Sotsiogramma Guruhning ichidagi kichik guruhchalarni aniqlash, kichik guruhchalarda o‘zaro munosabatlar (statuslar), lider va “yakkalanib qolganlarning” shaxslararo munosabatlarini yaqqolroq va aniq ko‘rish uchun sotsiogrammadan foydalaniladi.
Guruhda har bir o‘quvchining o‘rni, mavqei, boshqa tengdoshlar bilan munosabatlarini yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun guruh a’zolarining tanlovlari ifoda etilgan sotsiogramma “karta monogramma” tuziladi.
“Karta monogramma” guruh jurnali asosida tuzilib, har bir o‘quvchining tengdoshlari bilan munosabatini ifoda etadi. Sotsiometriya metodikasining natijalari aniq, ishonchli bo‘lishi uchun metodikani o‘quv yilining o‘rtalarida o‘tkaziladi. Metodikani bir yilda bir necha marta o‘tkaziladi va chiqqan natijalar umumlashtiriladi.
Referentometriya Ijtimoiy psixologiyada shaxs uchun muhim va ahamiyatli bo‘lgan kishilarni aniqlash uchun referentometriya metodikasi qo‘llaniladi. Referent guruhga kiruvchi kishilarni aniqlashning ahamiyati shundaki, shaxs uchun ularning fikri, munosabatlari qadrli va ahamiyatli ekanida.
Sinaluvchi uchun referent shaxslarni aniqlash, unga 10 ta savol –vaziyat (1-A) va sinaluvchining atrofidagi shaxslarning ro‘yxati beriladi.
(1-A)
Siz boshqa shaharga kim bilan borgan bo‘lar edingiz (sayohat yoki ish bilan)?
Hayotingizda ko‘ngilsiz voqea ro‘y bersa, bu haqda kimga gapirib berar edingiz?
Siz tug‘ilgan kuningizni kim bilan nishonlar edingiz?
Siz vaqtingizni ko‘proq kim bilan o‘tkazar edingiz?
Sizning kamchiliklaringiz?
Sizga yoqqan kishini uchratdingiz. Kim uni to‘g‘ri baholashga yordam berar edi?
Siz o‘z hayotingizni o‘zgartirmoqchisiz. Bu haqda kim bilan maslahatlashasiz?
Hayotda siz kimdan o‘rnak olasiz?
Siz ko‘poq kimga yoqishni istar edingiz?
Siz kimga o‘z sirlaringizni aytib berasiz?
(1-B)
1.Ota-onamga
2.Qarindoshlar (buva, buvi, amaki, tog‘a, xola)
3.Aka, opa, uka, singil
4.Katta yoshdagi tanish kishilarga
5.Oilamizning, ota-onamning tanishlariga
6. Do‘stlarimga
7.Eng yaqin do‘stimga
8.Tanish bilishlar
9.Tanish qizga, tanish yigitga
10.Birga o‘qiyotgan, ishlayogan do‘stlarimga.
11.To‘garakda, seksiya, studiyadagi(birga faoliyat Yurgizuvchi) do‘stlarimga.
12. Tarixiy shaxslarga
13 Mashhur kishiga.
14.Do‘stlaring orqali tanishgan kishiga
15.Badiiy personajga.
Sinovni boshlashdan oldin, sinaluvchilarga quyidagi ko‘rsatma beriladi:
Sizga taklif etilayotgan savol-vaziyatga (1-a), atrofingizdagi, tanish kishilar ro‘yxatidan (1-B) kamida ikkita kishini tanlash kerak. Tanlashda birinchi tanlangan shaxs-ikkinchi tanlangan shaxsga nisbatan siz uchun ahamiyatliroq bo‘lishi kerak.
Tanlov o‘tkazilganidan so‘ng, 1-B ro‘yxatdan tanlangan shaxslarni besh balli shkalada (5,4,3,2,1) baholash zarur. Tanlangan shaxslar alohida varaqqa yozib, ularning ballari alohida hisoblanadi. Eng ko‘p ball olgan shaxslar sinaluvchi uchun referent guruh a’zolari hisoblanadi.