94
2. Мадвалиев А. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. Биринчи жилд. –
Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти,
2008. – 533 б.
3. Мадвалиев А. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. Иккинчи жилд. –
Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти,
2008. – 569 б.
4. Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Маънолар махзани. –Т.: “Ўзбекистон
миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2018. – 16, 241.
BUXORO SHAHRI EKOTIZMLARIDA ODDIY MAYNA
(ACRIDOTHERES TRISTIS LINNAEUS, 1766) NING UCHRASHI,
KO‘PAYISHI VA SONINI BOSHQARISH MASALALARI
Doniyorov Boymurod Normurotovich
BuxDU katta o‘qituvchisi
Buxoro shahri sharoitida oddiy maynaning bioekologiyasiga oid ilmiy
tadqiqot va kuzatishlarimizni 2007-2022 yillarda olib bordik.
Shunga asosan bu
qushni Buxoro shahridagi barcha muhitlarda yil davomida uchrashi, yuksak
darajada moslashganligi uchun soni va ahamiyati jihatidan ekotizmda o‘ziga xos
o‘rinni egallashi hamda yuqori zichlikka ega bo‘lishi guvohi bo‘ldik.
Qolaversa,
shahar hududida sonining ko‘pligi, serharakatligi, tajovuskorligi uni boshqa
turlardan ajratib turishi bilan kishi e’tiborini o‘ziga tortadi.
E. Sh. Shernazarov ma’lumotiga ko‘ra 1976-yilning
qishida Toshkent
aviatsiya zavodi sexida 4000 ta, 1980 yil chinni zavodi sexida 5000 ta atrofida
maynalarning tunashi bizga manbalardan ma’lum. Shaxsiy tadqiqotlarimizda
mayna kuz va qish fasllarida asosan 5-40 tagacha individdan iborat kichik, ba’zan
200-400 tagacha individdan iborat o‘rta va ahyon-ahyonda 2000-3000
tagacha
individdan iborat katta guruhlar hosil qilib oziqlanish, bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chish, tunash,
dam olish, raqobatlashish va himoyalanish kabi hayotiy
jarayonlarni amalga oshirishi aniqlandi. Besh mingtagacha individdan iborat eng
95
katta kolloniyasini 2010-yilning 10-yanvarida oziqlanish
jarayonida Buxoro
Avtoshohbekat yaqinidagi ko‘l atrofi(hozirgi Buxoro madaniy markazi
majmuasi)da uchratildi.
Iqlimiy omillarning nomoyon bo‘lishiga ko‘ra ba’zan dekabr oyida ham juft
holdagi va uya qurayotgan mayna oilalarini ko‘rish mumkin. Biroq ko‘payish bilan
bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar fevral oyining boshlarida
maynalarning bir holatda
juftlarga ajralganligini, ikkinchi bir holatda hali ham 7-15 tagacha individdan
iborat guruh bo‘lib, o‘z arealida nomoyon qiladigan xulqiy reaksiyalarida ko‘zga
tashlanadi. Mart oyinining uchinchi dekadasiga kelib uya
qurishga kirishganligini
kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: