142
tinglovchilarga 3-5 daqiqa vaqt berish tavsiya etiladi;
– belgilangan vaqt tugaganidan so’ng o’qituvchi
bir nafar tinglovchidan
o’zining javobini o’qib eshittirishini so’raydi va ushbu tinglovchi o’z fikrini
bayon etib bo’lganidan so’ng o’qituvchi qolgan tinglovchilarga ushbu tinglovchi
tomonidan xatolikka yo’l qo’yilgan yoki qo’yilmaganligini so’rab
murojaat
qiladi;
– tinglovchilarning fikrlari tinglab bo’linganidan so’ng o’qituvchi to’g’ri
javobni e’lon qiladi (doskaga yozadi yoki slayd orqali namoyish etadi).
Masalan, «Jinoyatda ishtirokchilik» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’uloti
yakunida o’qituvchi doskaga mavzuga oid tayanch tushunchalarni
chalkashtirilgan holda yozib qo’yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma
material sifatida har bir tinglovchiga tar-qatilishi ham mumkin). So’ngra
tinglovchilardan mazkur tayanch tushunchalarning qaysi guruhga kirishiga qarab,
ishtirokchilik
belgilari, ishtirokchilik turlari va ishtirokchilik shakllariga
tasniflash taklif etiladi.
1.
Oddiy ishtirokchilik.
2.
Tashkilotchi.
3.
O’zaro xabardorlik.
4.
Uyushgan guruh.
5.
Bajaruvchi.
6.
To’g’ri qasdning mavjudligi.
7.
Murakkab ishtirokchilik.
8.
Dalolatchi.
9.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi.
10.
Jinoiy uyushma.
11.
Yordamchi.
12.
Hamkorlikda harakat qilish.
Dostları ilə paylaş: