. Agarda hujjatda antiqa va maxsus shriftlardan foydalanilgan bo'lsa, matn va yozuvlarni curves, ya'ni geometrik shakllar ko'rinishiga aylantirish kerak bo'ladi.
Boshqa vektorli grafika dasturlarining imkoniyatlari Corel Draw dasturiga o'xshash bo'ladi, faqat ularni ta'minlash, ijro etish texnologiyasi va mexanizmlari farqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |