resotsializatsiya
deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida
birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga
tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan,
har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani
jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada axloq-odob normalariga
bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi
A.Antonov
ning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik
121
yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki,
oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini
egallaydi.
12
Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ
ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan
tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi,
bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati
shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab,
kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan
topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida
hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzandga turli bid’atlar,
bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustaqil fikrli, pok vijdonli inson
bo‘lib etishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan
andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi
juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning
Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir
ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida
amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari
va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor
munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini
belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila
muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador
bo‘lib qolishi mumkin. Olimlar o‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday
omillarning to‘rt guruhini ajratganlar:
•
ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni
mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud
emasligi;
•
ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
•
yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi,
dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning etarli emasligi;
•
maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
•
mahalla hududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila
maqomiga egalik;
•
global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan,
Internet tarmog‘i orqali bola ongiga etib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo,
uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar
oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar
12
Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.- М.: ИНФРА-М, 2005 – С. 220
122
jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola
sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini
isbotlamoqda.
Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari.
Dostları ilə paylaş: |