Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə1/7
tarix11.04.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#96376
  1   2   3   4   5   6   7
Dunyo okeani va uning qismlari


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
Mustaqil ish


Mavzu: Dunyo okeani va uning qismlari.

Geografiya va iqtisod yõnalishi
2-GIB guruh talabasi Sattorova Sojida.


Okean (yunoncha Ωκεανός (Okeanos)) yoki ummon dengiz suvidan iborat global jism boʻlib, gidrosferaning asosini tashkil etadi. Yer yuzasining taxminan 71%ini (~361 million kvadrat kilometrDunyo okeani egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan
Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alohida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Hind okeanlari. XX asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari quruqlikkacha ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq.
Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energiyasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti).
Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.
Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi.
Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean qaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari.
Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Skotiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuqurligi 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.
Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.

Okean tubi choʻkindilari.


Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi Okeanning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
Okean tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, Okean qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar Okeanning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shimoliy kenglikdan 50° janubiy kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; Okean qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi. Okeanning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan choʻkindilari shakllanadi. Okean tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km²), chuqursuv qizil gillari (PO mln. km² dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km²ga yakin) eng koʻp maydonni egallagan.
Okean tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, Okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va boshqa elementlar] boʻlgan qatlamlar ana shular jumlasidandir.
Okean choʻkindilari dengiz choʻkindilariga nisbatan sekinroq toʻplanadi. Chuqur suv qizil gillari 1000-yil ichida 1 mm, ohakli va diatomli choʻkin-dilar 1000-yilda 1–30 mm gacha yigʻiladi. Materik yon bagʻrining asosida terrigen choʻ kindilar eng tez toʻpla-nadi (1000-yilda 100 mm).
Okean choʻkindilarining asosiy qismi zarrachalar shaklida yoki erigan holda materiklardan keladi. Choʻkindilarning miqdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka, shuningdek, tektonik rejimga bogʻliq.

Kelib chiqishi va geologik tarixi.


Okean suvi Yer mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. Okeandagi botiklarning paydo boʻlishi haqida turli gipotezalar bor. Chuqur suv havzalaridan iborat hozirgi Okean kamida yura davridan beri mavjud, chunki Okean tubida bundan qad. jinslar topilganicha yoʻq. Boʻr davri va kaynozoy erasida havzalar yanada chuqurlashdi va abissal choʻkindilar toʻplanib bordi. Yaqin geologik oʻtmishda chekka geosinklinal havzalar hisobiga materik chetlari oʻsib borgan. Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ancha qalin choʻkindilar Okeanning juda qadimiyligidan dalolat beradi. Okean tubi yirik relyef shakllarning vujudga kelishida Yer poʻstining vertikal va gorizontal harakatlari muhim rol oʻynadi (qarang Yer).

Suvlari geokimyosi.


Okean suvi oʻrtacha 35 g/l konsentratsiyali tuzlar eritmasidan iborat. Okeanda hammasi boʻlib 5-YU22 g erigan tuzlar bor. Okean tuzlari massasi tarkibi materiklardan keladigan choʻkindilarning erishi, atmosfera bilan modda almashish jarayoni va Okean tubi choʻkindilari, shuningdek, dengiz organizmlarining hayot faoliyati natijasida tartibga solib turiladi. Ti, Mn, Zr va boshqa baʼzi metallarning ionlari gidroliz natijasida koagulyasiyalanadi va gid-rooksidlar shaklida Okean tubiga choʻkadi. Dengiz suvining bir kancha mikroelementlari — Si, Pb, Mo, Hg, Zn, U, Ag, siyrak yer elementlari va boshqa turli xil tabiiy sorbentlar — organik modda, temir va marganets gidrooksidlari, kalsiy fosfat, silikatlar bilan adsorbsiyalanish yoʻli orqali choʻkadi.
Okean suvida atmosferadan tushadigan va okean suvi katlamlarida vujudga keladigan turli xil gazlar ham erigan holda mavjud. Okeandagi hayot faoliyatini belgilab beradigan O2 va SO2 ayniqsamuhim ahamiyatga ega. Bir qancha inert (kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaydigan) gazlar —N2, Ar, Kg, Xe ham bor. Suvning ustki qatlamlarida (100– 150 m) O2 miqdori eng koʻp (7—8 ml/ l); chuqurlashgan sari 3,0—0,5 ml/l ga tushib qoladi, bir xil joylarda umuman O2 yoʻq. SO2 esa, aksincha, suvning chuqur qatlamlarida eng koʻp boʻladi.
Fitoplanktonning fotosintetik faoliyati suvning ustki (100–150 m gacha chuqurlikda boʻlgan) qatlamlaridagi erigan gazlarni kislorod bilan boyitadi, SO2 ni yutadi. Organizmlar ugleroddan tashqari Si, Ca, Mg, K, Vg, I, R, Na, shuningdek, fiziologik ahamiyatga ega boʻlgan V, Zn, Cu, Co, Ni kabi bir qancha ogʻir metallarni ham yutadi. Organizmlar oʻlganda bu elementlarning bir qismi choʻkadi va tegishli sharoitda toʻplana boradi. Temir-mar-ganetsli konkretsiyalarda Si, Zn, Ni, So, Mo, Ag, Ti, Pb va boshqa elementlar ham Yigiladi. Temir-marganetsli konkretsiyalarning umumiy miqdorini 10p ga teng deb hisoblash qabul qilingan.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin