Tafakkur turlari. Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari, xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli - tumandir. Xuddi ana shu boisdan, ularning tafakkuri ham har xil holatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi. Bundan oldingi boblarda ta’kidlab o‘tganimizdek, bilish jarayonida, amaliy va nazariy vazifalarni hal etishda, o‘zga kishilarning nutq orqali ifodalangan fikrlarini uqib olishda, muomalaga kirishishda, fikrlarini tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixologiya fanidatafakkur shakliga, topshiriqxususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.
TAFAKKUR TURLARI
Formulasiga ko‘ra
Topshiriq xarakteriga ko‘ra
Fikr yoyiqligiga ko‘ra
Fikrning originallik darajasiga ko‘ra
ko‘rgazmali harakatli
amaliy nazariy
konkret abstrakt
reproduktiv produktiv
ko‘rgazmali obrazli
ixtiyorsiz ixtiyoriy
realistik autistik intuitiv
ijodii vizual fazoviy
diskursiv
dialektik
Tafakkurning konkret amaliy, konkret obrazli va obstrakt kabi asosiy turlari farqlanib olinadi.
Konkret amaliy tafakkur narsalar bilan ish bajarish jarayonida ularni bevosita idrok etishga suyanuvchi tafakkurdir. Bu suzlar asosan kayd etish funksiyasini bajaradi. Bunday tafakkur maktabgacha yoshdagi bolalarga xosdir.
Konkret obrazli tafakkur tasavvurga tayanadi. Tafakkurning bu turi kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mansubdir. Lekin bunday tafakkur katta yoshdagi kishilarda ham uchrab turadi. Xususan o‘z oldilaridagi vazifa konkret bo‘lganda ular xuddi shu xilda fikr yuritiladi. Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va suzlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Tafakkurning bu turi dastavval har xil nazariy masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Lekin u kundalik hayotda ham keng qo‘llaniladi. Fikr yuritishdagi mustakillik kishining ijtimoiy tajribadan foydalana bilishida o‘z mustaqil fikrini ijtimoiy tajribaga nisbatan o‘z munosabatini namoyon eta bilishida ko‘zga tashlanadi. Tafakkurning tankidiyligi odamning turli narsa va hodisalarni boshqa odamlarning hamda shaxsan o‘z fikrlarini analiz qilish to‘g‘ri va jiddiy baholay bilish qobiliyatidir. Ijodiy ishlash uchun odamdar fikrning ildamligi yani vazifalarni konkret sharoitga qarab yecha olish vazifalarni bajarishning yangicha yullarini topa bilish qobiliyati ham talab qilinadi. Bu esa o‘z nisbatida fikrning sinchkovligi bilan hamma vaqt masalani yechishning eng yaxshi usulini izlash ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkurning yuqorida sanab utilagan shuningdek boshqa ba’zi xususiyatldari turli shaxslarda turlicha bo‘lib bu xususiyatlarni aql sifatlari deb qaraladi.
Tafakkur turlari shakliga ko‘ra. Ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obrazli, mantiqiy.
Ko‘rgazmali – harakat tafakkurnining xususiyati shundan iboratki u ham odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paydagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi. Ko‘rgazmali obrazli tafakkur esa ko‘rgan kechirgan narsalarva hodisalarning konkret obrazlari ko‘z oldimizda gavdalangan chogda ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.
Mantiqiy tafakkur-bu mavhum tafakkur bo‘lib, so‘zlar suzda ifodalangan bilim, g‘oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo‘lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo‘la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo‘ladi. Tafakkur yangiligi va noyobligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Fikrlarimizning yana bir turi reproduktiv bo‘lib, uning mohiyati-ko‘rgan bilgan narsalarimizni aynan qanday bo‘lsa, shundayligicha, o‘zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi.
Produktiv yoki ijodiy tafakkur-fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik qaytarilmaslik qo‘shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Tafakkur ijodiy elementiga ko‘ra yana bir necha turlarga bo‘linadi. Konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo‘lgandagi fikrlashni nazarda tutsa, divergent tafakkur – fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir necha yechimlar paydo bo‘lishni taqozo etadi. Aynan shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo‘lsa, u ijodiy parvoz yangiliklarni kashf etishga asos bo‘ladi. Fikrni kashf etish yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba’zan uning kreaktivlik sifati bilan bog‘lab tushuntiriladi. Kreaktivlilik-shunday xislatki, u go‘yoki yuk joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, jo‘ngina narsalarga boshqacha birovlarnikiga o‘xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan uchta so‘z berilgan «qalam», «ko‘l», «ayiq».