А.И. Антонова
. – М.: 2005. – С. 235.
124
shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining etakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham
bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda
munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhiti sog‘lom, barqaror, er va xotin
bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli v asadoqatli bo‘lishlari o‘ta muhimdir.
Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo‘lishida muhim
ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar oilaning eng
muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini
doimo e’tirof etadilar.
Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar
tarbiyasidagi roli bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi. CHunki ayniqsa, yosh oilada
nikohdan so‘ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa
o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari
tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush o‘rtog‘i nigohida
obro‘si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o‘zida kuch-qudratni, irodani sezib,
dadil, faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo‘lib borishi tabiiy.
Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari, uning an’analarini
muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib borgan sari, turmush o‘rtog‘ining mehrli
muhabbati, qaynnona va qaynotaning g‘amxo‘rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada
iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo‘lib, o‘zidagi ilgari mavjud ayrim
salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila
muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini
isbotlaydi.
Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlarning
yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga
nisbatan beganoday qolganliklari bois bu erda o‘zaro munosabatlar hamisha
tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafat ularning o‘ziga
balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy
ta’sir etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘g‘anoq bo‘lishi ham
mumkin. “Ko‘cha bolalari”, “tarbiyasi og‘ir bolalar”, voyaga etmay turib
jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy
muhitning qurbonlari hisoblandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida
maktabgacha tarbiya maskanlari, maktabning roli va ahamiyati ham bor. Lekin
ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avvalo, oilaviy tarbiyaga
bog‘liq ekanligini, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqolining mohiyatini
hamma biladi. Maxsus tarbiya maskanlari oldida oiladagi ijtimoiylshauvning
afzalligi shundaki, oiladagi barcha o‘zaro munosabatlar tabiiy muhitda, insoniy
munosabatlar tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi. Qolaversa, o‘rtacha
O‘zbekistondagi oilalarda 3-4 nafardan farzand bo‘lsa, ikki ota va ona uchun
125
ularga etarli e’tibor berish uchun imkoniyat kengroq, maktab yoki bog‘chada esa
guruhlardagi bolalar soni ko‘p va ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus dasturlar va aniq
rejim asosida amalga oshirilgani uchun bolalarning bir tekisda rivojlanishi va
kamol topishi uchun etarli bo‘lmaydi. Demak, oilaviy sotsializatsiyaning
samaradorligi oila bilan boshqa tarbiya maskanlari o‘rtasida o‘rnatilgan
hamkorlikdagi uyg‘unlikka bevosita bog‘liq.
Oila, maktab, pedagog hamkorligi. O‘sib kelayotgan avlodning jamiyat
normalarini to‘la qonli qabul qilishi, o‘z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo‘lib
etishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o‘rnatadigan to‘g‘ri
munosabatlari bevosita bog‘liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim
muaasasalarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta’lim
muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni
muloqotda bo‘ladi va ular maktab ma’muriyatidan fraqli ikki xil funksiyani
bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o‘zi ota-onaga
nisbatan ikki xil holatda bo‘ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli
suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim
muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg‘unlashtirish,
yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. Chunki ikkala tomon bir-biriga
ishongan taqdirdagi ular o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lishi va tarbiyada ijobiy
natijalarga erishish mumkin.
Bunday muvaffaqiyatli munosabatlarning bir qator psixologik tamoyillarini
ajaratish mumkin:
•
avvalo, tarbiyachi ota-onaga farzandini faqat yaxshi tomondan ko‘rsata
bilishi lozim. Ya’ni, boqchadagi bolaning obrazi ota-ona uchun ijobiy bo‘lsagina,
ular farzandini xonadonidan yaxshi kayyait bilan olib keladi va uyga
qaytayotganda ham tarbiyachi bilan iliq xayrlashib, bolaning ham uni hurmat
qilishi va mashg‘ulotlarga aytganlariga quloq tutishi lozimligiga o‘rgata oladi.
Aks holda ota-ona og‘rinib bolasini boqchaga olib keladi va uni maktabgacha
ta’lim muaasasasining tartiblarini menismalikka o‘rgatib qo‘yishi mumkin.
Demak, birinchi tamoyil – ota-onaga maktabgacha ta’lim muaasasasidagi bola
to‘g‘risida ijobiy obraz yarata olish;
•
maktabgacha ta’lim muaasasalarining trabiyachilari ota-ona bilan
kundalik muloqotda bolaning erishgan yutuqlari, qanday bilim, malaka va
ko‘nikmaga ega bo‘lolganini ko‘rsata olishlari lozim. Masalan, tengqurlari bilan
muloqotda o‘zini qanday tutgani, do‘stlari mavjudligi, berilgan she’r yoki boshqa
topshiriqni bugun aynan qay tarzda o‘zlashtira olganligi, kimga qanday yordam
bera olgani, sotsiometrik maqomi qanday ekanligi hamqida norasmiy tarzda
ma’lumot bera olishi kerak. Demak, bolaning yutuqlaridan ota-onani xabardor
qilib borish tamoyili ota-ona bilan tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi.
126
•
tarbiyachi bolaning uydagi xulqi va yutuqlari yoki kamchiliklarini bilib
turishi shart. Bu ota-ona bilan ishonchga asoslangan dialog jarayonida aniqlanadi.
CHunki tarbiyachi bolaning uyda qanday o‘ziniitutishi, odat va qiliqlarini
bilmasa, unga to‘g‘ri pedagogik yondashuvni tashkil etolmaydi. Ya’ni, uchinchi
tamoyil – bolaning oiladagi, uydagi maqomini bilish.
Yuqoridagilarning bola ijtimoiylashuvida inobatga olinishi maktabgacha
ta’lim muaasasalarining oila bilan yagona shior ostida “Keling birgalikda
o‘rganaylik!” ishlashga va yutuqlarga erishiga imkon beradi. Bunda asosiy
manfaatdor tomon va faollik ko‘rsatuvchi birinchi navbatda ota-ona bo‘lishi
lozimligini unutmaslik kerak.
Oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Ko‘plab
mamlakatlarda qator qonun hujjatlari va normativ aktlar qabul qilinganki, ularga
ko‘ra, ota-onaning xohishiga ko‘ra oila muhitida, xonadonda bolaning ta’lim va
tarbiyasini tashkil etish mumkin. Bunday tarbiyachilarning qonuniy xaq-
huquqlari qounn bilan kafolatlangan. Masalan, “Rossiya Fedaratsiyasida oilaviy
(uy sharoitidagi) ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”, “Uyda ta’lim olishning namunaviy
Nizomi” kabi hujjatlar mamlakatning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan
kafolatlangan bo‘lib, unga ko‘ra agar ota-ona xohlasa, xonadon pedagogi uyga
kelib bola (lar)ga ta’lim beradi. Bu kabi guvernatkalar xizmatidan foydalanish, uy
enagalarini yollash kabi tajriba ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda keng quloch
yoygan. Yurtimiz O‘zbekistonda ham ushbu harakatning dastlabki ayrim
ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Lekin bizda oilaviy ta’lim alohida ko‘makka muhtoj,
etim, nogiron bolalr uchun tashkil etilgan. Chunki o‘zbekistonlik bolalar avvalo
qonunan berilgan imkoniyatlar bois 2-3 yilgacha bevosita onaning ardog‘ida
bo‘lishi mumkin, bu davrda ikki yoshgacha farzandi bo‘lgan onaga davlat
tomonidan nafaqa ham tayinlanadi. Agar oilada imkoniyat bo‘lsa, keyingi
davrlarda bola yana onasi yoki buvilari yordamida katta bo‘ladi, maktabgacha
ta’lim muaasasalariga jalb etiladi.
Tug‘ilishdan nogironli bo‘lgan, maktabga borish o‘qish imkoniyati
cheklangan bolalarga esa “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq, uy sharoitida o‘qitish tashkil etilgan. Bunday pedagoglarga
qo‘shimcha imtiyozlar ham beriladi, ular 6 soatlik dastur asosida nogiron bolaga
eng zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni uyda beradilar. Bu ham
O‘zbekistonning ijtimoiy sohani isloh qilish borasida siyosati bo‘lib, yurtimizda
birorta bola maktab yoshida ta’limdan chetda qolmaydi.
Normal taraqqiyotli bolalar maktabgacha ta’lim muaasasalaridan so‘ng
maktabga jalb etiladilarki, bu erda ham ta’limning hamda tarbiyaning
samaradorligi oila bilan hamkorlkka tayanishi barchaga ma’lum. SHuning uchun
ham har bir o‘rta maktabda “Ota-onalar Kengashlari” tashkil etilgan, ularga
127
kattagina huquq va vakolatlar berilganki, bu “Maktab – oila – mahalla”
konsepsiyasining amalda ishlashining isbotidir. Lekin bu borada muammrlar yo‘q
emas, chunki maktab ma’muriyati, pelagoglar har doim ham barcha
o‘quvchilarning oilasi, undagi sharoitlar, ota-onaning bola o‘qishiga qanchalik
qiziqishi va manfaatdorligini yaxshi bilmaydi, natijada ba’zan aynan maktab
yillarida bola psixologiyasi keskin o‘zgarib, u deviant xulqlilar toifasiga ham
tushib qolishi mumkin.
Ya’ni, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi hamda Ta’lim
to‘g‘risidagi Qonun asosida uzluksiz ta’limning barcha bosqichida yoshlarning
ijtimoiylashuvi jarayoni kechishini unutmaslik, har bir bosqichda uning samarasi
ijtimoiylashuv usul va vositalarining to‘g‘ri va aniq tanlanishi bog‘liqligi bilish
katta ijtimoiy ahamiyatga molik ishdir. Zero, bola tarbiyasi va to‘g‘ri ta’limi
bo‘yicha aniq va asosli bilimlar sohibi bo‘lmish o‘qituvchining oila bilan aloqasi
qanchalik yaxshi va maqsadli bo‘lsa, bola tarbiyasi ko‘ngildagidek bo‘ladi, bu
borada aniq tasavvurga ega bo‘lmagan yayrim ota-onalar uchun hayot maktabi
bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |