534
o‘yin mazmunini anglashni talab qiladi. O‘yin bolani talim tarbiya olishga zarur
ko‘nikmalar hosil qilishga undaydi. Didaktik o‘yinlarni bolalarning ma’naviy va
axloqiy kamolotiga ularning mukammal inson bo‘lib kamol topishida tarbiyaviy
ta’sir qudratiga ega. O‘yin timsolida bolalar jamoa bo‘lib yashashga
uyushqoqlikkka birgalikda ijod qilishga, ishlashga va mustaqillikka o‘rganadilar.
Didaktik o‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini ongini o‘stirishga ularning fikrlash
tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning his-tuyg‘ularini
shakllantirishga ayniqsa, ularning sezgi a’zolarini (sezish, ko‘rish,
tinglash, va
boshqalar) faoliyatini oshirishga yordam beradi. Uning idroki zehni xotirasi,
irodakisini mustahkamlab boradi. Diqqati va topqirligi oshib boradi, olgan
bilimlarining o‘z faoliyatida mehnat o‘yin jarayonida sinab ko‘rish ishtiyoqi paydo
bo‘ladi. Didaktik o‘yinlardan asosan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantirihga
ta’sir etuvchi vosita foydalanish bilan bir qatorda nutq o‘stirish, atrof-muhit bilan
tanishtirish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Ekologik va estetik tarbiyani amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Bolalar bilan
o‘tkaziladigon har bir didaktik o‘yin ularda aniq
bilimga narsa va buyumlarga
qiziqish uyg‘otish bolalar diqqatini jalb qila olishi mumkin. Bolalar oldiga
qo‘yilgan bolalar tushunchasiga mos bo‘lmasa, ularni qiynab qo‘ysa, u vaqtda
o‘yin o‘z qiymatini yo‘qotadi. Bolalar qiziqmagach vazifa bajarilmaydi, maqsadga
erishilmaydi. Didaktik o‘yinda bevosita takrorlash metodlaridan foydalanish lozim.
Bundan maqsad ayrim muammolarni hal qilishdir, ya’ni mashg‘ulotlarda faol
qatnashgan bolalar bilan sust, loqayd bolalarni ham o‘yinga jalb qilib olingan bilim
va ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iboratdir. Ta’limning o‘yin jarayonini
ayniqsa, ochiq havoda amalga oshirish bolalarda kuzatuvchanlik va ijodgarlikni
rivojlantirib
va ularni ranglarni, shakllantirib, kata-kichikligini, hidni, ta’mni,
aniqlashda qobilyatini taraqqiy ettirishga o‘rgata boradi. Jismoniy mashqlar
o‘tkazish chog‘ida ham turli she’riy yoki topishmoqli o‘yinlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bolalarda mustaqil bajarish malakaviy ko‘nikmalarini
535
hosil qilish ularning zehnini ostirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini
rivojlantirish
ijodiy fikr maxsulini o‘stirish qiziqishlarini oshirish maqsadida mashg‘ulotlarni
zamonaviy usullarda foydalanib o‘tish davr talabidir. Mavzuli nutq o‘stirish, atrof-
olam bilan tanishtirish mehnat mashg‘ulotlarida sahnalashtirish “o‘yin
musobaqalar” “teatrlashtirish” “Sayohat” “Konsert” mashg‘ulotlaridan foydalanish
samarali natija beradi. Shunday qilib, - O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib
unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi. - O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar
hayotini tashkil etish shaklidir. - O‘yin bolalarning har tomonlama tarbiyalash
vositalaridan biridir
-
O‘yin bolalarga ta’lim tarbiya berishning metod usulidir. - Bolalar uyini o‘zining
mazmuni xususiyati va tashkiliy jihatlariga egadir. - O‘yin bolalarning jismoniy
jihatdan tarbiyalashda maktabgacha talim muassasasi ishida katta o‘rin egallaydi.
O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi. Hayotiy
faollik ortadi birdamlik,
tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham
bolalarni jismoniy tarbiyalashda o‘yin munosib o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: