2.4.Proyektiv metodikalarning asosiy guruhlari Proyektiv metodikalarning quyidagi guruhlari farqlanadi.
konstitutiv – stimulni bezash, unga ma’no berish (Rorshax testi);
konstruktiv – bezatilgan qismlardan ma’noli bir butunlikni yaratish ( Mira testi);
interpretativ - qandaydir voqeani, hodisani sharhlash (Tematik appersepsion test);
katartik – maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o‘yin faoliyatini amalga oshirish (Psixodrama);
Ekspressiv – erkin yoki berilgan mavzu bo‘yicha rasm chizish “Uy-daraxt–odam” testi;
Impressiv – boshqalariga nisbatan qaysidir stimulni afzal ko‘rish (Lyusherning ranglarni tanlash testi).
Proyektiv metodikalarni tanqid qiluvchilar ularning yetarlicha standartlashtirilmagani va eksperimentatorning bilimi va tajribasiga suyanilishi hamda olingan natijalar sinaluvchining emas, balki tadqiqotchining shaxsi haqida axborot beradi, degan fikrlarni bayon etadilar. Shu bilan birga ular proyektiv metodikalarning ishonchliligi va validligini ham aniqlash qiyinligini e’tirof etadilar.
A.Anastazi (1982) proyektiv metodikalardagi miqdor tahlili emas, balki sifat tahlili ahamiyatlidir, degan fikrlari e’tiborga loyiq. Shu sababga ko‘ra “test” atamasi proyektiv metodikalar uchun xos emas. Shuning uchun proyektiv metodikalar bilan olingan natijalarni boshqa tadqiqotlar, sinaluvchining hayot yo‘li haqida ma’lumotlar bilan solishtirish lozim.
G.Rorshax metodikasida 10 ta kartochka qo‘llaniladi. Kartochkalar ketma-ket 1dan 10 gacha standart holatda namoyish qilinadi.
Ko‘rsatma: “Bu nima? Rasmdagini nimaga o‘xshatish mumkin?
2.3.Rorshax “Siyoh dog‘lari” metodikasi (Rorschach Inkbiot test)
Lokalizatsiya – sinaluvchi o‘z javobini dog‘ning biron qismi bilan assotsiatsiya qilishini ko‘rsatadi.
Javob determinantlari – shakl, rang, rangning har xil tusi va “harakat”.
Mazmun – eng muhim ko‘rsatkichlar: inson figurasi yoki uning detallari(yoki inson tanasining qismlari),hayvon figurasi va uning detallari, shuningdek, jonsiz predmetlar, o‘simliklar,harita,bulut,qon dog‘lari, rentgen rasmi.
Ommaviylik – odamlar o‘rtasidagi turli javoblarning nisbatan takrorlanishi(chastotasi) asosida, ommabop(mashhur) javoblar jadvali orqali taqqoslash orqali aniqlanadi.
G.Rorshax metodikasi bo‘yicha chiqariladigan psixologik xulosalarda: