Nurlar usuli
. Detalning fokus sifatida olingan muayyan bir nuqtasi barcha
konstruktiv nuqtalari bilan to'g'ri chiziqlar-nurlar orqali birlashtiriladi. Detal
konturidan boshlab nurlar bo'yicha orttirmalar qiymati qo'yiladi (1-b rasm).
Belgilangan yangi nuqtalarni birlashtirib kattaroq yoki kichikroq razmerlar konturi
chiziladi.
1-rasm.
Bu usulning aniqligiga dastlabki fokus nuqtasining joylanishi ta'sir etadi.
Fokusning har xil holatida nurlar yo'nalishi ham o'zgaradi. Yangi konstruktiv
nuqtalar siljib, andazaning konturini o'zgartiradi.
Andazalarni turli usulda gradatsiyalashda konstruktiv nuqtalari surilishi:
a - guruhlash;
b - nurlar;
d - proporsional hisoblash usullari.
Mazkur usul oson bo'lsa ham ko'paytirilgan andazalarning konturlari noaniq
chiqadi. Nurlar usulidan bosh kiyimlar va korset buyumlarining andazalarini
ko'pay- tirishda samaraliroq foydalanish mumkin.
Proporsional - hisoblash usuli aniqroqligi tufayli kengroq tarqalgan.
O'lchamlar o'zgaruvchanligiga va bo'linish chiziqlarining holatiga bog'liq holda
konstruktiv nuqtalar gorizontal hamda vertikal o'qlar yo'nalishi bo'yicha ontirmalar
qiymatiga suriladi. Har bir konstruktiv nuqtaning gorizontal va vertikal orttirmalari
shartli ravishda qabul qilingan dastlabki o'qlarga nisbatan hamda dastlabki
razmerlararo orttirmalarga tayanib hisoblanadi (1-d rasm).
Proporsional - hisoblash usuli barcha konstruktiv nuqtalar orttir- malarining
o'zaro proporsional bog'lanishiga asoslangan. Mazkur usulning afzailigi murakkab
konstruksiyali detallar nuqtalarining orttir- malarini hisoblashda namoyon bo'ladi.
Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari:
Ma'lumki, konstruksiyalash
metodikalarning hisoblash formulalarida tipaviy figuralar o'lchamlariga xos
o'zgaruvchanlik ishlatilgan. Andazalar gradatsiyasida ham, shu o'zgaruvchanlikka
mos o'lchamlararo orttirmalardan foydalaniladi. Hisobli ravishda va gradatsiya
orqali tuzilgan eng katta hamda eng kichik razmerlar chizmalari bir-biridan
farqlanishi 0,2 sm dan oshmasligi kerak.
Gradatsiyaning tipaviy sxemalari asosiy konstruktiv nuqtalaming orttirmalari
bir hil prinsip asosida hisoblangan holda tipaviy bichimlaiga moslab tuziladi.
Gradatsiyaga oid nuqtalar qatoriga konstruktiv chiziqlar kesishgan nuqtalari
va andazalar ko'paytirilganda dastlabki o'qlariga nisbatan o'z joyini o'zgartiradigan
detal nuqtalari kiradi. Shu bois gradatsiya nuqtalari bazaviy asosning konstruktiv
nuqtalari bilan bir xil belgilanadi.
Konstruktiv
nuqtalar
orttirmalarining
qiymati
nafaqat
o'lchamlar
o'zgaruvchanligiga, balki ularning dastlabki gradatsiya o'qlariga nisbatan
joylanishiga ham bog'liq.
Gradatsiya dastlabki o'qlari — bu shartli ravishda qabul qilingan chiziqlar.
Ularga nisbatan bazaviy razmerli andazaning kontur chiziqlari har qanday o'lcham
va bo'yga o'zgartiriladi.
Tipaviy konstruksiya detallarida dastlabki o'qlar sifatida bazis to'rining
konstruktiv chiziqlari qabul qilingan.
Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari 1-rasmda ko'rsatilgan.
2-rasm.
Ayollar kiyimiga doir asosiy detallar razmerlar bo'yicha (X -strelkali belgilangan)
bo'ylar bo'yicha (Y- aylanali strelka bilan belgilangan) gradatsiyasining sxemasi
IIHMMLLin uslubi bo'yicha ust kiyimlarning asosiy detallari uchun quyidagi
gradatsiya o'qlari qabul qilingan:
-
orqa bo'lakda vertikal o'q o'rta chiziq bilan ustma-ust tushadi yoki unga urinib
o'tadi, gorizontal o'q esa ko'krak yoki bel chizig'i bilan ustma-ust tushadi;
-
old bo'lakda vertikal o'q o'miz chizig'iga urinib o'tadi, gorizontal o'q ko`krak
chizig'i (o'miz chuqurligi) yoki bel chizig'i bilan ustma- ust tushadi;
-
yengda vertikal o'q old o'tar chiziqning uchlarini birlashtirib o'tadi, gorizontal
o'q-old bo'lak o'miz chuqurligiga mos holda yeng ko'tarmasi balandligining chizig'i
bilan ustma-ust tushadi;
-
yoqada faqat uzunligi o'zgaradi, shu bois o'q sifatida yelka chokiga mos
kertikdan o'tadigan vertikal chiziq hisoblanadi.
Gradatsiya sxemasidan foydalanib istalgan razmerdagi detal chizmasini
qurish mumkin.
Masalan, dastlabki 96-razmerli konstruksiyadan 108 razmerga o'tish kerak;
dcmak, razmerlararo interval - 4 sm ni, ya'ni 3 marta razmerdan razmerga o'tish
kerak. Ayni holda har bir nuqtaga xos vertikal va gorizontal orttirmalar qiymati
gradatsiya chizmasida uch marta oshirilgan holda ishlatiladi (5.7-rasm). Dastlabki
gradatsiya chiziqlarida joylashgan nuqtalar faqat bir yo'nalishda gradatsiya chizig'i
bo'yicha gorizontal yoki vertikal yo'nalishda suriladi. Qolgan barcha konstruktiv
nuqtalar tomonlari gorizontal va vertikal orttirmalarga teng bo'lgan to'g'ri
burchakning diagonali bo'yicha suriladi. Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'na-
lishlari1-jadvalda keltirilgan.
O'lchamlar gradatsiyasida dastlabki gorizontal orttirma sifatida 2 sm ga teng
bo'lgan razmerlararo farq olinadi. Razmerlararo farq old, orqa va o'miz uchastkalari
o'rtasida shu uchastkalar kengligiga proporsional ravishda hamda old va orqa
kengligi o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga bog'liq holda taqsimlanadi.
Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'nalishlarining sistemasi.
–jadval old va orqa bo'laklarning yoqa o'mizlarida, yelka hamda yon
chiziqlarida joylashgan konstruktiv nuqtalaming gorizontal orttirmalari ularga mos
o'lchamlarning o'zgaruvchanligi va nuqtalaming dastlabki o'qlardan masofasiga
bog'lab hisoblanadi.
Vertikal orttirmalar qiymati ham figura o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga
va nuqtalarni o'qlarga nisbatan joylanishiga qarab aniqlanadi.
Konstruktiv nuqtalaming aksariyati katta razmerlar uchun dastlabki o'qqa
nisbatan joylanishiga qaramasdan, vertikal orttirmalari tepaga yo'nalgan, kichik
razmerlar uchun esa pastga.
|