Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


-mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—konsepsiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/52
tarix30.08.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#141079
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Shaxs psixologiyasi UMK

 
6-mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—konsepsiyasi. 
Shaxsning ijtimoiy tasavvurlari. 
Reja: 
1.Shaxsning subyektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi.
2.«Men» strukturasi va uni har xil yo’nalishlarda tadqiq etish. O‘zini-o‘zi 
baholash. Men konsepsiyasi. 
3.O‘zaro munosabatlarning tuzilishi va shakllanishi.
4.Egoizm, altruizm tushunchalari.
5.Shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini 
ifodalash va o‘z-o‘zini e’tirof etishi.
«MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI» METODI 
«MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI» metodi biror mavzu yoki 
uning bir qismi haqida tinglovchilarga zarur ma’lumotlar berilganidan so’ng 
ularning berilgan bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklarini tekshirib ko’rish, 
olgan bilimlarini mustahkamlash, shuningdek tinglovchilarning mantiqiy fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida qo’llanilishi mumkin. Ushbu metoddan, 
asosan, mashg’ulot yakunida yoki mashg’ulotning bir qismi ko’rib chiqilgandan 
so’ng foydalanish mumkin. 
«MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI» metodini qo’llash 
qoidalari: 
– o’qituvchi tinglovchilarga mashg’ulot davomida berilgan ma’lumotlar 
asosida tayanch tushunchalarni raqamlangan hamda chalkashtirilgan holda 
doskaga yozib qo’yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma material 
sifatida har bir tinglovchiga tarqatilishi ham mumkin); 
– shundan so’ng o’qituvchi o’quv savollari sonidan kelib chiqqan holda 
tinglovchilardan daftarlariga shuncha ustun chizishlarini va har bir ustunni 
nomlashlarini (masalan, birinchi ustun birinchi o’quv savoli deb nomlanadi) 
so’raydi va tinglovchilardan doskaga yozilgan tayanch tushunchalarning qaysi 
biri birinchi o’quv savoliga, qaysinisi ikkinchi va boshqa o’quv savollariga 
taalluqliligini tasniflashni taklif etadi; 
– tinglovchilar raqamlangan tayanch tushunchalarini tegishliligi bo’yicha 
ustunlar tagiga yozishlari lozim bo’ladi va buning uchun o’qituvchi tomonidan 


142 
tinglovchilarga 3-5 daqiqa vaqt berish tavsiya etiladi; 
– belgilangan vaqt tugaganidan so’ng o’qituvchi bir nafar tinglovchidan 
o’zining javobini o’qib eshittirishini so’raydi va ushbu tinglovchi o’z fikrini 
bayon etib bo’lganidan so’ng o’qituvchi qolgan tinglovchilarga ushbu tinglovchi 
tomonidan xatolikka yo’l qo’yilgan yoki qo’yilmaganligini so’rab murojaat 
qiladi; 
– tinglovchilarning fikrlari tinglab bo’linganidan so’ng o’qituvchi to’g’ri 
javobni e’lon qiladi (doskaga yozadi yoki slayd orqali namoyish etadi). 
Masalan, «Jinoyatda ishtirokchilik» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’uloti 
yakunida o’qituvchi doskaga mavzuga oid tayanch tushunchalarni 
chalkashtirilgan holda yozib qo’yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma 
material sifatida har bir tinglovchiga tar-qatilishi ham mumkin). So’ngra 
tinglovchilardan mazkur tayanch tushunchalarning qaysi guruhga kirishiga qarab, 
ishtirokchilik belgilari, ishtirokchilik turlari va ishtirokchilik shakllariga 
tasniflash taklif etiladi. 
1.
Oddiy ishtirokchilik. 
2.
Tashkilotchi. 
3.
O’zaro xabardorlik. 
4.
Uyushgan guruh. 
5.
Bajaruvchi. 
6.
To’g’ri qasdning mavjudligi. 
7.
Murakkab ishtirokchilik. 
8.
Dalolatchi. 
9.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi. 
10.
Jinoiy uyushma. 
11.
Yordamchi. 
12.
Hamkorlikda harakat qilish. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin