Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to‘plami. XX jildlik. I jild. Badoye’ ul-
bidoya. – Toshkent: Fan, 1987. – 689 b. 


72 
2. Navoiy A. G‘azallar, sharhlar. – Toshkent: Kamalak, 1991.− 176 b. 
3. Navoiy asarlari lug‘ati. Tuzuvchilar: P.Shamsiyev va S. Ibrohimov. Toshkent: 
G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1973. – 784 b. 
4. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: 
O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi 
nashriyoti, 2006. − 528 b. 
5. Husayn Boyqaro. Shoh va shoir. T:, “Sharq”, 1995 y.
TEJAMKORLIK 
‒ 
O‘ZBEK TILI GRAMMATIK QURILISHINING BOSH 
XUSUSIYATI 
N.Xudoyberdiyeva 
BuxDUPI o‘qituvchisi
Tohirova Barchinoy 
BuxDUPI talabasi 
 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tejamkorlik – o‘zbek tili grammatik 
qurilishining bosh xususiyati haqidagi qarashlar keltirilgan 
 
Kalit so‘zlar:
lug‘aviy vosita, egalik qo‘shimchalari, Grammatik qurilish
Istiqlol sharofati bilan til siyosati o‘zgardi. Ona tilimizga huquqiy va siyosiy 
erk berildi. Endigi vazifa ruhni tutqunlik, qullik asoratidan qutqarishdir. Tilshunos, 
til muallimi shuni teran anglab, ona tilimizning xususiyatini o‘zi o‘rganmog‘i
hamda yosh avlodga o‘rgatmog‘i darkor. Bu murakkab vazifani muvaffaqiyatli hal 
etish ko‘p jihatdan o‘zbek tili grammatik qurulishining bosh (yetakchi) 
xususiyatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Bosh xususiyat aniqlangach, unga 
asoslanib til sistemasi unsurlarining struktur-semantik-funksional xususiyati, 
boshqacha aytganda shakli (tuzilishi, shakli), mazmuni va qo‘llanishini to‘g‘ri 
talqin qilish imkoni tug‘iladi. Tilshunos G‘ani Zikrillayev shunday deb yozadi: 
“An’anaviy, struktura system tilshunoslik yutuqlariga asoslanib ona tili 
sistemasining eng muhim belgilarini umumlashtirish natijasida o‘zbek tili 
grammatik qurilishining bosh xususiyatini tejamkorlik deb ataymiz. Tejamkorlik 


73 
deganda, eng avvalo, gap (matn) da so‘z va qo‘shimchani tejab ishlatish nazarda 
tutiladi”. 
1. O‘zbek tilida so‘zning o‘zak-negizi mustaqil qo‘llanadi. Jumladan, 
fe’lning o‘zak-negizi lug‘aviy, gramatik va kommunikativ ma’no ifodalab, asosiy 
va qo‘shimcha tushunchadan tashqari fikr ham bildiradi. Shunga asosiy tushuncha 
anglatib lug‘viy unsur (leksema), qo‘shimcha tushuncha bildirib grammatik shakl 
(so‘z formasi), fikr ifodalab kommunikativ birlik (gap) vazifasini bajaradi. 
Masalan , ol, ishla fe’llarining lug‘aviy ma’nosi sakkizta: buyruq, kelasi zamon, II 
shaxs, birlik, hurmatga betaraflik, bosh nisbat, bo‘lishlik, tarz-yo‘sin (aspekt)ga 
betaraflik. 
Grammatik ma’nodan beshtasi kesimlikni shakllantirganidan o‘zak-negiz 
ohang yordamida gap ham bo‘lib keladi. Ol, ishla. Barcha mustaqil fe’l shunday 
xususiyatga ega. Demak, o‘zbek tilida fe’lning o‘zak-negizi leksikologiya, 
morfologiya va sintaksis uchun umumiy unsur bo‘lib xizmat qiladi.
Rus tilida tamoman boshqacha holni ko‘ramiz, fe’lning o‘zak-negizi (pisa-, 
prochita-) lug‘aviy ma`no anglatish uchun xoslangan bo‘lib leksikologiya birligi 
hisoblanadi. Grammatik ma’no boshqa vosita bilan ifodalanib grammatik forma 
hosil bo‘ladi (писал, прочита-л). Shuning uchun morfologiyada ana shunday 
vosita (qo‘shimcha, tovush o‘zgarishi, yordamchi so‘z) va ular ifodalaydigan 
ma’no o‘rganiladi. Grammatik shakl ifodalaydigan ma’nolar kesimlik uchun 
yetarli emas: shaxs ma’nosi, ya’ni ish va harakatni bajaruvchi (subyekt) noaniq. 
Shu sababli ega (subyekt)ni ko‘rsatuvchi so‘z qo‘llangandan keyingina gap hosil 
bo‘ladi. (Я писал. Ты писал. Он писал). Demak, rus tilida leksikologiya, 
morfologiya va sintaksis unsuri bir-biridan farq qiladi. 
Qisqacha solishtirishdan ma’lum bo‘ladiki, rus tilida qo‘shimcha va so‘z 
bilan ifodalanadigan grammatik ma’nolar o‘zbek tilida birgina fe’lning o‘zak-
negizidan anglashiladi. Binobarin, qo‘shimcha va so‘z tejalib, tushuncha va fikrni 
ixcham ifodalashga erishiladi. A. G‘ulomov tomonidan ham, o‘rta va oliy maktab 


74 
uchun boshqa olimlar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalardan ham shu farq 
inobatga olinmay rus tilining grammatik qurilishiga xos xususiyat o‘zbek tiliga 
ko‘chirilgan. Tilshunos, til muallimi mazkur farqni o‘zi tushunib istiqlol 
farzandlariga o‘rgatmog‘i darkor. 
2. Ayrim ma’no ham lug‘aviy vosita (o‘zak-negiz, alohida so‘z), ham 
grammatik vosita (qo‘shimcha) bilan ifodalanadi. Ko‘plik ma’nosi shunday. Bu 
ma’noni -lar qo‘shimchasi, ot (ko‘z, quloq, guruh, qo‘shin, xalq), son (ikki, o‘n 
yuz, beshta, o‘ntacha, o‘nlab, yuzlarcha), olmosh (hamma, barcha, ayrim, ba’zi), 
sifat (ko‘p, oz), fe’l (ko‘paymoq, to‘planmoq, yig‘ilmoq) anglatadi.Gap, birikmada 
lug‘aviy vosita qo‘llansa qo‘shimcha ishlatilmaydi: bola+lar, ammo o‘n bola, 
hamma bola, ko‘p bola: odamlar keldi, ammo odam to‘plandi; mashq+lar, ammo 
mashq to‘plami. Demak qo‘shimcha tejaladi. 
Rus tilida bunday emas. Lug‘aviy vosita bo‘lsa ham qo‘shimchaning 
ishlatilishi shart: все студент-ы, много студент-ов, десять студент-ов,сборник 
упражнений kabi. 
O‘zbek va rus tili orasidagi shu farq hozirgacha inobatga olinmadi yoki yetarli 
e’tibor berilmadi. Yangi yoziladigan qayta nashr qilinadigan darslik va 
qo‘llanmalarda ona tilining ana shu xususiyati qoida qilib berilishi lozim. 
3. Ayni bir qo‘shimcha oladigan so‘z takrorlanib kelganda ham 
tejamkorlikka rioya qilinadi. Qo‘shimcha (ta’kid nazarda tutilmasa) oxirgi so‘zga 
qo‘shiladi. Uyishiq bo‘lakda ko‘plik va kelishik qo‘shimchasining ishlatilishi 
shunday xususiyatiga ega: o‘quvchi va o‘qituvchilar; o‘quvchi, o‘qituvchi va 
xizmatchilar; o‘quvchi, o‘qituvchi, xizmatchi va boshqalar; o‘quvchi va 
o‘qituvchilarni; o‘quvchi, o‘qituvchi, xizmatchi va boshqalarni kabi. 
Rus tilida boshqacha bo‘ladi. Ko‘plik va kelishik qo‘shimchasi uyushiq 
bo‘lakning hammasiga qo‘shiladi: ученики и учителя; ученики, учителя и 
хозработники; ученики, учетеля, хозработники и другие; учеников и 


75 
учителей; учеников, учителей и хозрабников; учеников; учеников, учителей, 
хозработников и других. 
Ayni bir qo‘shimcha oladigan so‘zlar boshqa-boshqa bo‘lak bo‘lganda ham 
(ta’kid nazarda tutilmasa) qo‘shimcha tejab ishlatiladi. Ega va kesimda shunday. 
Egaga -lar qo‘shilib kesimga qo‘shilmaydi: Bolalar o‘ynadi. 
Rus tilining xususiyati boshqa. Ega ham, kesim ham ko‘plab qo‘shimchasini 
oladi, chunki kesimning ega bilan sonda moslashishi shart: Дети играли. Ana shu 
farq hisobga olinmaganidan ko‘pchilik darslik va qo‘llanmada rus tiliga xos 
xususiyat qoida qilib beriladi. Oqibatda matbuot, radio va telivideniyada 
qo‘shimchani tejab ishlatishga umuman rioya qilinmayapti. 
4. Ko‘pchilik qo‘shimcha asli so‘z bo‘lganidan ular orasida ma’nodoshlik 
mavjud. Shunga ko‘ra ayrim so‘zdan anglashiladigan ma’no qo‘shimcha bilan ham 
ifodalanadi. Shaxs-son va hurmat ma’nosi bunga misol bo‘ladi, ularni-m,-man,-
(a)y va men: -ng, -san va sen; -k, -miz, -(a)ylik va biz; siz, -(i) ngiz va siz 
anglatadi. Ta’kid nazarda tutilmasa gapda olmosh qo‘llanmaydi, faqat qo‘shimcha 
ishlatiladi: Keldim, olding, borasiz. Demak, bunday holda so‘z tejaladi. Uning 
ma’nosini ham qo‘shimcha anglatadi. Shunga ko‘ra ega tushib qoldi deyish to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Rus tilida bunday gaplarda olmosh qo‘llanadi: Я пришёл. Ты взял. Вы 
пойдёте. 
Otda egalik (xoslik), shaxs va son ma’nolarining ifodalanishida ham (ta’kid 
nazarda tutilmasa) so‘z tejaladi: kitobim (mening kitobim deyilmaydi), kitobing 
(sening kitobing deyilmaydi), kitobingiz (sizning kitobingiz deyilmaydi). 
Rus tilida egalik ma’nosini ifodalaydigan qo‘shimcha bo‘lmaganidan so‘z 
(olmosh)ning qo‘llanishi shart: моя книга, твоя книга, ваша книга. 
Faqat olmosh emas, boshqa so‘zlar bilan ham qo‘shimcha o‘rtasida 
ma’nodoshlik mavjud: -moqchi bilan istamoq, xohlamoq, -digan bilan kerak, 
lozim; -ku bilan axir; -da bilan albatta; -sa bilan agar; -sa ham bilan garchi; -gina 
bilan faqat, xolos; -ga bilan uchun; -dan bilan orqali; -dek, -day bilan go‘yo, 


76 
singari ma’nodosh. Ta’kid nazarda tutilmaganda faqat qo‘shimcha ishlatilib, so‘z 
tejaladi. 
Rus tilida mazkur ma’nolarning aksariyatini ifodalovchi qo‘shimcha 
yo‘q.Shuning uchun so‘z tejalmaydi. 
Ana shu farq darslik va qo‘llanmalarda qat’iy qoida qilib berilmaganidan 
faqat og‘zaki emas, yozma nutqda ham so‘z tejalmay, noo‘rin ishlatilmoqda. 
5. O‘zbek tilining Grammatik qurilishiga xos bo‘lgan betaraf ma’no ham 
tejamkorlik bilan bog‘liq.
Betaraflikni ma’no deb qarashga til bilan nutqni farqlash va grammatik 
ma’noning darajalab ifodalanishini e’tirof etish imkon beradi. Betaraflik so‘z, 
o‘zak-negiz va qo‘shimchaga xos xususiyat bo‘lib nutqiy maqsadi vazifa taqozo 
qilganda gap (matn) da qulay vosita yordamida voqe bo‘ladi. 
Qulay vosita vazifasini lug‘aviy, fonetik unsur, shuningdek vaziyat, ijtimoiy 
omil, tinglovchining xabardorligi, bilimi, imo-ishora, mantiqan ayonlik kabi 
g‘ayrilisoniy unsurlar bajaradi. 
Betaraflik A. G‘ulomov va boshqa ko‘pchilik olim tayangan manbalarda 
grammatik ma’no deb qaralmaganidan bo‘lsa kerak, o‘zbek tilining amaldagi 
darslik va qo‘llanmalarda grammatik ma’noning faqat ifodalanish-ifodalanmasligi 
olib qaraladi. Oqibatda betaraflik xos ayrim shakl (nol forma) umumiy ma’noning 
bir ko‘rinishini ifodalaydi deb ko‘rsatiladi (masalan otning tub shakli birlikni 
bildiradi deyiladi) yoki umuman tilga olinmaydi (masalan –ng, -san 
qo‘shimchalarining hurmatga betarafligi). Holbuki, til unsurining bu xususiyati 
Praga tilshunoslari (R.O. Yakobson, A.V. Isachenko va b.) tomonidan 30-
yillaridan, sho‘ro va o‘zbek tilshunoslari (G‘.N. Zikrillayev va b.) tomonidan 60-
70-yillardan beri o‘rganib kelinadi.
Sistem yondashuv o‘zbek tilida ayrim unsur bitta, ayrimi bir necha ma’noga 
betaraf bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan, fe’lning o‘zak-negizi hurmat va tarz 
yo‘singa betaraf. 


77 
Hurmatga betaraflik nutq (gap, matn)da ham saqlanib qoladi. U ijtimoiy 
omil yordamida o‘zak-negizning o‘zi orqali (Karim buni ol) yoki qo‘shimcha (-ng,
-san, -di, -gan va hokazo) bilan ifodalanadi. 
Tarz-yo‘sin 
ma’nosining 
ayrim 
ko‘rinishi 
fe’lning 
o‘zak-negizi 
(boshlanmoq, takrorlanmoq, tugatmoq, so‘lmoq va hokazo), ayrim ko‘rinishi 
qo‘shimcha (perfektlik, ya’ni sub’ektning tavsifi -gan bilan), ayrimi yordamchi 
so‘z (yig‘lab yubordi) bilan ifodalanadi. Mazkur ma’noning ayrim ko‘rinishi 
alohida so‘z (qo‘qqisdan, dabdurustdan) bilan ifoda etiladi. (Dabdurastdan 
yig‘ladi). 
Betaraflik fe’l turkumidagi shaxs son, mayl, zamon, nisbat ma’nolariga ham 
xos. Masalan -adi qo‘shimchasi hozirgi va kelasi zamonga betaraf, bu uning 
lisoniy xususiyati. Nutq (gap, matn)da mazkur ma’nolar qulay vosita yordamida 
namoyon bo‘ladi. Qulay vosita vazifasini fe’lning lug‘aviy xususiyati, aniqrog‘i 
intiholi-intihosizlik bajaradi. Fe’l intiholi (terminativ) bo‘lsa kelasi zamon , 
intihosiz (kursiv) bo‘lsa hozirgi zamon ma’nosi namoyon bo‘ladi: Ketasanmi? -
Ketaman (O‘. Umarbekov). 
Fe’lning o‘zak-negizi mazkur xususiyatlarga betaraf bo‘lsa, zamon ma’nosi 
namoyon bo‘lishi uchun qo‘shimcha vosita kerak bo‘ladi: -Siz ularning kimi 
bo‘lasiz? - Tanishi bo‘laman (O‘. Umarbekovr). Sen olim bo‘lasan (O‘. Umar-
bekov). 
-(a)r qo‘shimchasi hozirgi va kelasi zamondan tashqari modal ma’noga ham 
betaraf, -sa qo‘shimchasi shart, istak, hozirgi va kelasi zamonga, -sin buyruq, istak, 
hozirgi va kelasi zamonga, -gan bevosita kuzatganlik, bevosita kuzatilmaganlik,
-ibdi keyin bilganlik, eshitganlikka, -siz, -ngiz, -(i) ngiz birlik va ko‘plikka
betaraf. Mazkur ma’nolarga nutq (gap, matn)da yuqorida ko‘rsatilgan lisoniy va 
g‘ayrilisoniy vosita yordamida namoyon bo‘ladi.


78 
Betaraflik otning tub shakli, ko‘plik, egalik, hurmat va kelishik kategoriyasi 
qo‘shimchalariga ham xos. Chunonchi, otning tub shakli birlik, ko‘plik, umumiylik 
ma’nolariga, -(i)ng hurmatga, -(i)ngiz birlik va ko‘plik va hurmatga betaraf. 
Betaraf ma’no lisoniy vosita yordamida ifodalanadigan ortiqcha takrorning 
oldi olinib, tejamkorlikka erishilsa, g‘ayrilisoniy unsur yordamida namoyon 
bo‘lganida tejamkorlik yuqori darajada zuhur bo‘lib, tushuncha va fikrni o‘ta 
ixcham ifoda etish imkoni tug‘iladi. Bundan ona tilimizning ana shu xususiyatini 
e’tiborga olib darslik va qo‘llanmalarga qoida qilib kiritishning maqsadga 
muvofiqligi ayon bo‘ladi. 
Bundan tashqari betaraflik ayni bir unsur (so‘z, o‘zak-negiz, qo‘shimcha)da 
bir necha ma’noga ishora (munosabat) bo‘lishiga imkon berganligidan shu vaqtga 
qadar ustuvor bo‘lgan fikr - agglutinativ tilda qo‘shimcha, asosan, bir ma’noli 
bo‘ladi deyish ona tilimizning xususiyatiga mos kelmasligini ko‘rsatadi. 
6. Betaraflikning yana bir ko‘rinishi borki, u ham tejamkorlik bilan 
bog‘langan. Ayrim qo‘shimchali (yasama) shakl ham tuslanadi, ham turlanadi, 
ham nutq (gap matn)da o‘zgarmay qo‘llanadi. Jumladan, -gan qo‘shimchali shakl 
shunday xususiyatga ega. Bu shakl kesimga xos o‘rinda kelsa tuslanib ohang 
yordamida gap hosil bo‘ladi (Kelgan. Kelmagan), sifatga xos o‘rnida (otdan oldin) 
tursa aniqlovchi (kelgan bola), otga xos belgi (egalik hurmat, kelishik 
qo‘shimchasi) olsa to‘ldiruvchi va hol bo‘lib keladi. To‘ldiruvchi bo‘lganda qulay 
vositaga qarab fikr ham anglatadi (Ko‘rganini aytdi). Demak, -gan shakli bitta gap 
bo‘lagi bilan bog‘liq emas. Boshqacha qilib aytganda, mazkur shakl mazmuni 
turkumlovchi ma’nodan keng, u sintaktik vazifa ham bajaradi. 
O‘zbek tilida ayrim so‘z (tub shakl, o‘zak-negiz) ham shunday xususiyatga 
ega. Masalan, ot deb qaraladigan ayrim so‘z ham mavjudot (tilla - nodir ma’dan), 
ham belgi (tilla soat) bildiradi. Ayrim so‘z hech qanday qo‘shimcha olmay ham 
mavjudodning, ham ish-harakatning belgisini anglatadi (ko‘p bola, ko‘p gapirdi). 


79 
Rus tilida esa turkumlovchi ma’no toifaviy ma’nodan umumiyroq bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra tuslanish fe’lga, turlanish ot, sifat, son, olmoshga xos. Sifatdosh, 
shakli, mazmuni va vazifasi jihatdan sifatga, ravishdosh ravishga o‘xshaydi. 
Ravish va sifat ham mazkur belgilarga ko‘ra farqlanadi. 
O‘zbek va rus tili orasidagi ana shu farq inobatga olinadigan bo‘lsa so‘zlarni 
turkumlashni ham, ular bilan toifaviy ma’nolarning munosabatini ham bir qadar 
boshqacha talqin qilishga to‘g‘ri keladi. 
7.Tejamkorlik sintaktik birliklarning shakllanishida ham zarur bo‘ladi. 
O‘zlashtirma xabar, buyruq va so‘roqning ifodalovchi bunga misol bo‘la oladi. 
Jumladan, o‘zlashtirma xabar birgina (-i)bdi qo‘shimchasi bilan ifodalanadi. 
Olibdi (qiyoslang: oldi). Ikkinchi misolda so‘zlovchi ko‘rgan (shohidi 
bo‘lgan), birinchi misolda esa eshitgan xabar aks etgan. Shunga ko‘ra birinchi 
misolni o‘zlashtirma gap deymiz. Sintaktik yo‘l bilan hosil bo‘luvchi o‘zlashtirma 
gap (Olganini aytdi) dan farqi xabar manbai (muallifi) ning ko‘rsatilmaganligidir. 
Nutqiy maqsadi vazifa taqazo qilsa xabar manbai (egasi) lug‘aviy va boshqa vosita 
bilan ifoda etiladi.Ustod! Qalandar Qarnoqiy olamdan o‘tibdi – Kim xabar qildi? 
Xabarni usta bobo yetkazdi (O.Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”) Bu matnda faqat
-(i)bdi shakli bilan ifodalangan kesim (olamdan o‘tibdi)ni qoldirsa ham xabarning 
eshitganligi anglashilaveradi. Binobarin, sintaktik ma’no morfologik vosita bilan 
ifodalanib ixchamlikka erishiladi. 
Rus tilida mazkur ma’no qo‘shma gap orqali ifodalanadi. Usta bobo передал, 
что Каландар Карнаки умер. 
Modomiki, o‘zlashtirma xabarning qolip va andozasi rus tilidan farq qilar 
ekan, darslikda beriladigan qoida ham shunga mos bo‘lmog‘i kerak. 
8. Ayrim sodda gapda birdan ortiq hukm (fikr) ifodalanadi. Bunday gap rus 
tilida tarjima qilinganda ko‘pincha qo‘shma gapga aylanadi. Toshkentga borganini 
aytdi. ‒ Он сказал, что он поехал в Тошкент. Aniqlovchi -gan shaklidan 
ifodalangan sodda yoyiq gap ham shunday xususiyatga ega. Bu ham ona tilining 


80 
qonun-qoidalarini belgilashda rus tiliga taqlid qilish noo‘rin ekanligidan dalolat 
beradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin