Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

 
 


MA’RUZA № 2 
 
Mavzu:
Asos chizma turlari va modellashtirish haqida umumiy ma’lumotlar berish 
Reja: 
1. Kiyimlarni loyihalash. 
2. Asosiy atamalar va ta’riflar. 
3. Kiyimning shakli va silueti 
Tayanch so‘zlar:
model, razmerlar, andazalar, loyihalar, gradatsiya, sluyet, 
gradatsiya prinsipi va o‘lchamlari, ijoddkorlik. 
Ishlab chiqarish sharoitida model detallarining dastlabki, ya'ni original 
andazalari model tavsiya qilingan razmerlar va to'lalik guruhining faqat bitta o'rta 
bo'y va razmeriga tayyorlanadi. Andazalarning qolgan razmer hamda bo'ylari esa 
dastlabki bo'y hamda razmerdagi andazalarni proporsional ravishda rasmiy 
qoidalarga ko'ra kattalashtirish yoki kichraytirish orqali olinadi. 
O'rta razmer va bo'ydagi tikuv buyumining andazalari asosida modelda tavsiya 
qilingan qator razmer hamda bo'ydagi andazalar komplektlarini loyihalash jarayoni 
andazalar gradatsiyasi deyiladi. Bir xil razmer va bo'ydagi tipaviy qomatlar 
tanasining tuzilishi har xil to'lalik guruhida farqlanadi, shu bois gradatsiya bir 
to'lalik guruhi ichida razmer va bo'ylar bo'yicha alohida-alohida ishlanadi, lekin 
to'lalik guruhlari bo'yicha andazalar ko'paytirilmaydi. Andazalar gradatsiyasi 
tipaviy qomatlar o'lchamlarining o'zgaruvchanligi bilan bog'langan bo'ylararo 
hamda razmerlararo orttirmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Andazalar gradatsiyasi dastlabki andazalar komplektidan tashqari andazalar 
nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlatadi. Lekin, ayni holda, 
noto'g'riliklar yuz berishi tufayli chetdagi razmerlar konst- ruksiyasida qomatda 
kiyim o'rnashuviningsifati pasayishi mumkin. Shu bois gradatsiya paytida konturi 
o'zgartirilgan barcha bo'y va razmerdagi andazalar silueti va proporsiyasining 
bazaviy razmer va bo'y bo'yicha etalonga mosligi asosiy talablardan biri 
hisoblanadi. 
Andazalar konturi o'zgartirilganda asosiy konstruktiv nuqtalar razmerlararo yoki 
bo'ylararo orttirmalar qiymatiga suriladi. Ushbu nuqta- larni birlashtiradigan 


chiziqlar ham ularga mos ko'chiriladi. Gradatsiya jarayoni qator omillar ta'siri ostida 
o'tadi. Gradatsiya nazariyasi ta'sir etuvchi omillarni va ularning o'zgaruvchanlik 
qonuniyatlarini o'rganishga asoslangan. 
Andazalar gradatsiyasining jarayoniga ta'sir etuvchi e'tiborli omillar qatoriga 
o'lchamlar o'zgaruvchanligi, konstruksiyani hisoblash formula- larining tuzilishi
andazalar gradatsiyasida dastlabki o'qlarga nisbatan konstruktiv nuqtalarning 
surilish qiymatini hisoblash usuli, buyumning bichimi va materialining 
xususiyatlari kiradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin