Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə129/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
2 5244698480563199183

1-TOPSHIRIQ: Mavzu bo‘yicha konspektlashtirish.
2-TOPSHIRIQ: SOTSIOMETRIYA, REFERENTOMETRIYA METODIKALARI
Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi.
Metodika o‘tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya (yoqish) va antipatiya (yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, metodika yordamida guruhdagi norasmiy liderlar, munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aniqlash mumkin.
Metodika ikki xil shaklda o‘tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o‘tkazishda sinaluvchilarga o‘z guruhidan tanlaydigan kishilarning soni chegaralab qo‘yiladi. Sinaluvchining oldiga guruh a’zolarining ro‘yxati qo‘yilib, shu kishilarga o‘ziga yoqish yoki yoqmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a’zolari soni 15-16 tadan oshgandan so‘ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi 20-25ta tengdoshlarini ob’ektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin.
Metodikaning ikkinchi shakli parametrik tarzdagi tanlovlar bo‘lib, shaxsga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan guruhdan 3-5 tagacha kishilarni tanlash taklif etiladi, ya’ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi.
Parametrik tarzdagi tanlovlar
Tadqiqotchilarning fikricha, parametrik tarzdagi tanlovlar sodda, ishonchli bo‘lib muhim tanlovlar sonini va qiymatlarini hisoblashlarini osonlashtiradi. Tanlovlar sonining chegaralanganligi (3-5 kishi) shaxsning talovlarga jiddiy e’tibor bilan yondashishiga sabab bo‘ladi.
Sotsiometriya tanlovlarini o‘tkazishda eksperimentator tomonidan sinaluvchilarga beriladigan savollar mezonlarining ahamiyati katta. Bu mezonlar quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin.

  1. Guruhdagi tengdoshlaringizdan o‘zingizga yoqqan uch kishini uyingizga mehmonga chaqirmoqchisiz. Siz ulardan qaysi birini birinchi o‘rinda, qaysisini ikkinchi va qaysisini uchinchi o‘rinda taklif etasiz?

  2. Sinf yetakchisini saylash uchun, guruhda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinda kimlarni taklif etasiz.

Sotsiometriya metodikasini o‘tkazish uchun sinaluvchilarga testni o‘tkazish maqsadi qisqacha tushuntiriladi. Tanlovlarni birov bilan maslahatlashmasdan, mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta o‘quvchi test savollariga javob yozishni ta’minlanishi zarur. Har bir o‘quvchi to‘ldirgan “sotsiometrik kartochkalar” asosida”sotsiometik matritsa to‘ldiriladi.
O‘tkazish tartibi: kichikroq qog‘ozga o‘quvchining ismi va familiyasi yozilib, tagiga chiziladi. O‘quvchiga: eng yaqin do‘stlaringdan 3 tasining ismi va familiyasini ketma-ket shu qog‘ozga yoz, birinchi o‘ringa kimni qo‘yasan, ikkinchi o‘ringa kimni va hokazo deb aytiladi. Bu qog‘ozlar to‘planib natijalar umumlashtiriladi va sotsiometrik matritsa tuziladi.
Sotsiometik matritsa



Kimni tanlaydi

Kimni tanlaydi




1

2

3

4

5

6

7




1

Abdullayev

x







2




1

3




2

Baxodirov

2

x




3




1







3

Vaxobov

2




x







1

3




4

Do‘stmuxamedov

2




3

x




1







5

Jo‘rayev




2




1

x

2







6

Xakimov




1

2







x

3







Jami

3

2

2

3

0

5

3



Har xil statuslarni quyidagicha aniqlaymiz.


O‘rtachadan ikki barobar ko‘p tanlov olsa – “Yulduzlar” hisoblanadi.
St > m +2k = 6 ta
O‘rtachadan bir-bir yarim barobar ko‘p tanlov olsa – “yoqimtoylar”
St > m +1 (1,5) k = 5-4 ta
O‘rtacha tanlov olgan = o‘rtacha (+3)
O‘rtachadan 1 yoki 1,5 barabor kam tanlov olganlar “qabul qilinmaganlar”
St > m -1(1,5) k = 1-2 ta
Umuman tanlov olmaganlar “yakkalanib qolganlar” deyiladi.
St > m -2k = 0 ta.
Sotsiometrik tanlov jarayonida qog‘ozning orqa tomoniga ”Sarvar sen nima uchun Sardorni tanlading” deb so‘raladi va javobi yozib qo‘yiladi. Bu tanlov motivlarini aniqlash jarayonidir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin