Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə39/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   169
2 5244698480563199183

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1. Xotira haqida umumiy tushuncha?
2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari?
3.Xotira jarayonlari?
4. Xotira turlari?
5.Xotira nazariyalari?
6.Xayol haqida tushuncha.Xayol turlari?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 167-188 b.
2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 114-121 b.
3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.40-53b.
4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 136-164 b.
10-Mavzu: Tafakkur.
Reja:

  1. Tafakkur haqida tushuncha.

  2. Tafakkurning nerv-fiziologik mexanizmlari.

  3. Tafakkur jarayonlari. Tafakkur turlari.

  4. Tafakkur jarayonlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.

Tayanch tushunchalar: tafakkur, tafakkur jarayonlari, tafakkur turlari, Intellekt va kreativlik tafakkur jarayonlari.
Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifii berish mumkin:
Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiysababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiysababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqiab turibdi.
Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo‘ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Bizning dunyoni, uning sir – asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur – inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o‘rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning u bilishini ta’minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shaklidir.
Aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining nakadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham shuni ta’kidlash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari – bu bilish jarayonlari;

  • Ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borlikni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;

  • Uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o‘rganiladi;

  • To‘rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yukori darajadagi shaklidir.

Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo‘lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yuk paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Kallamizga kelgan barcha uy – xayollar – bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, har on, har daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo‘ladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish – fikrlash jarayonidir. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog‘lanadi hamda shu tarika tashqi olamni aks ettiradi. Hissiy bilish yetarli bo‘lmay kolgan yoki xatto ojizlik qilib kolgan joyda tafakkur boshlanadi. Fikrlar muvaqqat nerv bog‘lanishlari differensirovka qilinishi, ya’ni ayrim nerv bog‘lanishlarini mustahkamlanishi boshqalarining tarmoqlanishi natijasida mukammallashadi va aniqlanib boradi. Miya po‘stining bunday faoliyati analitik faoliyat deyiladi. Shunday qilib, miya po‘stining murakkab analitik sintetik faoliyati tafakkurning fiziologik asosi hisoblanadi, miya pustining bu faoliyati esa ikkala signal sistemasining baravar ishlashi bilan bog‘liqdir. Akademik I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’lmotiga binoan tafakkurning nerv – fiziologik asosida birinchi va ikkinchi hamda signallar sistemasining o‘zaro bog‘liqlikdagi munosabati hamda ikkinchi signallar doirasida yuzaga keladigan asotsatsiyalar muvvaqqat aloqalar yotadi. Bundan tashqari, tafakkurning nerv-fiziologik asosi bosh miya pustining butun faoliyati bilan bog‘liqdir. Chunki tafakkur jarayoni tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to‘la va chuqur aks ettirishdan iboratdir. Odamning tafakkur faoliyati uchun faqat hissiy bilish bilan o‘zaro aloqada bo‘lishigina muhim ahamiyatga ega bo‘lib kolmay, balki til bilan nutq bilan o‘zaro aloqada bulish ham muhim ahamityaga yegadir. Inson tafakkuri til va nutq bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur zaruriy tarzda suzning moddiy kobigida mavjuddir. Tafakkur faoliyati insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlarni o‘zlashtirish uchun ham masalan, bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi va mutlaqo yangi bilimlar ochish, egallash dastavval olimlar tomomnidan kashf etilishi uchun ham zaruriy asos bo‘lib qoladi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin