INNOVATSION YONDASHUVI
234
mening kitobing
uning kitobi
sizning kitobimiz
ularning kitobingiz
bizning kitobi
Keyin esa o‘quvchilarga chap va o‘ng tomondagi ma’nosi bir-biriga mos
keladigan so‘zlarni bog‘lab, so‘z birikmasi hosil qilishni so‘raydi. O‘quvchilar
quyidagi so‘z birikmalarini tuzadi:
mening kitobim
sening kitobing
uning kitobi
bizning kitobimiz
sizning kitobingiz
ularning kitobi
Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘raydi:
-O‘quvchilar, sizlar nima uchun kitobim so‘zini mening so‘zi bilan
bog‘ladingiz?
O‘quvchilar javob bera olmasa, o‘qituvchining o‘zi tushuntiradi.
Chunki, o‘quvchilar, kitobim so‘zidagi -im qo‘shimchasi “mening” degan
ma’noni bildiradi. Boshqa qo‘shimchalardan ham shunday: kitobing so‘zidagi -ing
qo‘shimchasi sening degan, kitobi so‘zidagi -i qo‘shimchasi uning yoki ularning,
kitobimiz so‘zidagi -ingiz qo‘shimchasi sizning degan ma’noni bildiradi. Demak,
egalik qo‘shimchalari va qaratqich kelishigini olgan kishilik olmoshlari ma’nodosh
ekan.Shunday deb o‘qituvchi doskaga ma’nodosh egalik qo‘shimchalari va kishilik
olmoshlarini yozadi.
-im — mening
-ing — sening
-i — uning,ularning
235
-imiz — bizning
-ingiz — sizning
Egalik qo‘shimchalari va kishilik olmoshining ma’nodoshligini tushuntirib
bo‘lgach,o‘qituvchi kishilik olmoshlarining tejalishi haqida tushuncha beradi:
‒ O‘quvchilar kitobim so‘zida mening, kitobing so‘zida sening, kitobimiz
so‘zida bizning, kitobingiz so‘zida sizning degan ma’no bor ekan, demak, doim
ham mening kitobim, sening kitobing, bizning kitobimiz, sizning kitobingiz deyish
shart emas. Endi savol tug‘iladi. Qachon kitobim, qachon mening kitobim deyish
kerak? Qachon qarashlilik ma’nosini ta’kidlab ko‘rsatish zarur bo‘lsa, mening
kitobim deyiladi. Masalan, “Bu kimning kitobi?” deb so‘ralsa, “Bu mening
kitobim” deb javob beriladi. Bu yerda mening so‘zini tushirib qoldirib bo‘lmaydi.
Qarashlilik ma’nosini ta’kidlash, kuchaytirish kerak bo‘lmasa, kitobim deyiladi.
Masalan, “Kitobing qayerda?” deb so‘ralsa, “Kitobim javonda” deb javob beriladi.
Bu yerda kitob meniki ekanligi ta’kidlab, kuchaytirib ko‘rsatilmayapti. Shuning
uchun mening so‘zi qo‘llanmagan, ya’ni tejalgan.
Egalik
qo‘shimchalarini
qo‘llashda
tejamkorlik
haqida
tushuncha
berilgach,o‘quvchilarga qaratqichli kishilik olmosharini tejab ishlatishga
o‘rgatishga o‘tiladi.Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin.
1.O‘quvchilarga qarashlilik ma’nosi faqat egalik qo‘shimchasi va egalik
qo‘shimchasi va egalik qo‘shimchasi hamda kishilik olmoshi bilan ifodalangan
gaplar
berilib,
kishilik
olmoshining
nima
uchun
qo‘llanganligi
yoki
qo‘llanmaganligi so‘raladi.
Masalan, quyidagicha gaplar yozdirilishi mumkin:
1. Kapalak, kapalak,qanotlaring ipakday.
2. Bizning bobolarimiz kimlar bo‘lgan?
3. Otam, ayniqsa, tok ishini mukammal bilardilar.
4. Bu kishi mening otam.
5. Maktabimizda shaxmat to‘garagi bor.
236
6. Shaxmat to‘garagi shaharda birinchi bo‘lib bizning maktabimizda ochilgan.
O‘qituvchi so‘raydi: “O‘quvchilar,nima uchun birinchi gapda sening
qanotlaring emas, qanotlarng deyilgan?”
O‘quvchilar javob beradi: “Bu gapda qarashlilik ma’nosi ta’kidlanmagan.
Shuning uchun sening qanotlaring dsyilmagan”
O‘qituvchi: “Nega ikkinchi gapda bobolarimiz emas,bizning bobolarimiz
deyilgan?”
O‘qituvchi shu tarzda qolgan gaplarni ham o‘quvchilar bilan tahlil qiladi.
Bunday mashq orqali o‘quvchilar qarashlilik ma’nosini ifodalashda qay holatda
kishilik olmoshini qo‘llash,qay holatda qo‘llamaslik lozimligini bilib oladi.
O‘quvchilarga qaratqichli kishilik olmoshi to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘llangan
gaplar yozdiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan qaysi gaplarda olmosh to‘g‘ri, qaysi
gaplarda noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlashni so‘raydi. Misol uchun quyidagi gaplar
yozdirilishi mumkin:
1.
Bizning nutqimiz gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi.
2. Bizning qishlog‘imizda ham shunday o‘riklar o‘sadi.
3. Mening otam-o‘qituvchi.
4. Keng paxta maydon
Mening vatanim.
5.
Bizning vatanimizda sportga katta e’tibor beriladi.
6.
Bizning shahrimizda maktab yoshidagi bolalar uchun ajoyib saroylar qurilgan.
7.
Bizning porloq kelajagimiz uchun jonini fido etgan qahramonlar mangu yashaydi.
8.
Mening orzum ‒ kosmonavt bo‘lish.
9.
“Mening oldimga odamlarni yomonlab kelmang”, ‒ dedi podshoh vaziriga.
10.
Yomg‘ir dehqonga: “Ey, odam! Mening suvim nima bo‘lardi? Bir sharillab
tushadi-yu, tezda oqadi-ketadi”, ‒ debdi.
O‘qituvchi yozdirilgan gaplarni o‘quvchilar bilan birga tahlil qiladi. Bu
gaplarda kishilik olmoshining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlash uchun
237
gapni olmoshni tushirib qoldirgan holda o‘qitib ko‘rish usulidan foydalanish
mumkin.O‘qituvchi: “O‘quvchilar, sizlar men yozdirgan gaplarda bizning, mening
so‘zlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlashingiz kerak. Birinchi gapni
o‘qiymiz. Qa’ni, Rahimjon, sen o‘qi-chi”. Rahimjon o‘qiydi: “Bizning nutqimiz
gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi”.
O‘qituvchi: “Rahimjon, bu gapda bizning so‘zi to‘g‘ri qo‘llanganmi?”
Rahimjon javob berishga qiynalsa, o‘qituvchi shunday deydi: “Rahimjon,
qiynalayotgan bo‘lsang, gapni bizning so‘zini tushirib qoldirib o‘qi”. Rahimjon
o‘qiydi. “Nutqimiz gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi”. O‘qituvchi: “Rahimjon,
nima deysan, bu gapda bizning so‘zini qo‘llamasak ham bo‘lar ekanmi?”-deb
so‘raydi. Rahimjon “Ha, bo‘ladi”-deb, javob beradi. O‘qituvchi: Demak,
o‘quvchilar, bu gapda bizning so‘zi ortiqcha, noo‘rin qo‘llangan ekan.
Shundan so‘ng, ikkinchi gap tahliliga o‘tiladi. O‘qituvchi: “Qani, Shahlo,
sen tur-chi. Ikkinchi gapni bizning so‘zini tushirib qoldirib o‘qi-chi. “Shahlo
o‘qiydi: “Qishlog‘imizda ham shunday o‘riklar o‘sadi”.
O‘qituvchi so‘raydi: “Xo‘sh, Shahlo, bu gapda bizning so‘zini tushirib
qoldirib bo‘lar ekanmi?” Shahlo javob beradi: “Yo‘q, o‘qituvchi. Chunki bu gapda
qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalangan”. O‘qituvchi: “Endi uchinchi gapni
tahlil qilamiz. Qa’ni, Dilnoza, uchinchi gapni o‘qi-chi”. Dilnoza o‘qiydi: “Mening
otam ‒ o‘qituvchi”. O‘qituvchi so‘raydi: “Dilnoza, bu gapda mening so‘zi to‘g‘ri
qo‘llanganmi?” Dilnoza javob berishga qiynalsa, o‘qituvchi: “Dilnoza, gapni
mening so‘zini tushirib qoldirib o‘qib ko‘r-chi”, -- deydi. Dilnoza o‘qiydi:
“Otam-o‘qituvchi”. O‘qituvchi “xo‘sh”, Dilnoza, bu gapdagi mening so‘zini,
tushirib qoldirsa ham bo‘lar ekanmi? Dilnoza: “Ha, bo‘ladi”. O‘qituvchi “Nima
uchun?” Dilnoza: “Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib
ifodalanmagan”. O‘qituvchi: “Demak, o‘quvchilar bu gapda mening so‘zi
noto‘g‘ri, ortiqcha ishlatilgan”.
238
Bundan so‘ng to‘rtinchi gap tahliliga o‘tiladi. O‘qituvchi biror o‘quvchini
doskaga chiqaradi va undan so‘raydi: “Qani, Odiljon, to‘rtinchi gapni mening
so‘zini tushirib qoldirib o‘qi-chi”. Odiljon o‘qiydi: Keng paxta maydon vatanim.
O‘qituvchi: “Xo‘sh, Odiljon, bu gapda mening so‘zini tushirib qoldirib bo‘lar
ekanmi?” –deb so‘raydi. Odiljon: “Yo‘q, o‘qituvchi, bu gapda mening so‘zini
tushirib qoldirib bo‘lar ekanmi?” -deb so‘raydi. Odiljon “Yo‘q, o‘qituvchi, bu
gapda mening so‘zini tushirib qoldirib bo‘lmaydi. Chunki bu gapda qarashlilik
ma’nosi kuchaytirib ifodalangan”. O‘qituvchi: “Demak, o‘quvchilar, bu gapda
mening so‘zi to‘g‘ri ishlatilgan”.
Shundan so‘ng beshinchi gap tahliliga o‘tiladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan
birini doskaga chiqarib so‘raydi: “Qa’ni, Shahnoza, beshinchi gapni bizning
so‘zini tushirib o‘qi-chi”. Shahnoza o‘qiydi. “Vatanimizda sportga katta e’tibor
beriladi”. O‘qituvchi so‘raydi: “Xo‘sh, Shahnoza, bu gapda bizning so‘zini tushirib
qoldirsak bo‘lar ekanmi?” Shahnoza: “Ha, o‘qituvchi, bu gapda bizning so‘zini
tushirib qoldirsak bo‘ladi. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib
ifodalanmagan”. O‘qituvchi: “Demak, o‘quvchilar, bu gapda bizning so‘zi
ortiqcha, noto‘g‘ri qo‘llangan”.
Shundan so‘ng oltinchi gapni tahlil qilishga o‘tiladi. O‘qituvchi bir
o‘quvchini doskaga chiqarib so‘raydi: “Qa’ni, Nodirjon, ayt-chi, oltinchi
gapimizda bizning so‘zi to‘g‘ri ishlatilganmi?” Nodirjon javob beradi: Buni
aniqlash uchun gapdagi bizning so‘zini tushirib qoldirib o‘qiymiz: Shahrimizda
maktab yoshidagi bolalar uchun ajoyib saroylar qurilgan. Bu gapda bizning so‘zi
ortiqcha, noto‘g‘ri ishlatilgan ekan. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi
kuchaytirib ifodalanmagan.
O‘qituvchi: “Juda to‘g‘ri, Nodirjon,o‘tir”
Qolgan gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi. Yettinchi, sakkizinchi,
to‘qqizinchi gaplarda qaratqichli kishilik olmoshi to‘g‘ri ishlatilgan. Chunki
qarashlilik ma’nosini ta’kidlab ifodalash nazarda tutilgan.
|