134
tahlil qilish va asoslash uchun zarur bo’lgan ratsional, refleksiv va ijodiy
fikrlash);
– o’zaro
fikr almashinuv madaniyatini, omma oldida chiqish qilish
ko’nikmalarini;
– tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini (keltirilayotgan dalillarni isbotlash va
misollar keltirish uchun axborot manbalari bilan ishlashni talab qiladi);
– tashkiliy ko’nikmalarni (nafaqat o’zini
tartibga solishni, balki bayon
etilgan materiallarni tartibga solishni nazarda tutadi);
– tinglash va yozib olish ko’nikmalarini shakllantiradi. Debatlarda ikkita
jamoa ishtirok etadi (bittasi
asosiy fikrni tasdiqlaydi, ikkinchisi inkor etadi).
Jamoalar debat hajmidan kelib chiqqan holda ikki yoki uchta ishtirokchi
(spikerlar)dan tash-kil topadi. O’yin mazmuni betaraf bo’lgan uchinchi tomon,
ya’ni hakamlarni jamoa tomonidan keltirgan dalillarning to’g’riligiga
ishontirishdan iboratdir.
Debatlarning har bir bosqichi o’zining tuzilishi
va foydalaniladigan metod
va usullar tizimiga ega.
Dostları ilə paylaş: