4.
Xulosa (refleksiya):
Debat yakunidan so’ng barcha qatnashchilar faoliyatlarining refleksiv tahlili
o’tkaziladi. Jamoalarning debatga tayyorgarlik ko’rganlari, fikr bildirish usullari,
raqib savollariga berilgan javoblar va faoliyatning boshqa elementlari tahlil
qilinadi.
3-mavzu. Ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida
Mavzu rejasi:
137
1.
Ehtiyoj to’g’risida tushuncha.
2.
Ehtiyojlarning turlari.
3.
Inson ehtiyojlarining rivojlanishi. Inson faoliyatining faolligi. Inson
ehtiyojlarining rivojlanish bosqichlari. Ehtiyoj tiplari.
4.
Qiziqishning psixologik tavsifi.
5.
Ustanovka tushunchasining (D.N.Uznadze) mohiyat
BUMERANG METODI
BUMERANG metodi bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va
yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U
turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan
mavzularni o’rganishda samarali bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish
shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining
turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan tinglovchi yoki o’qituvchi rolida
bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi, tinglovchilarni dars
jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan
materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish
hamda bir dars davomida barcha tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan.
«BUMERANG» metodini qo’llash qoidalari:
– o’qituvchi mashg’ulotda o’rganiladigan mavzuning rejasidagi savollar
sonidan kelib chiqqan holda auditoriyadagi tinglovchilarni guruhlarga ajratadi
(masalan, reja savollari 4 ta bo’lsa, tinglovchilar 4 ta guruhga ajratiladi va
guruhlar raqamlanadi);
– rejadagi birinchi savol o’qituvchi tomonidan tayyorlangan javoblari bilan
birinchi guruhning har bir tinglovchisiga taqdim etiladi. Shu tariqa rejadagi
boshqa savollar ham javoblari bilan tegishli raqamdagi guruhlarning
tinglovchilariga tarqatiladi;
– o’qituvchi guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda
alohida o’rganishlari, matnni eslab qolishlari, iloji boricha matnni o’zlashtirib
olishlari kerakligini uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga
qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi, o’zi esa guruhni va tinglovchilarning ish
faoliyatini kuzatadi;
– belgilangan vaqt tugagach o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’yilgan
raqamlar yozilgan kichik qog’ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh
a’zolaridan ushbu qog’ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so’raydi
(qog’ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog’liq, masalan guruhda 5 kishi
bo’lsa, qog’ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi);
– o’qituvchi raqamlar bo’yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini
so’raydi (masalan, barcha guruhlardagi bir raqamini olganlar bitta yangi guruhga,
ikki raqamini olganlar ikkinchi guruhga va h.k.). Guruh a’zolari yangi guruhga
138
o’zlari bilan o’rgangan matnlarini ham olib o’tishadi;
– yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o’ziga 2 ta vazifa, ya’ni
o’qituvchi va tinglovchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko’rsatadi:
1) o’qituvchi sifatida o’zi avval o’rgangan materialni gapirib beradi, o’zi
mustaqil o’rgangan materialning asosiy joylariga barchaning diqqatini jalb qiladi,
guruhning boshqa a’zolarini tushunish va o’zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi;
2) tinglovchi sifatida, guruh a’zolarining navbatma-navbat so’zlab,
tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va
yodda saqlab qolishga harakat qiladi;
– o’qituvchi esa ularga mazkur jarayonni amalga oshirish uchun matn
hajmiga va umumiy mavzuning qiyin-osonligiga qarab vaqt ajratadi. Natijada
butun o’quv materialini yaxlit jamoa bo’lib o’rganish imkoniyati tug’iladi.
Muhimi, tinglovchilarda o’quv materialini mustaqil o’rganish, hamkorlikda
ishlash, bilganlarini boshqalarga tushuntira bilish ko’nikma va malakalari
shakllanadi.
– guruhdagilar bir-birlariga o’z matnlarini gapirib berib, barchalari ushbu
matnlarni bilib olishgach, o’qituvchi o’rganilgan material guruh a’zolari
tomonidan qanchalik o’zlashtirib olganini tekshirib ko’rish uchun har bir guruh
a’zolarining bir-birlariga o’z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari
mumkinligi-ni tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida o’zaro savol-javob
o’tkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so’zlab bergan
materiallarini boshqalar tomonidan o’zlashtirilganlik darajasini aniqlashga,
o’zining bilimini yanada mustahkamlashiga yordam beradi;
– o’qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda mavzuni jamoa bo’lib
o’rganish yakunlangach, tinglovchilar dastlabki guruhlariga qaytishadi va savol-
javoblar boshlanadi;
– o’qituvchi o’zi tomonidan tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar
(5–6 ta) bilan tinglovchilarga murojaat qiladi. Bunda savollar iloji boricha hamma
matnlarga tegishli bo’lgani ma’qul, shuningdek, o’qituvchi guruhlardagi sust
qatnashayotgan tinglovchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi;
– o’qituvchi tinglovchilarning savollarga bergan javoblarini baholab boradi
(masalan, savollarga berilgan javoblar – agar to’liq javob bo’lsa – 100 ball,
qo’shimcha qilinsa – 75 ball, o’tirgan joydan luqma tashlansa – 55 ball, javob
berilmasa – 0 ball qo’yilishi bel-gilanadi). Guruh a’zolarining javoblarini
yuqorida ko’rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo’yib borish, umumlashtirish
uchun har bir guruh o’ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib
tayinlashi mumkin («hisobchi» ham davrada bo’layotgan savol-javoblarda
ishtirok etadi);
– belgilangan savollarga javob berish tugagach, o’qituvchi doskaga guruhlar
139
tomonidan to’plangan ballarni yozadi va mashg’ulotning keyingi bosqichiga
o’tadi;
– o’qituvchi har bir guruhni o’z yozma materiallarining mazmunidan kelib
chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol
tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi;
– shundan so’ng o’qituvchining kuzatuvi ostida savollar boshqa guruhlar
tomonidan bitta guruhga beriladi, shu tarzda barcha guruhlar savol-javobdan
o’tkaziladi;
– guruhlararo savol-javoblar natijalari o’qituvchi yoki guruhlardagi
«hisobchilar» tomonidan yuqorida belgilangan tartibda baholab boriladi. Javoblar
to’g’ri bo’lsa, savol bergan guruh javobni to’ldirmaydi;
– o’qituvchi guruh a’zolari to’plagan ballarni yana bir bor doskaga yozadi va
to’plangan ballarning umumiy qiymatini aniqlaydi. To’plangan ballarning
umumiy qiymati barcha guruh a’zolariga teng bo’linadi (kelishuv asosida).
Dostları ilə paylaş: |