249
miqyosida munosib oʻrin egallash uchun odimlamoqda. Bu borada Finlyandiya
tajribasi misol qilib olingan. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik,
tabiiy fanlar
va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri. Bizning zamonaviy ta’lim
ham shu tajribalar asosida andoza olib, oʻzining yutuqlar va samaradorlikka
erishish yoʻlini tanladi.
Rivojlanayotgan mustaqil davlatimiz rahbari ta’kidlaydiki, avvalo,
maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni
faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarur.
Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit
ham oʻzgarmaydi, – deydi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.
Hozirda
ta’lim
metodlarini
takomillashtirish
sohasidagi
asosiy
yoʻnalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.
Barcha fan oʻqituvchilari, ayniqsa, matematika fani dars mashgʻulotlari jarayonida
interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol ta’lim usullari Oʻzbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya
jarayonida oʻqituvchi bilan oʻquvchilar hamda oʻquvchilar bilan oʻquvchilar
oʻrtasidagi
muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil,
mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qoʻllanilib kelingan.
Bu usullar oʻquvchilarning nutq,
tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod,
zakovatlarini oʻstirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar boʻlib
yetishishlariga xizmat qilgan va hozirga qadar ham xizmat qilib kelmoqda.
Hozirda interfaol darslarni olib borishda ma’lumki, asosan, interfaol usullar,
ya’ni interfaol metodlar qoʻllanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada
interfaol texnologiyaga oʻsib oʻtishi maqsadga muvofiq.
Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborotlar bilan ishlash
oʻquvchining bir nechta kompetentlar qatori axborot bilan ishlash kompetentligini
ham oshirishga qaratiladi. Metod oʻzi nima? Uning qanday turlari va koʻrinishi
mavjud?